O`ZGA TILLI GURHLARDA O`ZBEK TILI BAKALAVR TA’LIM YO‘NALISHI
1- «E» KURS TALABASI
AZIMBOYEV SANJARBEKNINGning
FOLKLOR AMALIYOTI BO‘YICHA
TO‘PLAGAN MATERIALLAR VA HISOBOTI
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malaka amaliyoti oldidan tashkil qilinadigan umumiy anjumanda ishtirok etish.
Malaka amaliyotini o‘tash dasturi va kunlik (individual) reja jadvali bilan tanishish.
Malaka amaliyoti oldidan tashkil qilingan umumiy anjumanda ishtirok etdim.
Unda metodistlar: Sayyora Bekchonova,
Sadulla Matyokubov, Hamza Allambergenovlar bizga folklor amaliyoti kundaligini qanday yuritish to`g`risida o`z fikrlarini aytdilar.
15- fevral, 2022-yil
Yashash hududga yetib borib amaliyot bo‘yicha kundalikni rasmiylashtirish hamda belgilangan ishlarini rejalashtirish
Men folklor amaliyoti bo`yicha topshiriqlarni olgach,berilgan topshiriqlarni o`z vaqtida bajarishga kirishdim. Amaliyot davomida berilgan topshiriqlarni bajarish uchun har bir mavzuga oid ma’lumotlarni qidirishga va ularni tashlil qila boshladim.
16- fevral, 2022-yil
Amaliyot davomida materiallar yozib olish mumkin bo‘lgan yoshi ulug‘ insonlar va ularning manzillari aniqlashtirish
Men aynan qishloq sharoitida yashaganim uchun materiallar yozib olish qiyin bo`lmadi.Sababi, o`zim yashaydigan hududning MFY ga murojaat qildim va ular menga yoshi ulug` onaxonlar, otaxonlarimizning manzillarini aniq aytishdi.
Undan tashqari, o`zim taniydigan sinfdoshlarim, qarindoshlarim orqali ham yoshi ulug` onaxon va otaxonlarimizni topish qiyinchilik tug`dirmadi. Shundan so`ng yoshi ulug` insonlardan olgan ma’lumotlarim ancha samarali va sifatli bo`ldi degan fikrdaman.