G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar



Download 216,52 Kb.
bet6/21
Sana31.12.2021
Hajmi216,52 Kb.
#230295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
g'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlari

Isokrat


Panegirik

(1) Meni har vaqt hayron qoldiradigan narsa shuki, bayramlarda uyushtiriladigan kurash yoki yugurish musobaqalarida g'olib chiqqan atletlarga katta mukofot beriladi-yu, o'z manfaati uchungina emas, balki umum manfaati uchun mehnat qilayotganlarga na bir mukofot va na aytarli e'zoz; (2) holbuki, ular hurmatga ko'proq loyiq, zero, atletlar boridan ikki karra kuchli bo'lib qolganlarida ham hyech kimga naf keltirmaydilar, fikrlaydigan odam esa hammaga - uning tafakkur mevalaridan bahramand bo'lishni istaganki odam bor bariga foydalidir. (3) Biroq hozir bu holni e'tiborga olmasga qaror qilib va ushbu nutqim keltiradigan sharafni yetarli mukofot hisoblagan holda, men bu yerga Elladani birlashishga va varvarlarga qarshi urushga da'vat etmoq uchun keldim. Garchi notiq degan nomga da'vo qiluvchilarning ko'pi mengacha ham bu mavzuda so'zlagan bo'lsalar-da, (4) men ulardan o'zishga qat'iy chog'landim, zero, nutqlarning sarasi deb eng muhim masalalarga bag'ishlangan, notiqqa o'zini ko'rsatish imkonini yaratish bilan birga tinglovchilarga ham katta naf keltiradigan nutqni bilaman, umid qilamanki, mening nutqim ayni shunday. (5) Boz ustiga, hali vaqt ham unchalik yo'qotilmaganki, harakatga undash kech bo'lgan bo'lsa. Notiq esa faqat ish amalga oshib, endi uni muhokama qilishdan ma'ni qolmagan yoki masala tugal hal etilib, unga biron nima qo'shish imkoni qolmagan holdagina jim turishi lozim. (6) Biroq, agar avvalgi chiqishlar samarasiz bo'lgani sababidan ish o'rnidan jilmay turgan bo'lsa-yu, muvaffaqiyat topgan holda bizni o'zaro urushlaru ulkan kulfatlardan xalos etishi mumkin bo'lgan nutq ustida ishlash nahotki o'rinsiz bo'lsa? (7) Mabodo predmet mohiyati haqida fikr bildirishning faqat bitta usuli bo'lganida edi, boshqalar aytgan gaplarni takrorlab tinglovchilarni bezdirish ortiqcha bo'lur edi; (8) biroq toki nutqda bitta narsani turlicha talqin qilish - kabirni sag'irga, sag'irni kabirga aylantirish, o'tmish hodisalariga yangicha nazar solish, yaqinda yuz berganlarini esa o'tmish orqali qayta ko'rib chiqish imkonlari mavjud ekan, demak, ilgari so'z borgan predmetdan qochish emas, uni yanada yaxshiroq ifodalashga harakat qilmoq kerak. (9) Bo'lib o'tgan voqyealar hammamizga ma'lum, biroq ulardan o'z vaqtida saboq chiqarish, ularning asl mohiyatini anglash va ifodalay olish imkoni faqat oqil kishilargagina berilgan. (10) Agar yangilikdan ko'ra mahorat va ijro mukammalligi, mavzu tanlashdagi o'ziga xoslikdan ko'ra uni yoritishdagi o'ziga xoslik ko'proq qadrlansa, san'atlar, jumladan, notiqlik san'ati yuksak kamolotga erishadi.

(11) Ayrimlar malakasi kam tinglovchiga og'irlik qilishini ro'kach qilib nozik ishlov berilgan nutqni ma'qullamasdan yanglishadilar, negaki, ular favqulodda vazifa qo'yilgani sababli tantanavorlikni taqozo etuvchi nutq bilan bezaklardan forig' sud nutqini farqlamaydilar; o'ylashadiki, go'yo maqbul me'yorni faqat o'zlarigina biladilar, serhasham va tantanavor so'zlovchilar esa sodda va aniq ifodaga go'yo qobil emas. (12) Bundaylar o'zlaridan juday-la ilgarilab ketmagan notiqlarnigina maqtaydilarki, bu isbotlab o'tirishga ham arzimaydi. Ularning fikri meni qiziqtirmaydi: men nutqimdan boshqalarda uchramaydigan fazilatlarni izlaydigan ahli darklarga, bilimdon va talabchan tinglovchilarga murojaat qilaman va bevosita asosiy masalaga o'tishdan avval ular uchun yana bir-ikki og'iz qo'shib qo'yaman. (13) Nutqning boshlanishida, odatda, yaxshi tayyorlanishga ulgura olmaganlari yoki muhim mavzuga munosib so'z topish qiyinligini ro'kach qilib oldindan uzrxohlik qiladilar. (14) Shuning o'rnida aytay: agar nutqim o'zining predmeti yoki mening sha'nimga munosib chiqmay qolsa, o'ziga sarflangan vaqtni, aniqrog'i, butun umrimni oqlamasa, mayli, alohida iqtidorga ega bo'lmagan holda bundayin vazifani uddalashga jazm etganim uchun mendan hazar qilsinlar, mazahlarga ko'mib tashlasinlar. O'zim haqimda aytmoqchi bo'lganlarim - shular. <...>

Oratoro' Gretsii. M.: Xudojestvennaya .literatura, 1985.- S.39-40



Download 216,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish