Bog'liq Irgasheva durdona yakubdjanovna ma’luMotlar oMbori
7.1.1- rasm. Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash resurslari.
MB foydalanuvchisi ma’lumot bazasiga murojaat qiluvchi shaxs yoki dastur:
so‘rov foydalanuvchini MBga undan axborotlarni o‘zgartirish, olish yoki kiritish maqsadida qo‘llangan murojaat jarayoni;
tranzaksiya MBdagi ma’lumotlarni takomillashtirish (olish, o‘chirish, o‘zgartirish va boshqalar) amallar ketma-ketligi. U MBni bir ziddiyatsiz holatlardan boshqa ziddiyatsiz holatga o‘tkazadi.
MB mantiqiy tuzilmasini MBning fizik mustaqil bosqichda aniql ash hammadan yaqinroq, u MBning konseptual modeliga mos keladi. MB topologiyasi yoki taqsimlangan ma’lumot bazasining strukturasi — tarmoqda MBni fizik tashkil qilishni taqsimlash sxemasi. Lokal avtonomli (локальная автономность) — bu mahal- liy MB axborotni va u bilan bog‘langan ma’lumotlarni aniqlash mahalliy shaxsga tegishli ekanligini va u tomondan boshqarishni anglatadi. Uzoqlashgan so‘rov — modemli bog‘lanishi ishlatilib bajariladi- gan so‘rov. Uzoqlashgan tranzaksiyalarni amalga oshirish imkoniyati
SQL so‘rovlar to‘plamidan tashkil topgan bitta tranzaksi- yani bitta uzoqlashgan tugunda qayta ishlash. Taqsimlangan tranzaksiyalarni ta’minlash bir nechta SQL so‘rovlardan tashkil topgan bir necha tarmoq tugunlarida (uzoqlashgan yoki ma- halliy) bajarilayotgan, har bir so‘rov shu bitta tugunda qayta ishlanadi.
Taqsimlangan so‘rov har xil tarmoq tugunlardagi MB ma’lumotlarini qayta ishlashda foydalanadigan so‘rovdir. Taqsimlangan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimlar birinchi avlodi MB bilan bog‘langan. Ularda multiprogrammasi operatsion tizimlar asosida qurilib markaziy EHM tashqi xotira qurilmalarida saq- langan va murojaatni terminali ko‘p foydalanuvchi rejimida foy- dalangan. Bunda foydalanuvchi terminallari o‘z resurslariga (ya’ni ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun ishlatiladigan) ega bo‘lmaganlar. Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlashda mijoz-server modeli
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi texnologiyalarida mijoz- server modeli 1990-yil ochiq tizimlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Kliyent server tushunchasi axborotlarni qayta ishlashning ikki jarayonidan tashkil topgan (kliyent va server) dasturiy ta’minot arxitekturasida ishlatilgan (kliyent mijoz). Bu tizimda mijoz jarayoni serverdan ba’zi bir xizmatlarni bajarishni so‘raydi, server esa ularning bajarilishini ta’minlaydi. Bunda bitta server ko‘pincha mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. MB boshqarishning bu modeli texnik amalga oshirish, korxonalarni mahalliy hisoblash tarmoqlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun axborotlarni bunday qayta ishlash jarayoni tashkil qilishning kliyent server arxitek- turasi deb ataladi. MBni boshqarish texnologiyasiga nisbatan tatbiq qilishdagi kliyent server texnologiyasining asosiy prinsipi inter ilovaning standart funksiyalarini, har xil tabiatga ega bo‘lgan 5 guruhga ajratishdan iborat:
ma’lumotlarni kiritish va akslantirish funksiyalari (prezen- tatsion Logic);
ilova masalalarini yechishning asosiy amallarini aniqlovchi amaliy funksiyalar (Business Logic);
ilova ichida ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalari;
axborot resurslarni boshqarish funksiyalari;
birinchi tur guruh funksiyalari orasida bog‘lanish vazifasini bajaruvchi xizmatchi funksiyalar.
Kliyent server arxitekturasida ma’lumotlar bazasi bilan ishla- tiladigan ilovani namunaviy tizimli rasmda keltirilgan: