Gapning tuzilishiga ko'ra turlari.
Reja:
1.Gap haqida malumot.
2.Gaplarning emotsianallikka kora turlari .
3.Gaplarning ifoda maqsadiga kora turlari.
Gap haqida malumot..Gaplar, struktura asosi (grammatik markazi)ning miqdoriga ko'ra: sodda va qo'shma turlarga bo'linadi.
Sodda gaplarning struktura asosi bitta bo'lib, ma'lum bir fikrni ifoda qiladi.Qo'shma gaplarning struktura asosi esa ikki yoki undan ortiq bo'lib, bir murakkab fikrni ifoda qiladi.
Qiyos qiling: Bahor keldi. Bahor keldi va gullar ochildi.
Formal-funksional tadqiqotlarlarda: "Gap til bosqichida atov birliklarining kesimlik kategoriyasi ko'rsatkichlari bilan shakllangan ko'rinishidir" deb talqin qilinadi.
Sistemaviy tilshunoslikda gap nutq hosilasi sanalib, til birligi sifatida
gapning o'zi emas, balki uning modeli (qurilish qolipi) tan olinadi. Gap qolipi gapning asosiy grammatik va struktur (qurilish) xususiyatlarini o'z ichiga olganmavhum qurilmadir. M.Abuzalovaning "O'zbek tilida sodda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning nutqda voqealanishi" mavzuli tadqiqotida kesimlik kategoriyasi ko'rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi sifatida ajratilgan gapning eng kichik lisoniy sintaktik qolipi (WPm) kengaymagan shaklda o'rganilgan. Bu o'rinda W - word - so'z, Pm - predikatsiya va marker so'zlariningbosh harflaridan hosil qilingan. Mazkur qolipning P qismida tasdiq (inkor, mayl),zamon va shular bilan birga shaxs - son ma'nosi borki, gapning egasi keyingi grammatik ma'noni aniqlab, ochib keladi. Shu ma'nosi asosida gaplarda ega tiklana olishi yohud tiklana olmasligi belgisi asosida bir va ikki tarkibli gaplarhosil qilinadi. Shuning uchun ega gapning sintaktik qurilishida markaziy emas,balki undan quyiroq mavqeni egallaydigan kengaytiruvchi bo'lak mohiyatiga egadir.. Gaplar emotsionallikka munosabat jihatidan ikki turlidir: emotsional gaplar va emotsional bo'lmagan gaplar. Darak, so'roq, buyruq gaplar emotsional bo'lmagan
gaplardir. Sintaksisning asosiy birligi bo`lgan gap tuzilishiga ko`ra ikkiga bo`linadi:
1. Sodda gap
2.Qoshma gap.
Tarkibiy qismlarga bo`linmaydigan, ma`lum fikr-maqsadni ifodalaydigan,grammatik va ohang jihatidan shakllangan sintaktik birlikka sodda gap deyiladi.
Aniqrog`i,sodda gap bir predikativ birlikdan tashkil topadi.
Masalan:
Kitob o`qidim.
O`rik gulladi.
Sodda gaplar tuzilishiga ko`ra sodda yig`iq gap va sodda yoyiq gaplarga
ajratiladi. Bunday tasniflashda ikkinchi darajali bo`laklarning ishtirok etishetmasligi e`tiborga olinadi. Faqat bosh bo`laklardan tuzilgan gap sodda yig`iq gap deyiladi: Dars boshlandi.
Bosh va ikkinchi darajali bo`laklarning ishtirokidan tuzilgan gap sodda yoyiq gap deyiladi: Umida Saidadan tez-tez xabar olib turadi (A.Q)
Gaplarning struktura asosi bir bosh bo'lak (ega yoki kesim) hamda har ikki boshbo'lakdan tashkil topishi mumkin. Shunga ko'ra, sodda gaplar ikki tarkibli va birtarkibli gaplarga bo'linadi.Ikki tarkibli gaplarda gapning struktura asosi ega va kesimdan tashkil topadi:
Odam gohi - gohida yanglishadi ham.
Bir tarkibli gaplarda gapning struktura asosi yo ega, yo kesimdan iborat
bo'ladi: Do'sting uchun zahar yut (Maqol).
Ikki tarkibli gaplar ham gapning bosh va ikkinchi darajali bo`laklarining
ishtirok etishiga ko`ra ikkiga bo`linadi:
1. Ikki tarkibli sodda yig`iq gap.
2. Ikki tarkibli sodda yoyiq gap.
Ikki tarkibli gap, odatda, ikki qismga- ega sostavi va kesim sostaviga ajratiladi.Ega sostavi ega va unga tobe bo`laklardan, kesim va unga tobe bo`laklardan tashkil topadi.
Mavjud sintaktik nazariyalarda qo`shma gaplarning sodda gaplardan, asosan, sintaktik, semantik tuzilishi asosida farqlanishi ko`rsatiladi.
Qo`shma gap va sodda gap o`zaro sintaktik tuzilishiga ko`ra farqlanadi Soddagap bir predikativ birlikdan, qo`shma gap o`zaro uzviy bog`langan bir nechapredikativ birlikdan tashkil topadi. Qiyoslang:
Sodda gap: Hammalari kulishdi.
Qo`shma gap: U yig`ladi, men yig`ladim.
Sodda gaplarda ba`zan uyushiq kesimlar turlicha qo`llanadi: Bir piyola choyni sovitib ichib, keyin aytdilar.
Sodda gap va qo`shma gap mazmuniy tuzilishi jihatidan farqlanadi. Sodda gap bir voqelikni, qo`shma gap ikki va undan ortiq voqelikni va ular orasidagimunosabatlarni ifodalaydi.
Sodda gapning qurilish materiali so`z va so`z birikmalari bo`lsa, qo`shma gaplarning qurilish materiali esa soda gaplardir. M.Qurbonovaning tadqiqotida4 grammatik shakllangan sodda gaplarning maksimal lisoniy sintaktik qolipi tadqiq etilgan.Gaplar voqelikka munosabat jihatidan tasdiq (bo'lishli) gaplar va inkor(bo'lishsiz) gaplarga bo'linadi: tasdiq gaplar va inkor gaplar.Tasdiq gaplar borliq hodisalari orasidagi munosabatning mavjudligini ifodalaydi,inkor gaplar esa bunday munosabatlarning mavjudligini inkor qiladi. Qiyos qiling:
Yomg'ir yog'di- Yomg'ir yog'madi.
O'zbek tilshunosligida ba'zi tasdiq gaplarda inkorning yashirin ifodalanish usullari maxsus o'rganilgan. Tasdiq va inkor kategoriyalari orasida bog'lanish bor: har qanday tasdiqdan inkor, har qanday inkordan tasdiq ham kelib chiqadi: Zulfiya kamtar. (Demak,maqtanchoq emas.) Zulfiya maqtanchoq. (Demak, kamtar emas.)Inkor gaplar tasdiq gap asosida maxsus inkor ko'rsatkichlari yordamida hosil bo'ladi, tasdiq gaplar esa bunday ko'rsatkichlarga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Inkor gaplar tubandagi vositalar yordamida hosil bo'ladi:
1) Kesim tarkibida kelgan -ma shakl yasovchi, emas va yo'q so'zlari orqali: Buni u menga shu paytgacha aytgan emas ( "Mushtum"). Azizlar! Sizlar begona yurtga kelganlaringiz yo'q ( G`.G`ulom).
2) Maxsus inkor ifoda qiluvchi sozlar orqali: Kesimlar inkor shaklda keladi:Tashqarida hech kim korinmas edi.
3) Takrorlanib kelgan na yordamchisi orqali: Osmonda na oy , na yulduz bor.. Gapda ikki inkor vositasining qo'llanishi tasdiq mazmunini beradi: Men yangi kitoblarni o'qimay qo'ymayman. Bizning sayohatga borish fikrimiz ham yo'q emas.
Ritorik so'roq va undov gaplarning ba'zi tiplarida kesim inkor formasida bo'lsa ham, gapda tasdiq anglashilishi mumkin: Mayin shabada kimga yoqmaydi?!Hammaga yoqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |