Journal of Advanced Research and Stability
Volume: 02 Issue: 03 | 2022
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
228
GAPDAGI TIL BIRLIKLARINI SINTAKSEMALARGA AJRATIB TAHLIL QILISH
Tilavov Shaxobiddin Abdiraximovich
Samarqand davlat chet tillar institute 2 - kurs magistr talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada muallif gapdagi til birliklarini sintaksemalarga ajratib tahlil
qilish haqida ma’lumot bergan. Bundan tashqari sintaksem tahlil boʻyicha tilshunos olimlarning
fikr mulohazalari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtgan.
Kalit soʻzlar:
nisbat kategoriyasi, transformatsiya, yunksion model, bitishuv, moslashuv,
boshqaruvlar, substansiallik, kvalifikativlik, sintaksemalar.
Ma‟lumki, til shaklda mazmunning ijtimoiy an‟anaviy bog„lanishdan iborat birlamchi ramzlar
tizimidir [1]. Demak, tilning muayyan ob‟ektini ya‟ni kategoriyasini qiyosiy tipologik tadqiq
qilishda mazkur ob‟ekt (kategoriya) qiyoslanayotgan ikkala tilda ham atroflicha ishlangan
bo„lishi kerak. Qayd etish joizki, nisbat kategoriyasi asosan gap qurilmasida kesim vazifasida
ishtirok etgan fe‟l shakli bilan bog„liqligi bois, ushbu ishimizning mazkur faslida bosh
bo„laklarning asosiy bir qismi bo„lmish kesim muammosiga qisqacha to„xtalamiz.
Xususan ingliz va o„zbek tillarida kesim tarkibiga doir juda ko„p fikrlar aytilgan bo„lishiga
qaramasdan ularning sintaktik qatlamdagi munosabatlari, xamda sintaktik maydonini qiyosiy-
tipologik jihatdan o„rganish borasida ko„zga ko„rinarli biror tadqiqot ishi olib borilmagan.
Grammatik materiallarni tadqiq etishda transformatsiya bevosita ishtirokchilarga ajratish tahlil
usullari asosida ko„zga ko„rinarli ishlar qilingan bo„lsada [2], biz ushbu ishlarning oxirgi faslida
nisbat kategoriyasining bir turini sintaksislarga ajratib tahlil qilish bilan chegaralangan.
Mazkur metoddan foydalanishdi A.M.Muxin va uning shogirdlari tomonidan yaratrilgan lisoniy
metoddan [3] foydalanish, mavzuga xos ayrim kamchilik va nuqsonlarni to„ldirishda muhim
ahamiyat kasb etadi [4]. Mazkur tahlil usuli ikki bosqichda amalga oshiriladi. Xususan
boshlang„ich bosqichda gapdagi unsurlar komponentlarga ajratib tahlil qilinadi va bu bosqichda
berilgan unsurlarning o„zaro sintaktik aloqalari aniqlanib bir biridan farqlanishi yunksion model
yordamida ifodalanadi [5].
Malumki, an‟anaviy grammatikalarda sintaktik aloqalar deganda bitishuv, moslashuv va
boshqaruvlar tushiniladi [6]. Ammo bu sintaktik aloqalar gaplarning sintaktik tahlilida ko„zga
tashlanmaydi chunki moslashuv morfalogik qatlamda qaralsa, bitishuv va boshqaruvlar leksik
qatlamda ko„zatiladi. Demak sintaktik aloqalarni aniqlashda til sathlari bir-biri bilan aralashtirib
yuborilgan. Shuning uchun sintaktik aloqalarni yunkson modallar yordamida xamda gapda
ishtirok etgan sintaktik birliklarning differensial sintaktik belgilari komponent modallar
yordamida bayon etiladi. Gap tarkibida yadro va tobe komponentlarni aniqlash uchun
transformatsiya metodining tushirib qoldirish usuli yordamida amalga oshiriladi.
Ushbu tahlilning navbatdagi bosqichida esa, kesim vazifasidagi sintaktik birliklarning
differensial sintaktik-semantik belgilari aniqlanib, ularning variantlari hamda ma‟lum sintaktik
aloqa asosida boshqa qanday sintaksemalar bilan bog„lanishini aniqlash mumkun. Gap
tahlilining bunday shakli pradigmatik rejada amalga oshiriladi. Sentaksislarga ajratib tahlil
qilishda asosan, kategorial diffirinsial sintaktik- semantik belgilardan substansiallik (predmet
yoki shaxsni ifodalovchi unsur) hamda kvalifikativlik (sifat, hajm, son, holat kabilarni
Do'stlaringiz bilan baham: |