G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/203
Sana01.04.2022
Hajmi6,42 Mb.
#522882
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   203
Bog'liq
fayl 1622 20210825 (1)

 
12.12-rasm.Yo’l profili


211 
nuqtalardan qabul qilingan vertikal masshtab bo’yicha perpendikulyarlar 
chiqariladi. Bu perpendikulyarlar-ning uchlari birin-ketin chiziq bilan tutashtirilsa, 
profil hosil bo’ladi. 
Tayanch so’zlar:
yuza, sferik yuza, meredian, proeksiya, obzor karta, 
geografik karta, maxsus karta, nomenklatura, chiziqli masshtab, zona, qator, 
kolonna, geodezik punktlar, oriyentirlar. matematik model, yuza, sferik yuza, 
meredian,yo’l qo’yarli xato, masshtab, proeksiya, nomenklatura, chiziqli masshtab, 
zona, qator, kolonna, geodezik punktlar, oriyentirlash.
 
 Nazorat savollari:
1.Plan deb nimaga aytiladi? 
2.Masshtab nechta turga bo’linadi? 
3. Profil deb nima? 
4. Topografik karta tarkibiga nimalar kiradi? 
5. Nomenklatura nima? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


212 
13 - BOB. FOYDALI QAZILMA KONLARINI 
O`ZLASHTIRISHNING HAMMA BOSQICHLARIDA 
MARKSHEYDERLIK XIZMATINING VAZIFALARI 
13.1. Kirish. Fan haqida umumiy ma’lumotlar 
Marksheyderlik xizmati konlarni qazish, ularning qurilishi va ekspluatatsiya 
jarayonlarida asosiy zanjir bo‘lib hisoblanadi. Shuningdek marksheyderlik 
xizmatisiz neft va gaz konlarini qidirish va qazish, metro va tonnel qurilishlarini 
bajarishning iloji yo‘q. 
Geologiya-qidiruv va kon ishlarining marksheyderlik ta’minoti deb, korxonani 
marksheyderlik geometrik asos va hujjatlar bilan ta’minlashni va ulardan tog‘ kon 
sanoatida injenerlik masalalarini va operativ tashkiliy ishlarni hal qilish tushuniladi.
Marksheyderlik ta’minoti zarur bo‘lgan asosiy injenerlik masalalariga 
quyidagilar kiradi: 
- injenerlik loyihalarini barpo qilish va ulardan ishlab chiqarishda foydalanish; 
- loyiha va kon – geologik shartlariga asosan kon lahimlarini o‘tkazish va kon 
ishlarini havfsizligini ta’minlash; 
- kon ishlarini kundalik va kelajakka rejalashtirish; 
- yer qa`ridan foydali qazilma zahiralarini to‘liq qazib olishni ta’minlash va kerakli 
sifat ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan ma’danni qazishni ta’minlash uchun qazilma 
boylik zahiralarini operativ hisobga olish ishlari. 
“Marksheyderlik ishi” nomi nemischa “die Marksheiden Kunst” so‘zidan
olingan bo‘lib, “die mark”-chegara, oraliq, belgi, “scheiden” – aniqlash, 
belgilash, farqlash, va “dei Kunst”-san’at degan ma’nolarni bildiradi. Shundan u 
o’zbek tilida “chegara aniqlash san`аti” ma`nosini beradi. 
XVI-asrda Germaniyada konchilik sanoati rivojlangan bir davrda 
“marksheyderlik san`ati” so`zi ham paydo bo`lgan. Vaqt o`tishi bilan 
“marksheyderlik ishi” va “Marksheyder” terminlari Rossiya davlatlarida ham 
qo`llanila boshlagan va hozirda ham konchilik korxonalarida qo`llanilmoqda. Nemis 
tiliga tarjima qiladigan bo`lsak “chegara o`rnatish san`аti” ma`nosini beradi.. 
Hozirgi kunda hamma konlarda marksheyderlik bo‘limlari mavjud.


213 
Qazilma boylik konlarini qazishda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin; 
- qazilma boylik konlarini qidiruvi va uning alohida uchastkalarini baholash; 
- konchilik korxonasini loyihalash va qurish
- qazilma boylik konlarini qazish; 
- kon korxonalarini konservatsiyalash va yerlarni rekultivatsiya qilish; 
Marksheyderlik xizmati qazilma boylik konlarini qidirishda qidiruv ishlari olib 
borilayotgan uchastkani asos va syomka tarmoqlari bilan ta’minlaydi, yer yuzasini 
kerakli masshtabda syomkalarini bajaradi, bular geometrik kartograflash va 
geologiya qidiruv ishlari loyihasini tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Shuningdek geologiya – qidiruv loyihasida tasdiqlangan qidiruv lahimlari va 
skvajinalarini loyihadan joyga ko‘chirish ishlarini bajaradi, ya’ni ularga yo‘nalish 
ko‘rsatib, uzunligini, chuqurligini hisoblab beradi. Ya’ni geologlar bilan 
hamkorlikda qazilma boylikni harakterlovchi grafik matireallarni tuzishda ishtirok 
etadi va konlarni geometrizatsiyalash ishlarini bajaradi.
Konlarni loyihalashda marksheyderlar quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 
- shaxta (karyer) hududida loyihalash ishlari yordamida belgilangan tartibda konga 
ajratilgan yer hududini (chegaralarini) aniqlash; 
- qazilma boylik konlarini qazish uslubini aniqlash va asoslab berish, qazish 
variantini aniqlash, yer ustida qurilishi kerak bo‘lgan bino va obektlarni shaxta 
chegarasiga joylashtirish; 
-qazilma boylikni qazish natijasida loyihalanayotgan bino va obe’ktlarga yetishi 
mumkin bo‘lgan zarardan himoyalash tadbirlarini tuzish va xisoblash; 
- belgilangan shaxta mayonida qazilma boylikni sanoat zahiralarini hisoblash va kon 
ishlari hajmini aniqlash. 
Konlarni qurishda marksheydirlar quyidagi ishlarni bajaradi: 
- asosiy inshoat va kon lahimlarini loyiha chizmalarini tekshirish va ularni geometrik 
elelmentlari bilan to‘g‘riligini aniqlash; 
- sanoat maydonini (promplashadka) marksheyderlik geometrik asos va syomka 
tarmoqlari bilan ta’minlash; 


214 
- inshoot va kon lahimlarining geometrik elementlarini loyihalash va joyiga 
ko‘chirish; 
- inshootlarni qurishda va kon lahimlarini o‘tish jarayonlarida syomkalarni
bajarish va planlarni tuzish; 
- loyihaga amal qilinishini nazorat qilish; 
Konlarni ekspluatatsiya qilishda marksheyderlar quyidagi ishlarni bajaradi: 
-kon ishlari olib borilayotgan uchastkani asos va syomka tarmoqlari bilan ta’minlash; 
- loyihaviy nuqtalarni, lahimlarni o‘rnini joyga ko‘chirish; 
- konlarni yer osti uslubida qazishda gorizontal va vertikal bog‘lovchi syomkalarni 
bajarish; 
- yer osti konlarini, lahimlarini to‘liq syomkalarni bajarish; 
- kon lahimlarida yer osti tayanch va syomka tarmoqlarini barpo qilish asosida 
marksheyderlik chizmalarda kon lahimlarini to‘g‘ri tasvirlash uchun yer osti kon 
lahimlarini o‘z vaqtida to‘liq marksheyderlik syomkasini bajarish; 
- konlarni ochiq qazishda kon lahimlarini marksheyderlik syomkasi va hamma 
texnologik jarayonlarni (parmalash, portlatish, konni ochish va qazilma boylikni 
qazish) marksheyderlik ta’minlash; 
Marksheyderlik ta’minlashni operativ va mohirona foydalanish natijasida 
qazilma boylik konlarini qazishda zarur injenerlik masalalarini hal qilishni 
ta’minlaydi.
Masalan: − kon lahimlarini loyiha asosida to‘gri o‘tkazilishini ta’minlash va 
tekshirish; 
− kon ishlari hajmini operativ hisobga olishni nazorat qilish 
− kon korxonasida geologlar va konchi texnologlar bilan hamkorlikda qazilma 
boylik zahirasini boshqarish 
− zaminni muhofazalash va yer qaridan qazilma boylikni to‘liq qazib olinishning 
nazorati 
− yer yuzasini siljishini yer osti kon lahimlarini ta’sirida kon lahimlari va 
inshoatlarini deformatsiyalarini kuzatish ishlari va shuningdek karyerlarda 
pog‘onalarning mustahkamligini kuzatish;


215 
− yer osti kon lahimlari ta’siridan kon lahimlarini va inshoatlarni muhofaza 
qilish tadbirlarini ishlabchiqish va amalda ulardan konchi – texnologlar bilan
hamkorlikda foydalanish; 
− konchi – texnologlar bilan hamkorlikda kon bosimi va dinamik jarayonlarni 
kuzatish; 
− kon ishlarini kundalik va perspektiv rejalashda kon – geologik sharoitlarini 
bashorat qilib berish; 
− olib borilayotgan ishlarni doimiy planga tushirib borish va yuqori tashkilotlarga 
axborot berish; 
Konlarni tugatishda marksheyderlik ishlari quyidagilardan iborat: 
− kon lahimlari tugash qismiga syomkani bajaradi; 
− marksheyderlik chizmalarini va koordinata hisoblash jurnallarini to‘ldiradi; 
− kon maydonida yerni rekultuatsiya qilish bilan bog‘liq marksheyderlik ishlarini 
tugatish; 
− karyer (shaxta)ni asosiy marksheyderlik materiallarini arxivga noaniq muddatga 
saqlash uchun topshiriladi. 
“Marksheyderlik ishi” fanining nazariy asoslari bo‘lib fizika, matematka, 
ayniqsa geometriya, matematik tahlil va ehtimollar nazariyasi hisoblanadi. 
“Marksheyderlik ishi” asosan Germaniyada rivojlangan bo‘lib keyin Rossiyaga 
o‘tgan. Rus olimlaridan Lomonosov M. V., A. I. Maksimovich,
M. Baxurin, P. M. Leontovskiy, P. K. Sobolevskiy, V. Yershov va boshqalar o’zbek 
olimlaridan akademik Rahimov V.R. ushbu fanni rivojlantirishga katta hissa 
qo‘shganlar.

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish