2. Vaqt. Vaqt hamda vaqtga bo‘lgan munosabat inson haqida aniq ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Siz uchrashuv uchun ertalabni tanladingizmi yoki kechki paytni? Siz biror odamni 60 daqiqa kutasizmi, yoki 2 daqiqadan so‘ng, kutmasdan ketib qolasizmi? Yoki, siz o‘zingiz uchrashuvga tayinlangan vaqtda, kechikmasdan kelasizmi, yoki har doim kechikib yurasizmi? Siz tanigan odamni ko‘rib, darrov ro‘parasiga chiqasizmi, yoki uning o‘zi oldingizga kelishini kutib turasizmi? Bularning barchasi siz haqingizdagi ma’lum axborotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Agar siz uchrashuvga kechikib kelsangiz-u, darrov kechirim so‘rab, o‘zingizni aybdorday his qilsangiz, demak, siz odatda kechikib yuradigan odam emassiz, kechikishingiz uchun biror sabab mavjud, ataylab bunday qilmagansiz, kechikkaningiz uchun o‘zingiz hijolatdasiz. Ammo agar kechikib kelgandan so‘ng, uzr ham so‘ramasangiz, demak, siz tarbiyasiz, qo‘rs odamsiz, yoki kutayotgan odamning kekkaygan boshlig‘isiz. Demak, vaqtga munosabat masalasi ham inson xarakterini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |