Buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti 14 9 BT 20 guruh talabasi IBROHIMOVA SITORA Gapning uyushiq bo’laklari - Reja:
- 1. Uyushiq bo‘laklar haqida.
- 2. Uyushiq bo‘laklarning o‘zaro bo‘g‘lanishi.
- 3. Uyushiq bo‘laklarning hokim bo‘lak bilan bog‘lanishi
- 4. Uyushiq kesimning ifodalanishi.
- 5.Uyushiq ega haqida ma’lumot.
- Gapning uyushiq bo’laklari Gapning uyushiq bo’laklari bir xil so’roqqa javob bo’lib, gapdagi bir bo’lakka bog’langan bo’laklardir. Uyushiq bo’laklar teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordamida bog’lanadi. Yo’lda yosh, keksa, yupun odamlar ketib borardi. Nodir va Salomat biznikiga kelishdi.Uyushiq bo’laklar asosan bir so’z turkumiga oid so’zlar bilan ifodalanadi. Gap bo’laklarining ta’kidlash-kuchaytirish maqsadidagi takrori uyushiq bo’lak hisoblanmaydi. Bunda hamma, hamma narsa bor.
- Gapning uyushiq bo’laklarida son, egalik, kelishik, qo’shimchalari, uyushiq bo’laklarning oxirgisiga yoki uyushiq bo’laklarning har biriga qo’shilishi mumkin.
- Uyushiq bo’lakli gaplarda so’zlarni jamlovchi, umumlashtiruvchi bo’lak ham ishtirok etishi mumkin. Umumlashtiruvchi bo’lak uyushiq bo’laklar bilan bir xil so’roqqa javob bo’ladi. Belgilash va bo’lishsizlik olmoshlari, ayrim otlar umumlashtiruvchi bo’lak vazifasida keladi. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqta qo’yiladi
- Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so’zdan oldin tire qo’yiladi. Insonda yuzi ham, kiyimi ham, odobi ham-hamma narsa go’zal bo’lmog’i kerak.
- Uyushiq bo’laklar orasida vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire ishlatiladi.
- Sanash ohangi bilan aytilgan, zidlov bog’lovchilari, takrorlanib qo’llanuvchi ayiruv bog’lovchilari, bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar bilan bog’langan uyushiq bo’laklar orasiga vergul qo’yiladi. Uyushiq bo’laklar guruh-guruh bo’lib kelsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi.
- Juda muhim. Uyushgan bo‘laklar o‘zaro teng bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi yordamchi so‘zlar (ham,-u(-yu), na...na... yuklamalari, bilan ko‘makchisi) va sanash ohangi yordamida bog‘lanadi. Uyushgan bo‘laklar biriktiruv bog‘lovchisi bo‘lgan va, hamda bog‘lovchi vazifasidagi bilan yordamida bog‘langanda ular ko‘pincha takrorlanib keladi. • Adol bilan o‘yinchi Sora; • Asal bilan quvnoq Ruxsora...
- Bunday vaqtda uyushgan bo‘laklar orqali ifodalangan shaxs, predmetlarning guruh-guruh ekanligi ifodalanadi.Ana shunday ma’no ifodalanganda va, hamda, bilan bog‘lovchilari bir-biri bilan erkin almashinib keladi.Va, hamda, bilan bog‘lovchilari ikkidan ortiq uyushgan bo‘laklar tarkibida bir marta qo‘llanilsa, uyushiq bo‘laklarning oxirgi juftligi orasida keladi va sanashning tugallanganligini bildiradi: Bog‘imizda o‘rik, shaftoli, gilos va olmalar bor. Uyushgan bo‘laklar ikki a’zodan iborat bo‘lib, biriktiruv munosabatini bildirsa, bu a’zolar o‘rtasida va, bilan, -u(-yu) bog‘lovchilari ishlatiladi. Solishtiring: • Bir sevgikim, jon berur tanga. • Faqat Zaynab-u Omonlarga xos. • Zaynab-u Omonni Zaynab va Omon, Zaynab bilan Omon deb ishlatish mumkin.
- 1.Qaysi qatorda uyushiq kesimli gap berilgan? A. Do‘kondorlar molini maqtab va xaridorlarni chorlab turishardi B. Abdulla Qahhorning ijodi xalq hayoti bilan birga ko‘tarilib, birga ulg‘aydi. C. Biz voqea sodir bo‘lgan joyga borishimiz va ishonch hosil qilishimiz kerak D. A, B va C 2.Qaysi qatorda uyushiq bo‘lakli gap va qo‘shma gap juftligi berilgan? A. Tig‘ yarasi tuzaladi, lekin dil yarasi tuzalmaydi. Hamma chuqur xo‘rsindi , Anorxon piq-piq yig‘ladi. B. Pulimyot miltiqlarning ovoziga xotin-xalaj, bola-chaqalarning yig‘isi, dod-voyi qo‘shilib ketdi. Turg‘unoy birinchi tovushni eshitganda seskandi, so‘nggilari esa uni vahimaga soldi. C. Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi edi. Biz harbiy uchuvchi va vatan posbonlari bo‘lamiz. D. Bog‘chada yosh-yosh qizchalar va o‘g‘il bolalar davra qurib o‘ynashmoqda. Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. 3.Qaysi qatordagi gapda uyushiq hol ot va fe’l so‘z turkumlari bilan ifodalangan? A. U hayajon bilan, tez-tez va bo‘g‘ilib so‘zlar edi. B. Podsho goh kulib, goh jiddiy o‘y bilan quloq soldi C. Saida goh afsuslanib, goh kuyib, goh kulib gapirib berdi D. Ufqqa tutashib ketgan polizlar va tokzorlar qizg‘ish, qahrabo tusda tovlanadi.
- 4.Uyushiq bo‘lakli sodda gap berilgan qatorni toping. A. Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi B. Gap tashuvchilarni, tirnoqdan kir izlovchilarni, chaqimchilarni men yomon ko‘raman C.Bahor keldi, gul ochildi, chaman bo‘ldi yurtimiz D. Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar E. Vali qaerga borishini bilmay, birpas ikkilanib turgach, qarshidagi tepalikka qarab yurdi. 5.Umumlashtiruvchi bo‘lak qaysi gapda qo‘llangan? A. Negaki ular meni katta ehtiros, qiziqish bilan kutib oladilar B. Bu habarni eshitish bilan Otabekda ko‘riladigan o‘zgarishlarni, hollarni harakatlarni – barchasini birma-bir ko‘nglidan kechirar edi. C. Hullas, vatanimizning osti ham usti ham oltindir D. Albatta, vaqt kutib o‘tirmaydi o‘tib ketaveradi E. Ulug‘ yozuvchilarimizning, shoirlarimizning satrlaridan san’at namunasi sifatida bahra olamiz. 6.Uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi qaysi gapda qo‘llangan? A. Quyosh bulutlarning yumshoq, momiq ko‘rpasida erkalanib yumalar edi B.Shu pallada darvozadan katta qora sigir yugurib chiqdi C. Nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi D. Biz oq, qizg‘ish va kul rang toshlarni terdik E. Serchang, sershovqin ko‘chalarda odamlar daryoday oqib borar edi
Do'stlaringiz bilan baham: |