G. R. Akramova



Download 1,19 Mb.
bet91/233
Sana31.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#258205
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   233
Bog'liq
Конфликтология

2-vazifa. Yomon xulq-atvorning sababini tushunib olish. Atrofdagilarning o‘ziga bo‘lgan e’tiborini xohlaydigan o‘quvchilar o‘zlarini xuddi haqiqiy artistlarday tutadilar va ko‘p hollarda bunday xulq-atvorning sababi shu bo‘ladi. Shunday bolalar borki, ular yoki butun sinfni jonlantirishlari mumkin, yoki aksincha, barcha ishlarni juda sekinlikda amalga oshiradilar. Bunday bolalarni barcha ishlarda faol bo‘ladiganlarga nisbatan “tuzatish” qiyinroq kechadi, chunki ular intizomni rasman buzmaydilar. E’tiborga bo‘lgan ehtiyoj psixologik jarayon bo‘lib, ovqat va suvdek zarur. Uydagi e’tiborning kamligi uning maktabdagi xulq-atvoriga ta’sir etadi. Bunday bolalar ijobiy muloqot qilishni bilmaydilar. Pedagogdan bunday o‘quvchilarga imkon qadar ko‘proq e’tibor qaratish talab etiladi.

Ular o‘zlarini ko‘rsatish uchun turli usullardan foydalanadilar, ya’ni barcha ishlarning aksini qilishga, masalan, nazorat ishini hammadan keyin bajaradilar yoki umuman topshirmaydilar, sinf oldida o‘qituvchining obro‘siga putur yetkazadigan so‘zlarni aytadilar. Bu esa o‘z navbatida xavotir va zo‘riqishni yuzaga keltiradi. Shunday bolalar ham borki, ular bir qarashdan intizomli, xushmuomala bo‘lib ko‘rinadilar, lekin o‘zlari hohlagan ishni qiladilar, diqqatlarining tarqoqligi va xotiraning pastligi, jismoniy holatlari bilan o‘zlarini oqlaydilar. Ular tartib-qoidalarga va o‘zidan kattalarga bo‘ysunish kerakligini aniq anglab yetmaydilar. Agar o‘qituvchi o‘quvchidagi bunday xarakterli xususiyatlarni tuzatishga erishsa, bunday o‘quvchilar shaxsida liderlik va mustaqil fikrlash qobiliyatlari shakllanadi. Ular mustaqil fikrlashni, qaror qabul qilishni va o‘z hayotlarini nazorat qilishni xohlaydilar. Murakkablik tomoni shundaki, bunday tomonlarni ular boshqalarga ham nisbatan qo‘llashga, ularni boshqarishga ham harakat qiladilar.

O‘quvchi intizomni buzganda aynan qanday xatti-harakatni amalga oshirishi, qanday vaziyatlarda buni qilayotganini qayd etish va nima uchun bunday qilayotganini aniqlash muammoli xulq-atvorni xolisona izohlash imkonini beradi.

E’tibor va birinchilikni talab qilayotgan bolalar o‘ta yoqimli va xushmuomala bo‘lishlari mumkin. Nojo‘ya hatti-harakatlarni qasd olish maqsadida amalga oshiradigan o‘quvchilar esa agressiv, xo‘mraygan, jahldor bo‘ladilar. Bunday xulq-atvor bolaning nimadandir noroziligi va ranjiganligining oqibatidir. O‘qituvchi har kuni bolaning oldida bo‘lganligi sababli u boshqalardan ko‘rgan alamining qasdini o‘qituvchidan oladi. U darsga xalaqit beradi, kitoblarni yirtadi, sinfdoshlari bilan janjallashadi, muntazam ravishda kechikib keladi. Bunday o‘quvchilar o‘qituvchini turli yo‘llar bilan jahlini chiqarishga harakat qiladilar. Ayrim hollarda qasd olish uchun o‘ylab topilgan nojo‘ya xatti-harakatlar bolalarning o‘zlariga katta zarar yetkazishi, ya’ni ular ichkilikka, giyohvandlikka ruju qo‘yishlari, erta jinsiy aloqa va jinoyatga qo‘l urish(qasd olishning faol shakllari)lari mumkin. Lekin odamovilik, tortinchoqlik, befarqlik kabi qasdning passiv shakllari ham mavjud. Bunday holatlarda o‘qituvchi bolaga yordam bermoqchi bo‘ladi, lekin natijaga erishish biroz qiyin kechadi.

Yomon” xulq-atvorning motivlari:

-e’tibor talab etish;

-o‘z so‘zini o‘tkazishga harakat qilish;

-qasd olish istagi;

-omadsizlikdan qochish.

Bunday bolalar boshqalarni xafa qilish orqali o‘zlarini himoya qiladilar. Agar odamovi, g‘amgin bolalardagi bunday ruhiy holatlarning o‘z vaqtida oldi olinmasa, ular depressiyaga tushib suitsid holatlarini ham sodir etishlari mumkin.

Shunday o‘quvchilar ham borki, ular hech kimga zarar yetkazmaydilar, lekin yana omadsizlikka uchrayman deb, o‘qituvchi sezmaydi deb hech nima qilmaydilar. O‘zlarini “harakat qilsam, buni qilaolaman, lekin o‘zim xohlamayman” deb oqlaydilar. Fanlar bo‘yicha nazorat yozma ishlarida birdan kasal bo‘lib qoladilar yoki darsdan ketish uchun asosli sabab topadilar. Bunday tarzda ular o‘zlarini anglanilmagan holda himoya qiladilar. O‘qituvchida ko‘p hollarda o‘quvchining samimiyligiga shubha uyg‘onadi. Mana shunday bolalar o‘qituvchidan ko‘proq “Sen buni uddalaysan, qo‘lingdan keladi!” degan so‘zlarni eshitishlari kerak. Muntazam ravishda ular o‘qituvchining qo‘llab-quvvatlashini sezsalar ularda o‘ziga nisbatan hurmati va ishonchi ortadi, o‘zini bunday xatti-harakatlar bilan himoya qilish esa kamayadi.


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish