G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

А 

162


ikkilamchi to‘qimalar hosil bo‘lib, poya ikkilamchi tuzilishga o‘tadi. 
Poya yo‘g‘onlashib borgan sari epiderma va birlamchi po‘stloq 
hujayralari o‘lib, o‘rniga periderma paydo bo‘ladi. 
Poyada birlamchi to‘qimalarning joylanishi. 
Birlamchi tuzilishga 
ega bo‘lgan poyada markaziy silindir va birlamchi po‘stloq mavjud 
bo‘lib, ildizdan birlamchi po‘stloqni ustki tomonidan og‘izchalarga 
ega bo‘lgan, epiderma bilan qoplanishidan farq qiladi. Poyada 
to‘qimalarning joylanishi turlicha bo‘ladi (55-rasm). Birlamchi 
po‘stloq tarkibiga: xlorenxima, mexanik to‘qima, parenxima, 
ajratuvchi to‘qima va boshqa bir qancha to‘qimalar kirishi mumkin. 
Xlorenxima fotosintezga qulay bo‘lishi uchun epiderma tagida 
joylashib, kollenxima yoki sklerenxima bilan navbatlashib kelishi 
mumkin (85-86-rasmlar).
Poyaning markaziy silindri ancha murakkab tuzilishga ega. 
Birlamchi 
o‘tkazuvchi to‘qimalar
, o‘tkazuvchi naylar boylamini 
hosil qiladi. Boylamlar parenxima bilan bir – birlaridan ajralib turadi. 
FT 

KL 
86-rasm. Poyaning birlamchi tuzilishi:
A - poyaning kо‘ndalang kesigi, B – О‘tkazuvchi bog‘lam. Shartli belgilar: 
INK – ikkilamchi nay ksilmasi, D – druz, YOT – yog‘ochlashgan tolalar,
K – kambiy, KL –kollenxima, KN – kraxmal saqlovchi nov,
MK – metaksilema, PK - protoksilema, PP – pо‘stloq parenximasi,
F – floema, FT –floema tolasi, E – epiderma, О‘ – о‘zak,
О‘B – о‘tkazuvchi bog‘lam. 
А 

К 
INK 
MK 
PK 
YOT 
KN 

PP 
О‘B 

О‘ 
100 mkm 
163


Birlamchi ksilema o‘zak yaqinida, birlamchi floema esa ksilemadan 
tashqarida po‘stloq yaqinida joylashadi. Ba’zida poyada ichki floema 
ham paydo bo‘lib, ksilema bilan o‘zak oralig‘ida joylashadi. Ichki 
floema boylam tarkibiga ham kirishi (qovoq poyasi) yoki ayrim 
boylam hosil qilishi ham mumkin, ba’zida tutash xalqa hosil qilishi 
mumkin. Ba’zi o‘simliklarda tashqi floemaning o‘tkazuvchi 
elementlari bilan po‘stloq oralig‘ida tolalar paydo bo‘ladi. Tolalar 
tutash halqa tarzida yoki guruh-guruh bo‘lib boylamlar yaqinida 
shakllanadi va tolali nay to‘dalaridan tashkil topgan boylam deyiladi. 
Tolalar birlamchi floemalardan paydo bo‘ladi. O‘tkazuvchi 
to‘qimalardan ichkarida parenxima hujayralaridan tashkil topgan 
o‘zak yotadi. Ba’zida o‘zak hujayralarida oziqa moddalar to‘planadi 
yoki hujayralar oralig‘ida idioblastlar joylashgan bo‘lib tanin, 
shilimshiq va boshqa moddalarni saqlaydi, ba’zida havo bo‘shliqlari 
paydo bo‘ladi. Barglarning o‘tkazuvchi to‘qimalari poyalarga o‘tib 
davom etadi. Novdaning umumiy o‘tkazuvchi to‘qimalar tizimi 
apeksida – metamerlar (barg, bo‘g‘im, kurtak) shakllangan vaqtidan 
boshlab paydo bo‘ladi. Rivojlanayotgan bargning prokambiy 
boylamlari poya bo‘g‘imi orqali o‘tib, markaziy silindirdagi boylamlar 
bilan qo‘shiladi va sintetik boylamlarni hosil qiladi. Bo‘g‘imlarning 
anatomik tuzilishini turlicha bo‘lishi barglardagi prokambiy 
bog‘lamlar soniga va bo‘g‘imda ularning qo‘shilishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Poyada markaziy silindriga kirgan barcha barglarning boylamlari barg 
izlari deb ataladi. Barg izlarini uzunligi barg asosidan poyaga 
kirgangacha bo‘lgan masofa bilan o‘lchanadi. Ba’zida barg izlari tez 
poyaga kiradi, ba’zida bir necha bo‘g‘imlargacha tushib keyin 
o‘tkazuvchi to‘qimalari bilan birlashadi. Barg izlari 1-2-3 yoki ko‘p 
boylamli bo‘lishi mumkin. Boylamlar poya o‘qiga, bo‘g‘im 
parenximasi orqali kiradi va barg lakuni deb ataladi. Lakunlarni 
soniga qarab bo‘g‘imdagi barg izlari 1-2-3 va boshqa lakunli bo‘lishi 
mumkin. Barg va poyalardagi o‘tkazuvchi to‘qimalarning o‘zaro 
aloqasi bir qancha sabablarga bog‘liq: barglarning poyada 
joylashishiga; barglarning katta kichikligiga; tomirlanish tiplariga 
bog‘liq va nodal anatomiyasi deb ataladi. Nodal anatomiya 
o‘simliklarning oila turkumi uchun mustahkam belgi bo‘lib o‘zaro 
qarindoshliklarini aniqlashga yordam beradi. O‘tkazuvchi naylar 
(birlamchi floema) – barg izlari poyaning yuqori qismida halqa 
shaklida joylashadi. Sintetik boylamlarda kambiy jadal ishlaydi.
164



Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish