1.2. „ Gap bo`laklari“ va ularni o`rganish usullari.
Tilshunoslikda gap nutq birligidir. Shuning uchun, uning sintaktik tahlili nutq lingvistikasi qonun – qoidalari bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Nutq lingvistikasi qonun-qoidalari esa endigina ilmiy asoslana boshladi. Shu sababli ular orqali sintaktik tahlilda o‘z aksini topishi lozim bo‘lgan gapning struktur butunligini tashkil etayotgan bevosita ishtirokchi elementlarning tildan nutqqa ko‘chirilishi va bu jarayonda ularning qay tarzda sintaktik faollik olishi, sintagmatik zanjirning voqelanishidagi ulushi masalalarini izohlab bo‘lmaydi.
Gap bo‘laklari nazariyasiga asoslanuvchi an‘anaviy sintaktik tahlilning zaif tomonlari haqida ba‘zi tilshunoslar o‘z fikr va mulohazalarini bildirishgan bo‘lishiga qaramay, bu sohada hali keskin o‘zgarishlar sodir etilganicha yo‘q. Rus tilshunosi Z.D.Popova mazkur masala bobida quyidagilarni yozadi: «Традиционное учение о членах предложения содержало в себе такие противоречия, которые постоянно побуждали синтаксистов к его пересмотру» [1-c.69.]. Z.D. Popova gap bo‘laklari tushunchasiga yangicha yondashib, ularning gapda bajaradigan vazifalarini birmuncha mukammalroq va aniqroq izohlashga harakat qiladi.
Olima G.A.Zolotova qo‘llagan ―subyektiv‖ va ―predikativ‖ terminlaridan foydalanib, gap bo‘laklarini ularning vazifalariga ko‘ra quyidagicha tasnif etadi. Gapning struktur sxemasiga kiruvchi gap bo‘laklari. Bunga subyektivlar (ega, dativ subyektiv, genitiv subyektiv, instrumentativ subyekt va h.k.lar); predikativlar (kesim, predikativ ravish, infinitiv va h.k.) kiradi. Gapning struktur sxemasiga kirmaydigan gap bo‘laklari. Bu bo‘laklar, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi: 1. Gapning pozitsion sxemasiga kiruvchi ikkinchi darajali bo‘laklar (to‘ldiruvchi, hol). 2. Gapning pozitsion sxemasiga kirmaydigan ikkinchi darajali bo‘laklar (aniqlovchi) [ 2-c. 72.]. Tilshunoslarning gapning ikkinchi darajali bo‘laklari haqida ham bildirishayotgan salbiy mulohazalarini kuzatamiz. Bu xususda gapirganda akademik V. V. Vinogradov gapning ikkinchi darajali bo‘laklari masalasini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerakligini, ular grammatik tamoyillarga izchil asoslanmaganligi tufayli gap strukturasida sodir bo‘ladigan jonli sintaktik aloqalarni mutlaqo sun‘iy ifodalashini alohida ta‘kidlagan edi [3-c. 282.]. Bunday fikr Ya. I. Rosloves tadqiqotlarida ham ko‘zga tashlanadi. Uning «Вопросы языкознания» jurnalida e‘lon qilingan maqolasida quyidagilarni o‘qiymiz: «Традиционное учение о второстепенных членах предложения… переживает своеобразный и противоречивый кризис»[4-c.74]. Olim masalaning bunday holatga kelib qolishining asosiy sababi mantiqiy va sintaktik kategoriyalarning, gap va hukmning, gap bo‘laklari va mantiqiy hukm bo‘laklarining bir-biridan keskin farqlanmayotganligida deb biladi.
Tilshunoslik adabiyotlarida gap bo‘laklari va ularning talabga javob bera olmayotgani haqida aytilgan fikr va mulohazalar anchagina bo‘lishiga qaramay, hozirgacha bu xususda sof lingvistik qonunqoidalarga izchil asoslanuvchi biror bir konkret taklif kun tartibiga qo‘yilgani yo‘q. Bizningcha, buning amalga oshishi nutq lingvistikasining to‘liq ilmiy asoslanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Boshqacha aytganda, gap nutq birligidir va shu bois uning sintaktik tahlili muammolarini ham nutqdan ayri holda hal etish mushkuldir.
Ma‘lumki, har bir til tizimining sintaktik qatlamini o‘rganishda gaplar struktura jihatdan kommunikativ yo‘nalishiga hamda tarkibiga ko‘ra tasniflanadi. Ammo gapdagi so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ularning har biri gap tarkibida biror grammatik vazifani bajaradi. Gap strukturasini tahlil qilishda undagi gap bo‘laklari sintaktik kategoriya hisoblanadi. Mazkur kategoriyalar gap tarkibidagi elementlarning o‘zaro munosabatini, bu munosabatning harakterini, gapning grammatik jihatdan qanday bo‘laklarga ajralishini, so‘zning gapdagi rolini ko‘rsatadi. Har bir gap ma‘lum obyektiv mazmun va substant material, ya‘ni so‘zlar yordamida ifodalanadi. Gapning substantsional tomoni uning sintaktik strukturasi hisoblanadi. Sintaktik strukturani tashkil etgan elementlar tilshunoslikda turlicha, ya‘ni "gap bo‘laklari", "sintaksema", "sintaktik shakl" kabi nomlanib kelinmoqda. Sintaktik elementlarni, shuningdek, aktant nomi bilan ham atashadi. Avvalo shuni aytish lozimki, «aktant» termini tilshunoslikka taniqli fransuz olimi Lyus‘en Ten‘yer tomonidan kiritilgan edi. U aktant deganda, fe‘l bajarayotgan ish-harakati ijrosida faol qatnashayotgan leksik birliklarni tushunadi. Aktantlar, boshqacha aytganda, harakat ijrochisi va uning iste‘molchilaridir.
Ularning ishtirokisiz fe‘lning sintaktik vazifalari xususida hamda uning jumla tarkibida voqyelanayotgan faolligi xususida mukammal ma‘lumotga ega bo‘lish qiyin. Aktant gap sathida ot turkumidagi so‘z yoki mazkur so‘zning o‘rnida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan olmosh, otlashgan biror so‘z orqali ifodalanadi. L.Ten‘yer aktantlarni harakat ijrosidagi darajasiga qarab uch turga bo‘lib talqin etadi va ularni 1-darajali, 2- darajali, 3- darajali aktantlar deb nomlaydi[6- c.23-28.]. L.Ten‘yerning aktantlar nazariyasi mantiq iskanjasida bo‘lgan tilshunoslikni sezilarli darajada undan tozalash uchun xizmat qilishi shubhasizdir, zotan, mazkur nazariyada an‘anaviy sintaktik tahlilda qo‘llaniladigan ega, kesim, aniqlovchi va h.k. tushunchalaridan foydalanilmaydi. Ma‘lumki, an‘anaviy tilshunoslikda gapning sintaktik talqini xususida so‘z yuritilganda gapni bo‘laklarga ajratib tahlil qilish tushuniladi. Gap bo‘laklarining bunday tavsifi tilshunoslikda XX asrning o‘rtalariga qadar sintaktik tahlil jarayonida yetakchi rol o‘ynadi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, til birliklariga, shu jumladan, sintaksemalarga muayyan ichki strukturaga ega bo‘lgan murakkab sistema sifatida yondashuv, tilning boshqa sathlarida bo‘lgani kabi sintaktik sathda ham turli yangicha tahlil mezonlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi . Xususan, A. Nurmonovning fikricha, sistem tilshunoslikda gapning struktur elementlari gap bo‘laklari yoki sintaktik pozitsiya, propozitiv struktura elementlari esa obyektiv reallik strukturasiga nisbatan izomorflik, kommunikativ (aktual) struktura tema (ma‘lum) va rematik (yangi), modal struktura obyektiv va subyektiv munosabatlar nuqtayi nazaridan o‘rganiladi.
Darhaqiqat, har bir strukturaning o‘ziga xos elementlari mavjud bo‘lib, ular faqat shu struktura darajasidagina o‘zaro assotsiativ va sintagmatik aloqada bo‘ladi. Shu jihatdan qaralganda, an‘anaviy tilshunoslikdagi ayrim muammolarning sababi oydinlashadi. Xususan, an‘anaviy tilshunoslikda gapning sintaktik tahlili uni bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga ajratish bilan chegaralanadi. Bunday tahlil gapning shakliy tomonini tekshirish hisoblanadi. Mantiq tilshunoslari esa gap elementlarini ega o‘rnida «subyekt», kesim o‘rnida «predikat» kabi lisoniy atamalar yordamida tahlil qiladi.
Lekin bu borada ega bilan subyekt, kesim bilan predikat o‘rtasidagi o‘xshashlik tomonlar hamda ularning bir-biridan farq qilish muammosi anchagina bahslarga yo‘l ochib berishi e‘tibordan chetda qoladi. Masalan, rus mantiqiy tilshunosi F.I. Buslayev, «...tilda egaga bosh kelishikda kelgan ot mos keladi... ba‘zan ega va kesim boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalanadi, lekin har holda egani anglatgan so‘z ot ma‘nosini, kesimni anglatgan so‘z esa fe‘l ma‘nosini oladi»
Gap ustida ishlash Gap ustida ishlash o‘quvchilarning nutqini o‘stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarai sintaktik jihatdan to‘g‘ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o‘rgatish hisoblanadi. Gap (grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lan gan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo‘lgan) nutq birligi bo‘lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo‘yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap-grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so‘zlarning bog‘lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap nutq va til birligi bo‘lib, tugallangan mazmunni bildiradi. Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog‘liqligi ustida ishlash ham zarur; to‘rtinchidan, gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bog‘liqligini tushuntirish kerak. Boshlang‘ich sinflar dasturining „Grammatika, imlo va nutq o‘stirish“ bo‘limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko‘rsatilgan. Bola boshlang‘ich sinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaridagina emas, balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg‘ulotlar jarayonida gap tuzish, uni tahlil qilish va qayta tuzishga o‘rgatib boriladi.
Gap ustida ishlash mashqlarining turlari Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma-xil bo‘lib, analiz va sintezning ustunligiga hamda o‘quvchilarning mustaqillik darajasiga ko‘ra tasnif qilinadi. Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‘linadi: - analitik mashqlar, ya ’ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish; - sintetik mashqlar, ya ’ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar. Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda yoki sintetik mashqdan so‘ng analitik mashq o‘tkaziladi. O‘quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‘ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‘linadi: 1) namuna asosidagi mashqlar; 2)konstruktiv mashqlar; 3)ijodiy mashqlar. Namuna asosidagi mashq aniq, to‘g‘ri tuzilgan sintaktik qurilmalarni amaliy o‘zlashtirishni, ularning ichki bog‘lanishini, mazmunini tushunishni ko‘zda tutadi. Bunday mashqlar ichida analitik mashqlarga, shuningdek, gapni kuzatish va eshitish, uni o‘qishga muhim o‘rin beriladi. Namuna asosidagi mashqlarga quyidagilar kiradi:
Gap ustida ishlashning eng oddiy, boshlang‘ich, shu bilan birga, eng zaruriy shakli namunani o‘qish (yozish), intonatsiyasi, ifodaliligi ustida ishlash, gapning asosini va mazmunini tushuntirish, ba’zan esa gapni yodda saqlash, yodlash hisoblanadi. Gapni o‘qish va kuzatish nutq o‘stirishga katta yordam beradi. Gap intonatsiyasi ustida ishlash gap mazmunini va bog‘lanishini tushunishga, namunaga qarab, uni o‘zlashtirish va yodda saqlashga, gap qurilishini yaxshi tushunishga yordam beradi. Bu jarayonda nutqdan gapni intonatsiyaga qarab ajratishga, intonatsion tugallanganlikni ifodalashga, darak, so‘roq va his-hayajon gaplarning intonatsiyasiga, uyushiq bo‘lakli gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagi sanash ohanggiga, bog‘langan qo‘shma gap intonatsiyasiga e’tibor berish kerak. 2.Savol asosida gap tuzish. Bunda berilgan savol javob (gap tuzish) uchun asos bo‘ladi va ,,namuna“ vazifasini bajaradi. Savolda uning asosiy mazmunigina emas, balki barcha so‘zlari va sintaktik qurilishining chizmasi ham beriladi. Masalan: Bolalar bog‘da nima terdilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar). Savollar asta-sekin murakkablashtirib boriladi: bolalar oldin so‘roq so‘z o‘rniga bir so‘z qo‘shib gap tuzgan bo‘lsalar, keyinroq o‘z so‘zlarini ko‘proq qo‘shishga majbur bo‘ladilar: Bolalar bog‘da nima qildilar? (Bolalar bog‘da olma terdilar. Bolalar bog‘da olma terdilar va uni savatlarga soldilar). Yoki „Bolalar qayerda bo‘ldilar? Ular nima qildilar?“ (Bolalar bog‘da bo‘ldilar. Ular olma terdilar va savatlarga soldilar,). Sen tipratikan haqida nimalarni bilasan? Nega qushlar uyasini buzish mumkin emas? kabi. Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari quyidagilar:
1.Aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish yoki tartibsiz berilgan gaplardan matn tuzish. Bunda so‘zlar grammatik materialning o‘rganilishiga qarab uch variantda berilishi mumkin: a) so‘zlar tayyor ishlatiladigan shaklda beriladi: meva, bog‘da, bog‘banlar, terdilar (Bog‘bonlar bog ‘da meva terdilar), b) o‘rganilgan grammatik materialni hisobga olib, ayrim so‘zlar bosh shaklda, boshqalari tayyor shaklda beriladi. Masalan, „Otlarda birlik va ko‘plik“ mavzusi o‘tilgach, paxta, dalada, bola, terdilar shaklida berilishi mumkin; v) barcha so‘zlar bosh shaklda beriladi: koptok, hovli, bola, o‘ynamoq.
2.Nuqtalar qo‘yilmagan, bosh harf yozilmagan matndan gaplarning chegarasini ajratish. Bu mashq bolalarni o‘z nutqlarida gaplarning chegarasini ajratishga, gapni to‘g‘ri o‘qish va yozishga o‘rgatadi.
3.Berilgan sodda gapni so‘roqlar yordamida bosqichli yoyish mashqi. Masalan: Qushlar uchib keldi. Qayerdan uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan uchib keldi. Qayerga uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan о‘z uyalariga uchib keldi.
4.Berilgan sintaktik chizma asosida gap tuzish. Ega_______kesim Ega________________kesim / \ / \ / \ / \ II d. b. II d. b II d. b. II d.b. II d.b. Chaqqon bolalar olma terdilar. Ishchan bolalar chiroyli gullami zavqlanib terdilar.
5.Berilgan gapga o‘xshash, masalan, uyushiq egali yoki kesimli sodda yoyiq gap tuzish. Bunda o‘quvchilarga Quyosh yoritadi va isitadi kabi gap beriladi, o‘quvchi esa „Ravshan o‘qidi va ishladi“ kabi gap tuzadi.
6.Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo ‘lakli sodda gap tuzish. Masalan, „Bahorda qaldirg‘ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi“, „Bahorda laylaklar ham uchib ketadi“ gaplaridan uyushiq bo‘lakli „Bahorda qaldirg‘ochlar va laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi “ gapi tuziladi. Ijodiy mashqlarda o‘quvchilar o‘zlari erkin ravishda gap tuzadilar. Boshlang‘ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1.Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‘quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: „Quyoshli kunda”, „ Bizning uy” yoki „ Quyon va tipratikan“ kabi.
2.Narsa rasmi yoki sujetli rasm beriladi, o‘quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar. Ikki-uchta ,,tayanch“ so‘z beriladi, o‘quvchilar shu so‘zlami qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so‘z sifatida bolalarning faol lug‘atiga aylantirish zarur bo‘lgan so‘zlar olinad
Tilda leksik (so‘z), sintaktik (so‘z birikmasi va gap) va bog‘lanishli nutq saviyalari ajratiladi. Shu mazmunda so‘z birikmasiga leksik saviyadan sintaktik saviyaga o‘tish halqasi sifatida qaraladi. So‘z birikmasi leksik-grammatik birlik bo‘lib, tugallangan fikr ifodalamaydi va bu bilan gapdan farqlanadi. So‘z birikmasi nutqda gap ichida ishlatiladi. Bolalarga so‘z birikmasini o‘rgatish fikr elementi ustida ishlash hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda so‘z birikmasi ustida ishlashda quyidagi mashq turlaridan foydalaniladi: 1.Bosh so‘zdan ergash so ‘zga so‘roq berish, so‘zlaming о‘zaro bog‘lanishini aniqlash. Masalan, Anvarjon yaxshi о ‘qiydi. Kim (o‘qiydi)? - Anvarjon. (Anvarjon) nima qiladi? — о‘qiydi. Qanday (o‘qiydi)? — yaxshi. Yaxshi о‘qiydi — so‘z birikmasi. 2.Gapda so‘zlaming o‘zaro bog‘lanishini chizmada ко‘rsatish. Bu o‘quvchilarni asta-sekin murakkab qurilmalarni tuzishga o‘rgatadi. Masalan: Terimchi terdi gullar ochildi paxtani mashinada har xil gulzorda Terimchi paxtani mashinada terdi. Gulzorda har xil gullar ochildi. 3. Matnda uchragan so ‘z birikmasining mа ’nosini tushuntirish. 1. Matnda yoki faoliyat jarayonida uchragan yangi so‘z bilan so‘z birikmasi tuzish. Mashqning bu turi so‘zning ma’nosini chuqur tu- shunishga va undan o‘z nutqida foydalanishga yordam beradi. 2. So‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘z birikmasi tuzdirish. Ot so‘z turkumi o‘tilganda, ot va sifat bilan (jonajon Vatanim), ot va boshqa ot bilan (maktab bog‘i); fe’l o‘tilganda, ot va fe’l bilan (kinoga bordi, maktabda bo‘ldi, uydan keldi, kitobni o‘qidi) so‘z birikmalari tuzdiriladi. So‘z birikmasi tuzishda yo‘l qo‘yilgan xato gap tuzishda ham xatoga olib keladi, shuning uchun uning oldini olish kerak. Masalan: O‘quvchi nutqida uchraydi: To‘g‘risi: maktabga bo‘ldim maktabda bo‘ldim maktabni bog‘i maktabning bog‘i Bolalar ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadigan so‘z birikmalarini yig‘ib borish xatoning oldini olishga qaratilgan mashqlar tuzishga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |