G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar



Download 216,52 Kb.
bet14/21
Sana31.12.2021
Hajmi216,52 Kb.
#230295
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
g'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlari

Fillip Sidni


Poeziya himoyasiga

<...> o'zini olim deb bilgan va poeziyaga xuruj qilgan barcha kishilarga haqli e'tiroz qilish mumkinki, ularning bu ishlari nonko'rlikka o'xshaydi, zero, ular badnom qilmoqchi bo'layotgan poeziya barcha ulug' xalqlar va ma'lum tillarda birinchi bo'lib bilim nurini taratgan, u tutgan ko'krak suti bularning asta-sekin egallanishi qiyinroq bo'lgan bilimlarga o'tishiga imkon bergan. <...>

<...> Rimliklarda shoirni �vates� deb ataganlarki, mazkur so'z ma'nosiga ko'ra �bashoratchi�, �avliyo� yoki �payg'ambar� so'zlariga teng keladi, undan hosil qilingan vaticinium, vaticinari1 so'zlarining ma'nolaridan ham shu narsa kelib chiqadi. Bu ajoyib xalq qalblarni hayratlantiruvchi poeziyaga mana qanday ilohiy nom bergan! <...>

Endi esa poeziyani yunonlar qanday ataganlariyu qanday baholaganlarini ko'rib o'taylik. Ular shoirga �poet� deb nom berdilar va bu ism eng maqbuli sifatida boshqa tillarga ham o'tdi. Bu so'z �ijod qilish�, �yaratish� ma'nolarni anglatuvchi poiein so'zidan kelib chiqadi. Ayni shu nuqtada - bilmadim, bu tasodifan bo'lganmi yo ongli ravishdami - biz, shoirlarni �yaratuvchi� deb atagan inglizlar, yunonlar bilan hamfikr bo'lib chiqdik. Istardimki, ushbu unvonning mazmun-mohiyati - uning yuksakligi va beqiyosligi - mening beg'arazlikdan yiroq yalang'och da'volarimdan emas, balki unga nisbatan boshqa fanlarning cheklanganligini ko'rsatuvchi misollardan kelib chiqib tushunilsa. Inson egallagan fanlar ichida bosh ob'ekti tabiat yaratgan narsa bo'lmagani va o'sha narsadan ayro holda yashay oladigani mavjud emas, ularning o'sha narsaga tobeligi shunchalarki, misoli tabiat yozgan pesani ijro etayotgan aktyorlarga aylanib qoladilar. Jumladan, munajjim yulduzlarni kuzatarkan, tabiat ularga qanday tartib berganini aniqlaydi. Turli o'lchovlarni o'rganuvchi muhandis yo riyoziyotchi ham shu bilan mashg'ul. Musiqachi bizga qaysi davriy bo'laklar tabiatga hamohangu qaysilari hamohang emasligini ko'rsatadi. Naturfilosofiya o'z nominiyoq tabiatdan o'zlashtirgan, etika esa insonga xos tabiiy ezgu fazilatlar, illatlaru ehtiroslarni o'rganish asosida turadi va �Tabiatga ergashing - shu holda aslo adashmaysiz� deya uqtiradi. Huquqshunos kishilik jamiyati qonunlarini, tarixchi insoniyatning kechmish ishlarini o'rganadi. <...>

Faqat bu yanglig' tobelikdan hazar etuvchi shoirgina o'z xayoloti qanotida parvoz etadi va mohiyatan ikkinchi bir tabiatni yaratadiki, undagi narsalar yo tabiiylaridan ko'ra mukammalroq, yo ular ilgari tabiatda hyech ko'rilmagan mutlaqo yangi shakl-shamoyilda namoyon bo'ladilar: qahramonlar, yarim ilohlar, sikloplar, ximeralar, furiyalar va boshqa shu kabilar. Shunday qilib, tabiat bilan yelkama-yelka borarkan, shoir uning in'omlari bilangina qanoatlanib qolmaydi, balki o'z taxayyuli burjlarida erkin parvoz etadi. Tabiat zaminni hyech qachon shoirlarchalik saxiylik bilan bezantirmaydi: ularning daryolari - go'zalroq, daraxtlari - serhosilroq, gullari - iforliroq, natijada bizning suygan zamin yanada ko'rkamroq bo'lib qoladi. Dunyo asli birinchdan yaratilgan, faqat shoirlargina uni tilloga aylantiradilar. <...>

Demak, poeziya - taqlid san'atidir, zero, Aristotel ham uni �mimesis�, ya'ni �aks ettirish, taqlid qilish, tasvirlash� tushunchasi bilan ta'riflaydi; majoz bilan aytsak, poeziya - bu gapiruvchi surat, uning maqsadi esa huzur baxsh etgan holda ta'lim berishdan iboratdir. Qadimdan uning uch turi mavjud.

Yaratganning yetib bo'lmas komilligiga taqlid qilgan shoirlar eng qadimgi va oliy maqomdagi shoirlardir. Dovud o'zining �Sano�larida shunday, Sulaymon �Qo'shiqlar qo'shig'i�, �Ekleziast� va �Rivoyatlar�ida... <...>

Yana bir tur shoirlar yo Tirtey, Fokilid va Katon kabi axloq bilan, yo Lukretsiy va �Georgikalar�dagi Vergiliy kabi umuman tabiat bilan, yo Maniliy va Pontano kabi astronomiya bilan, yo Lukan kabi tarix bilan bog'liq falsafiy materiyalar bilan ish ko'radilar. Mabodo bunday poeziya kimlargadir yoqmas ekan, bunga sabab aslo a'lo darajada ifoda etilgan bilim masallig'idan pishirilgan taomning sifatsizligi emas, balki o'sha odamlar muhokamalarida didning yo'qligidir.



Biroq poeziyaning mazkur ikkinchi turi poetik taxayyulining erkin yo'lini tanlamasdan o'z predmeti doirasi bilan cheklangani bois, biz bular haqiqiy shoirlarmi yo yo'qmi tarzidagi bahsni grammatiklarga qoldirib, uchinchi tur - chin ma'noda haqiqiy shoirlarga murojaat qilamizki, aslida gapimiz asosan o'shalar haqida borayotir. Haqiqiy shoirlar bilan ikkinchi tur shoirlar orasidagi farq xuddi faqat ro'baro'larida ko'rib turgan siymolarnigina aks ettirishga qobil o'rtamiyona rassomlar bilan yolg'iz o'z tafakkurinigina qonun deb tan olgani holda qarshingizda chindan ham tomosha qilishga arziydigan, - masalan, o'zganing gunohlari uchun azoblanayotgan Lukretsiyaning2 o'ktam va ayni chog'da g'amgin nigohi kabi,- narsalarni tasvirlovchi ulug' rassomlar orasidagi farq misolidir. Ayni chog'da rassom tasvirda o'zi hyech qachon ko'rmagan Lukretsiyani emas, balki bu nav ezgulikning tashqi go'zalligini mujassam etadi. Faqat tabiatga munosib taqlid qilgan holda huzur baxsh etib ta'lim beruvchi shoirlargina uchinchi turga mansub etilishi mumkin. Ular taqlid qilarkan mavjud, mavjud bo'lgan yoki mavjud bo'lishi mumkin narsalardan birontasini o'zlashtirmaydilar, balki orifona mushohada nizomlarigagina rioya qilganlari holda bo'lishi mumkin yo bo'lishi lozim borasidagi ilohiy yoziqlar sohasiga kirib boradilar. Xuddi shularni shoirlarning peshvolari va oliyjanoblari sifatida haqli ravishda vates degan so'z bilan atash mumkinki, eng yaxshi tillarda ham eng orif kishilar ularni, yuqorida aytilganidek, �yaratuvchi� ma'nosini beruvchi nom bilan atabdilar. Zotan, haqiqatan ham ularning yagona mashg'uloti tabiatga taqlid qilish, taqliddan muddaolari esa huzurlantirib ta'lim berishdir. Ularning huzurlantirishdan ko'zlagan maqsadi kishilarni ezgulikka oshno etish, zero, agar ezgulikning qiyofasi huzur baxsh etmaganida edi, odamlar undan begonaday o'zlarini tortgan bo'lur edilar; ularning ta'lim berishdan maqsadi odamlarga o'zlari oshno bo'layotgan ezgulikni anglatishdir. Bular esa har qanday funun erishishga har doim intilib kelgan eng ezgu maqsaddir, shunga qaramay, hanuz poeziyaga qarab huruvchi badfe'l kishilar uchrab turadi. <...>

<...> faylasuf ham ta'lim beradi, biroq u mavhumotlar bilan, tumanliroq ta'lim beradi, uni faqat o'qimishli kishilargina tushuna oladilar. Demak, u olim bo'lib bo'lganlarga ta'lim beradi. Poeziya esa eng nozik me'daga ham maqbul bo'ladigan taomdir. Aslida chinakam xalq faylasufi shoirdirki, buni Ezopning zohiran hayvonlar haqida yozilgan-u, lekin jozib majoziyligi ko'plab, hatto hayvonlardan-da tuban kishilarni ham so'zsiz notiqlar - jonivorlardan kelayotgan ezgulik sasiga quloq tutishga majbur etadigan masallari a'lo darajada dalilllaydi. <...>

<...> poeziya tarixdan yuksakroq turadi, zero, u aqlni bilimlar bilan boyitibgina qolmaydi, balki insonni haqli ravishda ezgulik deb atash va shunday deb hisoblash qabul qilingan narsaga yo'naltiradi. Ta'lim berish bobida qanchalik bahsli bo'lsa ham, insonni ezgulikka yo'naltira olish qobiliyati jihatidan shoir faylasufni ham, tarixchini ham mag'lub etadi, shu jihatdan u g'oliblik chambariga chin ma'noda munosibdir. <...>

<...> Endi esa bechora shoirlar gardaniga qo'yilayotgan eng og'ir ayblovlarga o'tamiz. Menga ma'lum bo'lishicha, ular quyidagilardan iborat: birinchidan, odamlarning poeziyaga chalg'ib vaqtlarini bekor sovurmaganlari ma'qul emish, chunki undan boshqa ko'plab foydali bilimlar bor; ikkinchidan, aytadilarki, poeziya - yolg'onning onasi; uchinchidan, da'vo qiladilarki, poeziya dilimizda ko'plab noma'qul mayllarni tug'dirib, xushnavo sirenalar kabi aqlimizni gunohkor xayollarning zaharli komiga tortish bilan nomussizlik va adashishlarni oziqlantiradi. Bu jihatdan, Choser aytganiday, komediya ularning hosil yig'ishi uchun eng katta daladir. Ular bizni shunga ishontirmoqchi bo'ladilarki, go'yo bizning va o'zga xalqlar vaqtlarini o'z erklari himoyasi uchun zarur jangovar mashqlar bilan o'tkazgan davrlarda, to shoirlar bizni poetik halovat bilan siypab-erkalab tanballik mudrog'iga solgunlariga qadar, hozirgidan ko'ra mardonavorroq bo'lganlar. Nihoyat, eng muhimi, ular go'yo merganlikda Robin Gudni ortda qoldirdik, Platon o'zining �Davlat�ida poeziyani taqiqlagan3 deya tinmay og'iz to'ldirib qichqiradilar. Darhaqiqat, mabodo bularda haqiqat salmoqliroq bo'lsa, ular juda og'ir ayblovlardir.

Avval birinchisi haqida: odam o'zining qimmatli vaqtini eng foydali tarzda o'tkazishi kerak deyilishi - asosli dalil. Biroq bu faqat petere principium4 xolos, zero, agar men ta'kidlaganimdek, bilimlarning eng sarasi odamni ezgulikka undab unga o'git beradigani bo'lsa va hyech bir narsa bu ishni poeziyachalik yaxshi uddalamas ekan, unda xulosa ham aniq: qog'oz bilan qalam poeziyadagidan ko'ra foydaliroq tarzda ishlatilishi mumkin emas. Va, garchi ularning birinchi da'vosiga qo'shilish zarur bo'lsa ham, undan, mening nazarimda, yaxshi baribir yaxshi degani emas, chunki juda yaxshisi - eng yaxshisi, qabilidagi xulosa chiqmaydi. Biroq, men hanuz dunyoda poeziyadan ko'ra foydaliroq bilimlar borligini avvalgidek inkor qilaman.



Shoirlar go'yo eng katta yolg'onchilardir, degan ikkinchi ayblovga javoban men buning tamom ziddini aytgan bo'lardim, zero, imonim komilki, osmon gumbazi ostida mavjud ijodkorlar ichida eng rostgo'yi shoirdir. Hatto inson sifatida yolg'onga moyil bo'lganida ham, shoir sifatida u yolg'onchi bo'la olmaydi. Yulduzlarning zamindan uzoqligini o'lchash bilan mashg'ul bo'lgan munajjim yoki handasa olimi haqiqatgo'ymikin? Siz nima deb o'ylaysiz, kasallikni kuchaytirib, keyincha minglab jonlarning Xaron5 huzuriga jo'nashiga sabab bo'lgan dorilarni tayin qilganida vrachlar tez-tez yolg'onlab turadilarmi yo yo'q? Nimanidir isbotlab tasdiqlashni zimmasiga olgan odamki bor, bulardan kam yolg'onlamaydi. Shoirga kelsak, u hyech narsani isbotlab tasdiqlamaydi, shu bois ham hyech qachon yolg'onlamaydi. Zero, mening tushunishimcha, yolg'onlamoq - yolg'on narsani rost deya da'vo qilmoqdir. Olimlar, ayniqsa, tarixchilar asrlar qatida yashirin mavhum narsalarni tasdiqlarkan, tez-tez adashmasliklari mumkin emas. Biroq shoir, ilgari aytganimdek, hyech qachon hyech narsani haqiqat deb da'vo qilmaydi. U hyech qachon o'zining yozganlari chin ekaniga ishontirish uchun sizning tasavvuringizni cheklamaydi. Shoir o'zga mualliflardan iqtibos keltirmaydi, yo'q, so'zining avvalidayoq totli muzalarga murojaat etib, ulardan xayolotiga qanot berishlarini tilaydi. Darhaqiqat, shoir mavjud yoki mavjud bo'lmagan narsalar haqida so'zlashga intilmaydi. U faqat mavjud bo'lishi yoki mavjud bo'lmasligi lozim narsalar haqidagina so'zlaydi; garchi u to'qib chiqarilgan narsalar haqida hikoya qilsa-da, ularni sizga haqiqat deya taqdim etmaydi, shu bois ham yolg'onlamaydi. <...>

<...> Uchinchi ayb mazmuni shuki, shoir go'yo odamlarning ongiga zararli ta'sir qilib, ularni gunoh va fahshga boshlaydi. Bunisi endi poeziyaga qo'yilayotgan, yagona bo'lmasa ham, asosiy ayblov bo'lib, u tez-tez quloqqa chalinadi. Da'vo qilishadiki, komediyalar ishqiy mojarolarni qoralamaydi, aksincha, odamlarni ularga moyil qiladi. Yana da'vo qiladilarki, shahvatli sonetlar - lirikaning bezagi, elegiyalar ma'shuqa ayrilig'idan kelgan yig'igina bo'lib qoldi, izzattalab Kupidon hatto qahramonlik poemalarini ham ishg'ol qilib oldi. <...> poeziya odamlar ongini kirlantirmoqda deb emas, aksincha, odamlar ongi poeziyani kirlantirmoqda deb da'vo qilish to'g'ri bo'ladi. Zero, men ong eikastike (ya'ni, ayrim olimlar ta'rificha, �munosib narsalarni tasvirlovchi�) poeziyani tamom aksi, qaysiki, xayolparast kallalarni nomunosib narsalar bilan to'ldiruvchi phantastike6 qilib qo'yishga qodir ekanligini inkor qilmayman. <...> men poeziyadan yomon maqsadlarda foydalanish mumkinligini ham, bu holda u o'zining joziba kuchi bilan boshqa har qanday so'z qo'shinidan kattaroq zarar keltirishi mumkinligini ham tan olaman. Biroq bundan yomon maqsadda foydalanilgani uchun foydalanilgan narsani ayblash kerak, degan fikr aslo kelib chiqmaydi. Aksincha, to'la asos bilan aytish mumkinki, agar biror narsa buzib talqin qilinganida katta zarar keltirar ekan, to'g'ri qo'llanilganda (har qanday narsaning qimmati esa uning chinakam maqsadi bilan belgilanishi kerak) juda katta foyda ham keltiradi. <...> Garchi bizning muxoliflarimiz shoirlarni yolg'onning onasi deb da'vo qilganlarida hyech narsani isbotlamagan bo'lsalar-da, shu da'volarining o'zi bilan poeziyaning ta'sir kuchini e'tirof etadilar. <...>

Izohlar:


1. �Vaticinium� - lot., bashorat, �vaticinari� - bashorat qilmoq.

2. Lukretsiya - Sekst Tarkviniy tomonidan nomusi toptalgach, o'zini o'ldirgan rimlik ayol.

3. Qarang: Skaliger, 23-izoh

4. Lot., �birlamchi sababni izlamoq�

5. Xaron - Yunon mifologiyasidagi kemachi, o'lganlar ruxini yer ostidagi Stiks daryosidan o'tkazib qo'yadi.

6. Yun., fantastik

Literaturn�e manifest� zapadnoevropeyskix klassitsistov. M.,1980.- S.133-173


Download 216,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish