Mustaqil va nomustaqil kesim shakllari 1. Kesim shakllanishiga ko’ra 2 turga bo’linadi: a) mustaqil kesim; b) nomustaqil kesim. 2. Shaxs-son va zamon shaklidagi fe’l kesimlar hamda bog’lamali va bog’lamasiz ot kesimlar mustaqil kesimlardir. M: Hayot sendan ayamadi ne’matlarini. Ahmoq do’stdan aqlli dushman yaxshi. 3. Nomustaqil kesim shaklini hosilqilishda –sa shart mayli xizmat qiladi. M: Mehmonlar kelsa, biz ularni yaxshi kutib olamiz. 4. Shart mayli shaklidagi har qanday fe’l nomustaqil kesim shakli bo’lavermaydi. Bunda quyidagi 2 holatni farqlashimiz kerak: a) agar shart maylidagi fe’l ergashgan qo’shma gapda ergash gapning kesimi sifatida kelsa, nomustaqil kesim shakli sanaladi; b) agar shar maylidagi fe’l istak gapning kesimi sifatida kelsa, mustaqil kesim shakli sanaladi. M: Qani endi shu vaqt muzdek suv bo’lsa. Suv bo’lsa, cho’l-u sahrolar bo’ston bo’ladi. 5. Bunday kesimlarning nomustaqil kesim deyilishiga sabab shuki, ular ergash gapning kesimi sifatida keladi, ergash gap esa alohida mustaqil gap sifatida qo’llanilmaydi. 6. Bunday kesimli gaplarning mustaqil qo’llanilishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab qilinadi.
Kesimlik ma’nolari va shakllari 1. Kesimlik ma’nolari deganda: - zamon; - shaxs-son; - tasdiq-inkor; - modal (mayl) ma’nolari tushuniladi. 2. Kesimlik ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladigan shakllar esa kesimlik shakllari deyiladi. 3. Kesimlik ma’nolari kesimlik shakllari orqali ifodalanar ekan, bunda quyidagi holatlarni kuzatish mumkin: a) har bir kesimlik ma’nosini ifodalash uchun alohida-alohida kesimlik shakllari qo’llanilishi mumkin. M: yozmasayding Bunda: -ma shakli orqali inkor ma’nosi; -sa shakli orqali mayl ma’nosi; -di shakli orqali o’tgan zamon ma’nosi; -ng shakli orqali II shaxs birlik ma’nosi ifodalanadi. b) kesimlik ma’nolari bitta shakl orqali ifodalanishi mumkin. M: O’qidi Bunda o’tgan zamon, tasdiq, III shaxs birlik son, xabar (aniqlik) mayli ma’nolari bor. Ammo kesimlik shakli sifatida faqat –di qo’shimchasi qo’llanilgan. d) ba’zan kesimlik ma’nolarini ifodalash uchun maxsus kesimlik shakllari qo’llanilmasligi mumkin. Bunday holda kesimlik ma’nolari nol shakl orqali ifodalanadi. M: Men talabaman. Bunda hozirgi zamon, tasdiq, I shaxs birlik son hamda xabar (aniqlik) ma’nolari nol shakl orqali ifodalanyapti. 4. Kesimlik ma’nolari fe’l kesimda ham, ot kesimda ham bo’ladi. Bunda: a) fe’l kesimda kesimlik ma’nolarini ifodalash uchun fe’lning zamon, shaxs-son, mayl, bo’lishli-bo’lishsizlik qo’shimchalari xizmat qiladi; b) ot kesimda kesimlik ma’nolarini ifodalash uchun bog’lamalar xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |