14-modda. Professional mediatorlar reyestri
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Professional mediatorlar reyestri yuritiladi, ushbu reyestr ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018 yil 29 noyabrdagi 533-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Professional mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom».
Shaxsning mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kursidan o‘tishi uni Professional mediatorlar reyestriga kiritish uchun asos bo‘ladi.
Professional mediatorlar reyestrida quyidagilar bo‘lishi kerak:
mediatorning familiyasi va ismi;
mediatorning joylashgan yeri va aloqa bog‘lashga doir ma’lumotlari;
mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi;
mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir bo‘lgan til haqidagi ma’lumotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |