124
Burchak qiymati jurnalning sakkizinchi ustuniga yoziladi.
Yuqorida
bajarilgan ishlar burchak o’lchashning yarim priyomi bo’lib, vertikal doira o’ng
tomondaligida bajarilgan hisoblanadi.
Burchak o’lchashning keyingi yarim priyomida qarash trubasi zenit
bo’yicha aylantiriladi. Buning uchun limbning mahkamlash vinti bo’shatilib, qarash
trubasi (
A)
nuqtaga vizirlanadi (bunda doira chapda bo’ladi).
Ikkala vernyerdan
sanoqlar olinib, jurnalga yoziladi. Misolimizda bu sanoqlarning o’rtachasi
180
o
00`45”. So’ngra alidada bo’shatilib, soat strelkasiga teskari yo’nalishda
aylantirilib, qarash trubasi (
C)
nuqtadagi vexaga vizirlanadi. Bunda vernyerlardan
sanoqlar olinmaydi. Keyin limb bo’shatilib, soat strelkasiga teskari yo’nalishda
aylantirilib, qarash trubasi (
C)
nuqtadagi vexaga vizirlanadi. Doira o’ngdaligida
burchak necha marta o’lchansa, doira chapdaligida ham shuncha marta o’lchanadi.
Ikkinchi yarim priyomda qarash
trubasi C nuqtaga vizirlanib, sanoq olish
bilan tamomlanadi. Misolimizda olingan sanoqlarning o’rtachasi 309
o
42`45” bo’lib,
jurnalning oltinchi ustuniga yozilgan. Bu holda ham qarash trubasi (
A)
nuqtaga
vizirlanib olingan o’rtacha sanoqdan (
A)
nuqtaga
qarab olingan sanoqni ayirib,
burchakni takror o’lchashlardagi qiymatini topamiz; so’ngra
bu qiymat takror
o’lchash soniga taqsimlansa burchak qiymati kelib chiqadi.
Vertikal doiraning ikki holatida o’lchab topilgan burchak qiymatlari
o’rtasidagi farq belgilangan miqdordan katta bo’lmasa, o’rtacha
qiymat hisoblab
chiqarilib jurnalning to’qqizinchi ustuniga yoziladi. Shuni aytib o’tish kerakki,
takror o’lchash usulidan foydalanganda birinchi vernyerning nol shtrixi limbning
360
o
shtrixi yonidan bir necha marta o’tishi mumkin. Bunday paytda oxirgi sanoqni
takror o’lchashlar soniga taqsimlashdan oldin vernyer shtrixining limb 360
o
shtrixi
yonidan o’tish sonini 360
o
ga ko’paytirib, hosil bo’lgan
sonni oxirgi sanoqqa
qo’shish kerak. Gorizontal burchakning o’lchanish aniqligi asbobning mukammallik
darajasiga, vexa va teodolitning nuqtaga qanchalik aniq o’rnatilganligiga, vizirlash
aniqligiga hamda vernyer yoki mikroskopdan aniq sanoq olinmaganligi natijasida
kelib chiqadigan xatolarga bog’liq. Burchak o’lchash
aniqligiga asbob noaniqligi
ta`sir etmasligi uchun burchak o’lchashda ma`lum uslubika va sxema qo’llaniladi.
125
Masalan: burchak o’lchashda alidada eksentrisiteti sabab bo’ladigan xatoni
yo’qotish uchun ikkala vernyerdan ham sanoq olinadi. Teodolit qarash trubasining
gorizontal o’qi teodolitning asosiy o’qiga perpendikulyar
emasligidan kelib
chiqadigan xato bilan kollimatsiya xatosining ta`sirini kamaytirish uchun har bir
burchak doira o’ngdaligida ham, doira chapdaligida ham o’lchanadi.
Hozirgi vaqtda limb va vernyer shtrixlari juda aniq asboblar yordamida ±3”
aniqlikda chiziladi. Shuning uchun va vernyerlarning noaniqligidan kelib chiqadigan
xato juda kichik bo’lganligidan, yuksak aniqlikdagi burchak o’lchashlarda e`tiborga
olinadi. Shuningdek limb tekisligining teodolit aylanish o’qiga
perpendikulyar
emasligi ha, o’lchash aniqligiga ortiqcha ta`sir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: