Gap va uning turlarini



Download 0,6 Mb.
bet2/7
Sana10.05.2023
Hajmi0,6 Mb.
#936761
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishining maqsadi: Boshlang`ich sinflarda „Gap“ mavzusini o`qitish metodikasini o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari:
1. Boshlang`ich sinflarda „Gap“ mavzusini o`qitish metodikasini shakllantirish;
2. Boshlang`ich sinflarda „Gap“ mavzusini o`qitish metodikasini ishlab chiqish;
3. Boshlang`ich sinflarda „Gap“ mavzusini o`qitish metodikasini o’rgatish;
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ona tilidan bilimlarini tekshirish usullarini yaratish, o`quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha ta’limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob 4 bo`lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


I BOB BOSHLANG`ICH SINFLARDA GAP MAVZUSINI O`QITISH METODIKASINING NAZRIY ASOSLARI.
1.1. “Gap” haqida umumiy ma`lumot.
Sintaksisda o’rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi. Gap - kishilar nutqining kichik birligi bo'lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, mazmun va intonatsiya jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so’zlar bog'lamasi yoki yakka so'zdir. Aloqa birligi bo'lmish gap fikmi ifodalash va shakllantirish birligi hamdir. Shunga ko'ra gap kommunikativ (aloqa qilish) va kognitv (fikr ifodalash) vazifalarni bajaradigan nutq birligi sanaladi. 
Gapning mazkur xususiyatlari uni so'zdan va so'z birikmasidan farqlaydi. Gapning quyidagi asosiy belgilari mavjud:
Gapning ko'pgina turlari mantiqiy hukm bilan chambarchas bog'liq. Hukmda esa biror narsa haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va aynan ana shunda predikativlik o'z ifodasini topadi. Demak, gapning muhim belgilaridan biri predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining obyektiv borliqqa bo'lgan munosabatini ifodalaydi. Predikativlik ifodalovchi grammatik vositalar mavjud bo'lib, ular mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridir. 
Predikativlik odatda so'zlaming predikativ aloqaga kirishuvi bilan, ya'ni ega- kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand. Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo'lak bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik. Gapda bayon qilinayotgan fikrga so'zlovchining munosabati ham ifodalanadi. 
Bunday munosabat modallik deb yuritiladi. Anglashiladiki, gapning asosiy 
belgilaridan biri modallik hisoblanadi. Modallik (tasdiq, inkor, gumon, shuba kabilar) mayl kategoriyasi, modal so'zlar, yuklamalar kabi vositalar orqali 
ifolanadi. 
Gap intonatsiya (ohang) jihatdan tugallikka ega bo'ladi. Intonatsiya ham predikativlik, modallik belgilari singari gapni so'z birikmasidan chegaralashga xizmat qiladi. Intonatsiya, birinchidan, so'zlar bog'lanmasi yoki yakka so'z gapni shakllantirganini ko'rsatsa, ikkinchidan, gapning tugallanganligini ifodalab, uni boshqa gapdan ajratib turadi. Intonatsiyaning xabar, so'roq, buyruq va boshqa turlari farqlanadi. 
Gap mazmun jihatdan ham nisbiy tugal bo'ladi. Uning tugal fikmi ifodalashi 
ma’lum sharoit bilan bog'liqdir. Shunday qilib, predikativlik (gap mazmunining borliqqa munosabati). modallik (so'zlovchining aytilayotgan fikrga munosabati), intonatsiya shakllanganlik va mazmunan nisbiy tugallik gapning asosiy xususiyatlari, belgilari sanaladi. 

O'zbek tilida gaplar turli nuqtayi nazardan tasnif qilinadi: 
1.Ifoda maqsadiga ko‘ra. 
2.Emotsionalikka ko'ra. 
3.Tuzilishiga ko'ra. 
Ifoda maqsadiga ko'ra va bu maqsad bilan bog'liq bo'lgan intonatsiyaga ko'ra 
gaplar darak, so'roq, buyruq gaplarga ajratiladi. Emotsionalikka ko'ra gaplar ikki turga bo'linadi: emotsional gaplar  yoki undov gaplar va emotsional bo'lmagan gaplar. Darak, so'roq, buyruq gaplar darak, so'roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo'lmagan gaplar deb yuritiladi.
Yuqorida sanab o'tilgan gaplar kuchli hishayajonga ega bo'lishi bilan emotsiona gapga aylanadi. Emotsional gaplar undov gaplar deb ataladi.
Tuzilishiga ko'ra gaplar sodda va qo'shma bo'ladi. Gaplarning bunday bo'linishi ulaming tarkibidagi predikativlik birliklaming soniga, miqdoriga asoslanadi. 
Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: 
1)darak gap;
2) so'roq gap; 
3) buyruq gap. 
Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gap darak gap 
deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko'p qo'llanadi. 
Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo'ladi. Darak gap darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko'tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: Yoz kechasining yoqimli salqini. Ko'kda, daraxtlar ustida g'ij-g'ij yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin 
musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go'yo kechaning о ‘zi kuylaydi. Darak gapning kesimi ko'pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe'l bilan yoki fe'ldan boshqa so'z turkumlari bilan ifodalanadi. 
Darak gap oxiriga nuqta qo'yiladi. So'zlovchiga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma'lumotberish ko'zda tutiladigan gap so'roq gар deyiladi. So'roq gaplar ko'proq dialogik nutqda qo'llanadi. Bunday gaplar alohida intonatsiya bilan aytiladi. So'roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi: 
So'roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Chindan qo'rqqaningmi bu, 
Robiya? (P.O.). Ammo Naziraning o'rniga o'zimni qo'yib kо’rsam-chi? 
(O'.Usmonov). So'roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va 
boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo’ydingiz? (F.Musajonov). Nega o'rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O.Usmonov). 
So'roq intonatsiyasi. Bunda savol mazmuni bilan bog'liq bo'lgan so'zda 
intonatsiya (ohang) ko'tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? - deb so’radi. (O'. 
Usmonov). Juda kamnamolar Akmalxon? (F.Musajonov). 
So'roq gaplar so'roqning xususiyatiga ko'ra uch turga bo'linadi: sof so'roq 
gaplar, ritorik so'roq gaplar, so'roq buyruq gaplar. 
Sof so'roq gaplar tinglovchidan so'roqqa javobni talab qiladi. Masalan: 
Kechagi maqola nima bo'ldi. Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xojalik bo'limi shumi? (F.Musajonov) 
Ritorik so'roq gaplarda so'roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi. 
Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko'radigan kishining yuziga oyoq bosishdan og'ir jinoyat bormni? (A.Muhiddin). 
So'roq-buyruq gaplar so'roq orqali buyruq vazifasini o'z ichiga oladi. 
Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o'zi 
qayerdaligini aytib berolmaysizmi? (O '. Usmonov). 
So'zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap 
deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi: 
Buyruq, do'q-po'pisa. Masalan: Taqsir, ... bitta surat chizib bering. 
(P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga 
ham ota, ham ustozlik qiladi, o'g'lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov ). Sen darsingga o'tir, qizim, - buyruq qildi Yulduzga. 
Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo'ladi, faqat iltimos qilamanki. 
bo'tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero, nifoq solguvchilar paydo 
bo’lib, biror ishkallikni o’ylab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga 
uncha ro'yixushlik bermayotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov). 
Maslahat. Masalan: Fanda kashf qilishdan buyuk narsa yo'q, toylog'im.- deb 
qoldi professor. - siz ham faoliyatingizni kashf qilishdan boshlang 
(J.Abdullaxonov). Keling. institutda olgan nazariy bilimingizni amaliyot bilan 
bog'lash imkoniga ega bo'ling avval. (J.Abdullaxonov). 
Buyruq gapning ko’pgina ma’nolari intonatsiya orqali anglashiladi. 
Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi:
1) buyruq intonatsiyasi.
2) ko'pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi.
3) gapga buyruq ohangni qo’shadigan maxsus so'zlar (keling, kel, yaxshisi,
iloji bo’lsa va boshqalar). Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko'ra

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish