61
Inspektorning vositalarini turli xil vazifalarga mos holda ko‘rib
chiqamiz.
Luplar bilan ishlash
Klassik barabanli lup bu – ma’lum bir tempda yozilgan baraban
partiyasining fragmentidir. Bunda lupning uzunligi taktlarning butun
soniga karralidir. Agarda mazkur fragmentni tsiklda qaytarsak (lup deb
nomlanishi shu erdan kelib chiqqan: inglizcha Loop – sirtmoq; doira
bo‘ylab harakatlanish), uzluksiz ijro hissiyoti paydo bo‘ladi. Luplar
nafaqat barabanli, balki melodik (gruvlar) ham bo‘lishi mumkin.
Tsikllashtirilgan gruv ham uzluksiz ijro hissiyotini hosil qiladi.
Hozirgi
kunda
disklarda va Internetda
luplarning
ko‘p
sonli
kollektsiyalarini topish mumkin. Butun kompozitsiya
davomida bitta lup
yangrasa, u juda monoton sadolanadi. Shining uchun, odatda,
luplar
to‘plamlar ko‘rinishida taklif etiladi, mazkur to‘plam
ichida luplar bitta
cholg‘uga va bir xil tempda yozilgan bo‘ladi, ammo ular kompozitsiyaning
turli
xil qismlariga, masalan, kompozitsiyaning kirish, o‘tish va
hokazo
qismlariga mos bo‘ladi.
Luplar kollektsiyasining nihoyatda ko‘psonliligiga qaramay, o‘z
kompozitsiyamizga to‘g‘ri keluvchi lupni topish oson ish emas. To‘g‘ri
keluvchi deganda quyidagi xususiyatlarni tushunamiz: lup bizga yoqishi,
ma’lum uslubda yozilgan kompozitsiyamizga mos kelishi va temp
bo‘yicha to‘g‘ri kelishi kerak. Faraz qilaylik, bizga minutiga 126 hissaga
ega templi lup yoqdi. Biroq kompozitsiyamizning tempi 120 ga teng. Lup
tempini tonallikni o‘zgartirmagan holda o‘zgartirish uchun, lupda alohida
tovushlarga (Slices) mos kelgan fragmentlarni belgilaymiz. Bundan keyin,
dastur, lupda, berilgan tempga moslashgan holda, mazkur tovushlarning
joylashuvini o‘zgartirishi mumkin. Quyidagi rasmda barabanli lupning
to‘lqinli shakli (signalogrammasi) keltirilgan:
a)
62
audioxabarga
maxsus
buyruqlar
qo‘llanganidan
so‘ng,
unda
avtomatik tarzda, alohida tovushlarga mos bo‘lgan fragmentlar (Slices)
belgilanadi (rasm b). Mazkur fragmentlarning chegaralari Hitpoins deb
nomlanadi.
Loyiha
umumiy
tempining
o‘zgarishida,
mazkur
fragmentlarning har biri vaqt bo‘yicha shunday siljiydiki, natijada lup bitta
taktining davomiyligi loyiha bitta takti davomiyligiga teng bo‘lib qoladi.
Biroq, fragmentlarning har biri o‘zining normal tezligi bilan yangragani
sababli, ularning tembri o‘zgarmaydi. Quyidagi rasmlarda tempning
tezlashuvi va sekinlashuvi natijasida fragmentlarning siljishi aks ettirilgan
(b va
с
rasmlar).
b)
с
)
Cubase dasturida luplar bilan ishlashning ikkita uslubi mavjud.
Birinchi uslubda (
Do'stlaringiz bilan baham: