G. R. Akramova


Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda oila



Download 1,19 Mb.
bet99/233
Sana31.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#258205
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   233
Bog'liq
Конфликтология

9.1. Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda oila

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasining pedagogik aspektlari mustaqillikning ilk yillaridanoq tadqiqotchilarning diqqatini tortib keldi. Yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash tafakkuri aynan mustaqillik yillarida keng rivoj topdi, aholi o‘rtasida targ‘ib va tashviq etila boshlandi, davlat dasturlarining bosh mohiyatini tashkil qildi.

Mamlakat aholisining yarmidan ko‘proq qismini yoshlar tashkil qilishi, o‘sib borayotgan yosh avlodni jamiyatda mustaqil yashashga tayyorlash vazifasining dolzarbligi yoshlarni jamiyat hayotiga va oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini jadallashtirishni talab etadi. Insonlarning o‘zaro munosabatlarida keskinliklarning o‘sib borayotganligi, zamonaviy ziddiyatlarning inson tafakkuri va ongiga ta’sir etishi orqali uning psixologik holatida salbiy va asabiy oqibatlarning vujudga kelishi, yosh oilalardagi ajrim holatlarning muntazam o‘sib borayotganligi, bolalar va o‘smirlardagi agressiya holatlarining vujudga kelayotganligi kabi muammolar talaba-yoshlarni oilaga tayyorlash vazifasini to‘laqonli olib borish talabini kun tartibiga qo‘yadi.

Darhaqiqat, oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuhanlik, qizlarga hos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘ri so‘zlik, mehnatsevarlik, olijanoblik, fidoiylik, sahovat peshalik kabi hislatlarni shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ayrim statistik malumotlarga qaraganda, bugungi intensiv turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga farzandlari tarbiyasiga atigi 1,5 soat, ona – 4-5 soat, ish bilan mashg‘ul deb qaraluvchi ota - 12 minut, ona – 3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu ajratilgan vaqt bolalarning barkamol shaxs sifatida qaror topishida yetarli emas.13 Yana muhim masalalardan biri ichkilikbozlik, kashandachilik inson sog‘lig‘iga, oilasiga, nasliga, jamiyatimizga qanchadan-qancha noxushliklar olib kelmoqda. Bu masalada davlatimiz tomonidan bir qator qarorlar qabul qilingan, ammo unga salbiy illat sifatida qarab, yeng shimarib kurashmoqdamizmi? Umuman, uning oqibati haqida o‘ylab ko‘ryapmizmi? Menimcha, “menga nima” qabilida ko‘proq tomoshabinga aylanib qolgandaymiz. Bu vaqtda esa to‘ylarimiz, tug‘ilgan kunlar, gap-gashtaklarda dasturxonimizning asosiy bezagi spirtli ichimliklar bo‘lib qolmoqda. Eng achinarlisi shuki, bu tadbirlarning asosiy ishtirokchilari yoshlardan iborat. Ular to‘ylarda, tug‘ilgan kunlarda, gap-gashtaklarda shunchaki xordiq chiqarishlarda sog‘liq uchun deb ko‘tarayotgan qadahlarining organizmga salbiy ta’sirini bilisharmikan? Oila iqtisodiyotini, oila rishtasini, jamiyatimiz farovonligini buzayotganliklarini, ayniqsa, yosh avlodga ta’sirini-chi? Ko‘plab noxush holatlar, bezoriliklar, hatto jinoyatlar ushbu tadbirlarda “to‘yib-ichish” oqibatida sodir bo‘lmoqda. Vaholanki, yosh bolalarda asosan kattalarga taqlid qilish kuchli bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlarda kattalarni aroqqa mukkasidan ketishlarini ko‘rib hayot gashti shunday surilar ekan-da degan tushunchalarga borib qolmasmikan?

Bu masala yuzasidan mahalla oqsoqollari kengashida aniq, samarali tadbirlar ishlab chiqilganmi? Mahalla faollari ushbu masalani hal etishda ojizlik qilayotganlari o‘z-o‘zidan ma’lum. Keling spirtli ichimlikning asorati haqida ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda fikr yuritish mumkin.

Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, 1000 ga yaqin jinni bolalarning 500 nafarining onasi, 70 nafarining ota yoki onasi spirtli ichimlik iste’mol qilar ekan. Fransuz vrachi Demma yigirma sakkiz yil davomida eri ham, xotini ham ichkilikka berilgan. O‘nta oilani kuzatgan. Bu oilada tug‘ilgan 57 nafar bolaning 25 nafari bir yoshga yetmay o‘lgan, 5 nafari tutqanoq, 5 nafarining bosh miyasi suyuq, 12 nafari ashaddiy jinni bo‘lib o‘lgan. Faqat 10 nafarigina nisbatan sog‘lom tug‘ilgan.

Tutqanoq kasali bilan og‘rigan har 100 boladan 60 nafarining ota-onasi ashaddiy ichuvchi ekanligi aniqlangan. Ichkilik turli xil jinoyatni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab hisoblanadi. Uning asosida oqibat qotillik, bezorilik va boshqa salbiy ko‘rinishlar bilan tugallanmoqda. Dalillarga e’tiborimizni qarataylik: 70 % ga yaqin qotillik, 80-90 % bezorilik asosan mastlik vaqtida sodir etilar ekan. Faraz qilaylik agar spirtli ichimlikni iste’mol qilish 35 % ga kamaytirilsa, qotillik 40 % ga, bezorilik 25 % ga kamayadi. Demak, milliy mafkuramizda belgilangan xalq farovonligi, komil inson tarbiyasi uchun kurashishimizda avvalom bor ichkilikbozlik masalasiga millatimizdagi illat sifatida qarashimiz lozim. Yana faktlarga murojaat etamiz: 100 gramm aroq ichish jismimizdagi faol ishlayotgan 7500 ta to‘qimani ishdan chiqaradi. 75 gramm aroq iste’mol qilgandan so‘ng muskullarning kuchi 20-40 % ga kamayadi. Endi bayram tug‘ilgan kun, to‘y yoki do‘stlar davrasida to‘yib, me’yordan oshirib ichgan ishchi, xizmatchining ertangi kun mehnat unumdorligini tasavvur eting.14

Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish bolalar va ayollarga tez ta’sir etadi. Ayol uchun alkogolizmga ro‘ja qo‘yish 2-3 yilni tashkil etsa, 13-14 yoshli o‘g‘il yoki qiz bolaga iste’mol qilgan bir qadah vino organizmga bir shisha aroq kabi ta’sir etadi. Afsuski, yoshlar o‘rtasida aroq, vino, pivoga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bizningcha, alkogolizmga jiddiy illat sifatida qarashimiz, ularni keng yoyilishiga sabab bo‘layotgan tadbirlar yuzasidan samaradorli faoliyat yuritishimiz lozim. Barkamol shaxsning shakllanishi sub’ektiv va ob’ektiv omillarga bog‘liq. Oilada har bir ota-ona bosh pedagog hisoblanadi. Ular farzandlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishda asosiy rol o‘ynaydi. Bu borada esa har bir ota-ona yetarli bilim, ma’lumotlarga ega bo‘lishlari lozim.

Shuni alohida aytish joizki, qadimgi pandnomalarda yozilishicha, inson boshida uchta kulfat bor emish. 1) o‘lim; 2) qarilik; 3) noqobil farzand. Ularning ikkitasidan qutilishning ilojisi yo‘q. Ammo, uchinchisidan qutulishning ilojisi bor emish. Bu iloj, faqat farzandni to‘g‘ri tarbiyasiga bog‘liq deb hisoblaydilar. Farzandlarimizga zararli odatlarning salbiy xususiyatini, mohiyatini daliliy misollar asosida ongiga yetkazish, mantiqiy tushunchalarini tarkib toptirib borish, hamda to‘y, bazmlarimizda alkogol ichimliklarsiz o‘tkazish nafaqat oila tarbiyasi muammosi bo‘lib qolmay, balki millatimiz sog‘lom avlodi masalasida yondashishimiz davr taqozasiga aylanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2004 yil 25-maydagi RG‘-3434 raqamli farmoni va unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishning maqsadli dasturi to‘g‘risida” gi 242-sonli qarorning bajarilishi mamlakatimizda sog‘lom oilalarning vujudga kelishiga zamin yaratmoqda. Shu bilan bir qatorda 2014 yilni “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish esa ta’lim va tarbiya sifat va samaradorligini rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.15

Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu-umid bilan yashaydi. Lekin bu bilan ish bitmaydi, u shu niyatiga yetish uchun harakat qilishi, mehnat qilishi, yaxshilik ko‘rishi uchun yaxshilik qilishi lozim. Insonning inson bo‘lib shakllanishida, hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantirila di, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot poydevori quriladi va mustahkamlanadi. Yurtboshimiz aytganlari dek, halqimiz qadim-qadimdan oilani muqqadas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukum suradi.

Oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.

O‘zbek xalqi tabiatan bolajon xalq. Bolaga nisbatan bag‘ri kenglik, mehri daryolik, o‘ta fidoyilik o‘zbeklargagina xos xususiyatdir. Shu boisdan ham, ota-onalarimiz farzandlarning baxti uchun kelajagi uchun qayg‘uradi. Ularning puxta bilim olishlari, qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, axloq-odob qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari uchun mavjud imkoniyatlarni yaratadilar. Chunki oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalash – mustahkam poydevorli jamiyat barpo etilishining garovidir. Bola tarbiyasi keng qamrovli, uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ushbu jarayon turmush quradigan yigit va qizning bir-biriga har tomonlama munosibligidan boshlanadi.

Bo‘lajak ota-onaning sog‘-salomatligi, nasil-nasabi, dunyoqarashi, ichki va tashqi dunyosi, axloq-odobi, moddiy va ma’naviy darajasining mosligi, turmush qurishga ma’naviy va jismoniy tayyorligi farzand ko‘rish va uning tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.

Oila mustahkamligi, ma’naviy va jismoniy barkamol farzand jamiyat mustahkamligi va ma’naviy yetukligining garovidir. Sohibquron bobomiz Amir Temur ham o‘g‘il uylantirishda kelin tanlashni, farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi ham bejiz emas. Davlatning qudrati – sog‘lom fikrli, bilimli, axloq-odobli, xalq, millat, Vatan taqdiri uchun jonini tikkan insonlar qo‘lida.

Mamlakatimiz mustaqilligi yillarida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida olib borilayotgan siyosatning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadigan ayollarning davlat va jamiyat qurilishidagi rolini oshirish, oilani har tomonlama mustahkamlash, oilada va ta’lim tizimida yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash, aholi salomatligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlarning negizida ham aynan shu g‘oya yotibdi. Millat genafondini saqlash – aynan shundan boshlanadi. Er yoki xotin nasl-nasabida mavjud irsiy kasalliklar, ma’naviy qashshoqlik kabi salbiy holatlar kelgusi avlodlar taqdiri, millat kelajagi uchun ham xavflidir. Darhaqiqat, oilasining baxt-saodatini, rohat-farog‘atini o‘ylagan odam shu masalalarni ham nazardan chetda qoldirmasligi shart.

Chunki farzand er-xotinning mehr-muhabbat asosida qurilgan ixtiyoriy ittifoqining mevasidir. Abdurauf Fitrat aytganidek: “... uylanishning birinchi maqsadi farzanddir. Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina bo‘ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo‘ladi. Kimki badaxloq bolalarni tarbiya etsa, insoniyatga xizmat emas, balki dushmanlik qilgan bo‘ladi. Jamiyat ularning farzandlaridan bezor bo‘ladi. Xush va yaxshi axloqqa ega bo‘lgan farzand, xushaxloq iymon sohibi bo‘lgan ota-onadan bo‘ladi, agarda ota-ona axloqsiz bo‘lsalar, ularning tarbiyalari soyasida o‘sgan farzand ham badaxloq bo‘ladi. Binobarin, kuyov va kelin xushaxloq bo‘lishlari eng yaxshi fazilatdir”.



    1. Download 1,19 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish