G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


-rasm. Murakkab barglarning turli shakllari



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

61-rasm. Murakkab barglarning turli shakllari:
1 – patsimon, 2 – panjasimon, 3 – uchbarg, 4 – kо‘p marta takrorlanuchi 
uchbargli
133


Barglar tomirlarining plastinkasida joylanishiga qarab parallel 
tomirli (boshoqli о‘simliklar), yoysimon tomirli (marvaridgul), 
panjasimon tomirli (zarang), patsimon tomirli va dixotomik 
tomirlilarga bо‘linadi (62-rasm). Parallel tomirli va yoysimon tomirli 
barglar bir pallali о‘simliklarga, panjasimon va patsimon tomirli 
barglar ikki pallali о‘simliklarga xosdir. 
Bargning anatomik tuzilishi.
Bargning anatomik (ichki) tuzilishi 
bajaradigan vazifasiga fotosintez qilishiga moslashgan. Fotosintez 
jarayoni barglarning asosiy tо‘qimasi barg mezofillida xloroplastlar 
qatnashishi yordamida bajariladi. Bargning boshqa tо‘qimalari esa 
mezofillning ishlashiga yordam beradi. Epiderma bargning qoplovchi 
tо‘qimasi bо‘lib, gazlar almashinishini va transpiratsiyani tartibga 
soladi. О‘tkazuvchi naylar boylamlari esa mezofill tо‘qimalarida 
fotosintez jarayonining ketishi uchun kerak bо‘lgan suv bilan 
62-rasm. Barglarning tomirlanishi: 
1 – parallel tomirlanish, 2 – yoysimon tomirlanish, 3 – panjasimon 
tomirlanish, 4 - patsimon tomirlanish, dixotomik tomirlanish. 
134


ta’minlaydi va mezofillda hosil bо‘lgan organik moddalarni boshqa 
organlarga olib boradi. Bargning mexanik tо‘qimalari (sklerenxima va 
kollenxima) mezofill va epiderma tо‘qimalari bilan birgalikda 
bargning mustahkamligini ta’minlaydi.
Barg о‘simliklarning boshqa organlariga nisbatan tashqi muhit bilan 
kо‘proq bog‘langan. Shuning uchun yashash muhiti ta’sirida barglar 
kо‘proq о‘zgaradi. 
Ikki urug‘ pallali о‘simliklar barglarining анатомик tuzilishi. 
Barg ustki va ostki tomondan yupqa tiniq kutikula bilan qoplangan 
epiderma tо‘qimasi bilan о‘ralgan. Kutikula barg mezofillini quyosh 
qizdirib yuborishidan saqlaydi. Barg epidermasida о‘simliklarning 
turlariga yashash sharoitiga qarab, har xil sondagi og‘izchalar 
uchraydi. Epiderma tо‘qimasining ba’zi hujayralari oddiy va 
murakkab tuzilishdagi tuklarni hosil qiladi. Og‘izchalar barglarda 
gazlar almashinish va transpiratsiya jarayonlarini boshqarib turadi. 
Barglarning ustki (adaksial) va ostki (abaksial) epidermalari 
oralig‘ida barg mezofilli joylashgan bo‘lib, bir necha xil 
to‘qimalardan 
tashkil 
topgan: 
qoplovchi 
(epiderma), 
assimilyatsiyalovchi (ustunsimon, g‘ovaksimon, krans-hujayralar), 
o‘tkazuvchi (floema va ksilema), mexanik (kollenxima va 
sklerenxima), g‘amlovchi (suv jamg‘aruvchi hujayra), aerenxima 
to‘qimalardan tashkil topgan. Barg mezofillarning tiplari 
assimilyatsion, suv saqlovchi va o‘tkazuvchi to‘qimalarning o‘zaro 
munosabati hamda barg yaprog‘ida joylashishiga qarab aniqlanadi. 
Hozirgi kunda barcha mezofill tiplari 2 guruhga: Krans-hujayrasiz va 
krans-hujayrali barg tiplariga bo‘linadi. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish