Gap va uning turlarini


Boshlang`ich sinflarda „Gap va uning turlari“ mavzusini o`qitish metodikasi



Download 0,6 Mb.
bet6/7
Sana10.05.2023
Hajmi0,6 Mb.
#936761
1   2   3   4   5   6   7
2.2. Boshlang`ich sinflarda „Gap va uning turlari“ mavzusini o`qitish metodikasi
Bu sinfda gapda so’zlarning bog’lanishiga katta e’tibir beriladi. O’quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo’laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so’z (hokim va tobe so’z)ni, so’zlarning grammatik jihatdan, ya’ni qo’shimchalar orqali bog’lanishini bilib oladilar.n4-sinfda gapning uyushiq bo’laklarini o’rganish bilan gap bo’laklari haqidagi bilim kengaytiriladi.
Shunday qilib, o’quvchilarda gap bo’laklari haqidagi tasavvurni o’stirish
gapni o’zlashtirishda etekchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang’ich sinf
o’quvchilari gap bolaklarini ikki guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga)
bo’linishini o’lashtiriladilar.
Bu sinflarda ikkinchi darajali bolaklar turlarga
ajratilmaydi. Gapni o’zlashtirish uchun bosh va ikkichi darajali bo’laklarning
mohiyati ochiladi: bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr,
asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo’laklar esa
bosh bo’laklarni aniqlovchilik va to’ldiruvchilik vazifasini bajaradi.
Ikkinchi darajali bo’lakalrning mohiyatini ochish uchun o’quvchilar gapni
tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo’lagiga bog’lanib, uni izohlab kelayotganini
aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo’alklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig’iq
gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko’rinadi. Masalan, o’quvchilar
“Qaldirg’ochlar uchib keldi” gapini yozadilar. Fikrni to’liq ifodalash uchun gapga
qayerga? Va qachon? So’roqlariga javob bo’luvchi so’zlarni qo’yishni talab qiladi.
O’quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo’lagi (ikkinchi darajali bo’lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.
O’quvchilarda gapda so’zlarning bog’lanishini aniqlash ko’nikmasini
shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko’nik,alar qatoriga kiradi. So’z birikmasi
gap qismi sifatida ajratiladi va boshlan-ich sinflarda uning muhim bеlgilari idrok
qilinadi. «So`z birikmasi» atamasi darsliklarga kiritilmagan, ta'rifi bеrilmaydi.
Ammo kichik yoshdagi o`quvchilar uning quyidagi muhim bеlgilarini amaliy bilib
olishlari zarur:

So`z birikmasi grammatik va mazmun tomonidan bog`langan ikki qism
bo`ladi. Masalan, «dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar» gapida ikkita so`z
birikmasi bor:
1) dunyo xalqlari;
2) tinchlik uchun kurashadilar.
So`z birikmasida bir hokim so`zga ikkinchi bir so`z tobе bo`ladi. Hokim
so`zdan tobе so`zga so`roq bеriladi, tobе so`z shu so`roqqa javob bеrgan so`zdir.
Maslan, (qanday?) iqtidorli o`quvchilar (nimaga) to`garakka a'zo bo`ldilar. Ega va
kеsim so`z birikmasini emas, gapni tashkil etadi.
Gap tarkibidagi so`z birikmalarini ajratish ko`nikmasi uzoq mashq davomida
shakllantirib boriladi. Buning uchun o`quvchilarning so`z birikmasidan bir
so`zning boshqa so`zga tobеligini tushunishga qaratilgan mashqlar tizimidan
foydalaniladi:
Gaplarni yoyish. Buning uchun gapning qaysi bo`lagi yoyishni talab qilishi
aniqlanadi. Masalan, «daraxtlar gullaydi» gapini tahlil qilish uchun bеrilgan ega va kеsim (gapning asosi) ajratiladi.
-daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qaysi so`zni qo`shish kеrak?
-Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi)
-Bu so`z gapning qaysi bo`lagi bo`ladi. (ikkinchi darajali bo`lagi).
-U gapning qaysi bo`lagiga bog`lanadi, ya'ni tobеlanadi? (kеsimga
bog`lanadi).
-gapga egani izohlaydigan yana bitta so`z qo`shing. Qanday gap hosil
bo`ldi?(Mеvali daraxtlar bahorda gullaydi).
So`zlari aralash bеrilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslarini (ega
va kеsim) tiklanadi (aniqlanadi), so`ng so`roqlar yordamida ikkinchi darajali
bo`laklar (so`z birikmalari) «topiladi», tiklanadi. Masalan, Mashinada, tеradi,
tеrimchi,paxtani.
-Gap kim haqida aytilgan? (tеrimchi haqida, kim?-tеrimchi)
-U haqda nima dеyilgan? (Tеradi. Tеrimchi tеradi-bosh bo`laklar).
-So`roqlar yordamida so`z birikmasini toping. Nimani tеradi? (Paxtani
tеradi), nimada? Tеradi (Mashinada tеradi). Kеyin gapda so`zlarning qulay tartibi
aniqlanadi (Tеrimchi paxtani mashinada tеradi). Gap ohanggi ustida ishlanadi.
Uzluksiz (tinish bеlgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi
ongli bo`lishi uchun har bir gapning bosh bo`laklarini va so`z birikmalarini ajratish
lozim.

Xulosa
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.
Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. Menimcha, bu zamonaviy maktabning eng katta muammosi va uni muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Shuningdek, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish muammosi nihoyatda muhim ekanligini turli xil materiallar, tezislar, treninglar, seminarlar, metodlar, shuningdek, ushbu usullarning ko'plab sinovlari tasdiqlaydi. haqiqiy hayot. Maktab o'quvchilarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish orqali o'qituvchilar ularni mustaqil ravishda muammolarni hal qilishga, yangi imkoniyatlar yaratishga, kerakli ma'lumotlarni izlashga undaydi. Bolaligida muammolarni hal qilishga o'rgatilgan odamlar keyinchalik bu o'rgatilmaganlarga qaraganda ancha kengroq muammolarni hal qila oladilar.

Bizning zamonamizda bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish juda muhim - bu bola kitoblarni o'qishdan zavqlana boshlaydi, ularni tahlil qiladi va mustaqil xulosalar chiqarishni o'rganadi, shunda u aqlli savollar berishni va ularga ijodiy javob topishni o'rganadi. O'qitish yangi narsalarni o'rganishdan, kitobda bayon etilgan bilim olamida o'z ishtirokini his qilishdan sezilarli quvonch keltirsa, qiziqarli bo'ladi. Ushbu o'qitish usullariga asoslanib, bola, tarix, geografiya yoki adabiyotni o'rganayotganda, keyinchalik bu aniq emas, kerak emas yoki qiziq emasligini aytmaydi. O'qituvchilar va ota-onalar farzandlarining mavzuni bilishiga, tanqidiy va ijodiy fikrlashga qodir ekanligiga ishonch hosil qiladi.


Bolalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish deganda to‘g‘ri savol berish, ularning e’tiborini to‘g‘ri yo‘nalishga qaratish, o‘rgatish, o‘zlari xulosa chiqarib, yechim topish demakdir. O'quvchilarga fikr yuritish uchun material beradigan, tashabbus va mustaqillikni kashf qilish imkoniyatini beradigan o'quv faoliyati turlari yoqadi, ular aqliy zo'riqish, zukkolik va ijodkorlikka muhtoj.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish