ALLA VA UNING MOHIYATI. BESHIK TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Alla bolam, alla-yo,
Uxlab qolgin, alla.
Alla bolam, alla-yo,
Qo’zichog’im, alla.
Alla bolam,alla-yo,
Shirin bolam, alla.
Bolag’anamning bolosi
Ipak matoning tolasi
Jigarimning porasi
Alla bolam,alla.
Alla - har bir inson eshitgan, onasi orqali yurak-yuragiga singgan eng yoqimli qo’shiq hisoblanadi.Allani eshitgan har qanday inson uning ohangidan mast bo’ladi va uni yana qayta-qayta eshitgisi keladi. O’zbek xalqi ham bolajon xalqlardan biri bo’lib, har bir o’zbek chaqalog’i ona allasini eshitib orom olgan.
Chaqaloq allani eshitib shirin uyquga ketadi. Garchand norasida allaning mohiyati nimadan iborat ekanligini hali uncha his etmasa-da, ona alla aytaveradi. Ona o’z allasida butun borliqni tasvirlab aytadi.Yosh bolalar ota-onalaridan, bobo-momolaridan cghiroyli, ta’sirli alla, qo’shiqlar tinglab, tillari biyron, o’ktam, ziyrak bo’lib ulg’ayar ekanlar endilikda o’zlari ham hayot yo’llarida qo’shiq to’qib, qo’shiqlar qanotida o’sib-ulg’ayishga harakat qiladilar. Shu zaylda alla kenja avlod kamolotida o’ziga xos tarbiya rolini o’taydi.
Beshikto’y
Beshikto’y - chaqaloqni birinchi marta beshikka belash bilan bog’liq urf-odat hisoblanib, bu urf-odatni har bir hudud har xil nishonlaydi. Bu uf-odat asrlar mobaynida ajdodlardan-avdodlarga o’tib kelmoqda. Bizning hududda bu marosim chaqaloq chilladan chiqqandan keyin o’tkaziladi.Bunda chaqalaoq onasining qarindoshlari tomonidan chaqaloqqa beshik va chaqaloq uchun kerakli anjomlar olib borilishi bilan bog’liq.Beshik to’yi uchun maxsus dasturxon yoziladi. Dasturxonga qo’yiladigan shirinliklar, noz-ne’matlar va shu kuni pishiriladigan ovqat masalliqlari chaqaloqning bobo-momolari tarafdan olib boriladi.Bezatilgan va ichi turli xil o’yinchoqlar bilan to’ldirilgan beshik, kuyovning oila a’zolari uchun sovg’alar ham chaqaloqning qarindoshlari tomonidan olib boriladi.Beshik to’yi bilan bog’liq ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan urf-odatlardan biri barcha niyatlari yaxshi va toza bo’lishi uchun mehmonlar yuziga un surtishdir.Shu tarzda mehmonlar mehmonxonaga taklif etiladilar va mehmonlar ovqatlanib, sozandalarni tinglab, bazm qilib o’tirganida, chaqaloqning xonasida Yoshi katta momolarlar ishtirokida bolani yo’rgaklash va beshikka belash marosimi o’tkaziladi. Bolani beshikka belagandan keyin momolar alla aytadilar.
ALLA
Alla aytay jonim bolam
Quloq solgin alla
Shirin allam tinglab asta
Uxlab qolgin alla
Alla-yo alla
Istiqboling porloq sening
Oltin qo’zim alla-yo
Baxtimga sen katta bo’lgin
Jajjiginam alla-yo
Do'stlaringiz bilan baham: |