Muloqotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan ta’sir etishlari. Hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir-birlaridan o‘rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin.
Odamlarning turli sharoitlarda o‘zlarini tutishlari xulq – atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun qoidalardir. Chunki o‘zaro muloqot va o‘zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o‘zini boshqa birov bilan solishtirish, masalan: 1-marta uchrashuvga ketayotgan yigitning holatini uning o‘rtog‘i yoki akasi tushunishi mumkin.
Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasida turib, o‘zini tasavvur qilishdir, o‘ziga birovning ko‘zi bilan qarashga intilishdir. Masalan: guruhdoshingizdan biriga kuylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb o‘ylaydi deysiz.
Stereotoifaizatsiya – odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan, ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish, bunday stereotoifalar ba’zan muloqotni to‘g‘ri yo‘nalishini ta’minlasa, ba’zan xatoliklarga sabab bo‘ladi. Masalan: qizlarning shim kiyib yurishi yoki velosiped minishi. Ko‘pchilik bunday qizlarni odobsiz deb o‘ylaydi, bu noto‘g‘ri, albatta.
Ba’zan kishini tashqi qiyofasidan uning xarakterini aniqlaydi. M: shunday tajriba o‘tkazilgan: talabalarga turli qiyofadagi kishilarning rasmi ko‘rsatilgan, ular iyagi katta kishilar kuchli irodaga ega, peshonasi keng odamlar-aqlli, sochi qattiq odam qaysar, bo‘yi past odam hokimiyatga intiluvchi, chiroyli odam o‘ziga bino qo‘ygan yoki nodon bo‘lishi aytilgan. Bular albatta, to‘g‘ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida bo‘lgan ma’lumot katta rol o‘ynaydi. M: psixolog olim Bodalyov talabalarning 2 guruhiga 1 odam portretini ko‘rsatib, uni 1-guruhga jinoyatchi, 2-guruh talabalariga esa olim deb tanishtirgan.
1-guruhdagilar uning ko‘zlarini yovuz, beshafqat desa, 2-guruhdagilar uning ko‘zlarini dono, muloyim deyishgan.
Odamlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o‘zini tutishi, hissiy holati, ovozi, qiliqlari, yurishi va h. k. ishlarining ichida odamning so‘z muloqot manbai suhbatdoshiga eng ko‘p ma’lumot beradi.
Odamning bir-birlarini to‘g‘ri anglashlari idrok (asosiy bilish) sohasiga aloqador, bir-birlarini tushunishlari esa ularning tafakkur sohasiga aloqador, murakkab jarayondir. Boshqa odamni to‘g‘ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi. Ya’ni unda empatiya - birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo‘ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, «ko‘pni ko‘rgan» shaxsgina boshqalarni to‘g‘ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.
Psixologlar turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan o‘tkir did, odob kishilarning psixologiyasini bilgan holda ularni to‘g‘ri tushunish malakasi talab qilinadi. Bo‘lg‘usi psixolog bu borada quyidagi qonuniyatlarni bilishi kerak:
1. Birinchi ko‘rgan odam haqida faqat birlamchi tasavvurgina bo‘lishi mumkin;
2. Biror kishi haqida berilgan malumotga asosan muayyan fikr hosil qilish oson, lekin uni o‘zgartirish qiyin;
3. Intellekt juda yuqori bo‘lsa ham, juda past bo‘lsa ham boshqa odamni tushunish qiyin;
4. Maxsus tayyorgarlik bo‘lishi kerak. Tajribada 5-kurs psixologlari bilan rassomlarni odamlarga bergan bahosi solishtirilgan, rassomlarni bergan bahosi aniqroq bo‘lib chiqqan;
5. 1ta odamning baholash topshirig‘i berilganda og‘riqni boshdan kechirayotgan odamlar unda johillik sifati bor deb baholaganlar, yaxshi holatda bo‘lganlarida esa xuddi o‘sha odamni yaxshi sifatlarga ega deb aytganlar demak, biror kishiga baho berish - odamning emotsional holatiga ham bog‘liq ekan;
6. Shaxsning ochiqligi ya’ni ochiq, samimiy odamning bergan bahosi bilan tund va pismiq odamning baholari o‘rtasida sifat jihatidan farq bo‘lishligi aniqlangan.
Bo‘lg‘usi pedagog-psixologlardan pedagogik-psixologik bilim donlikni talab etadi. Bu esa pedagogik-psixologik treninglar yordamida amalga oshiriladi odamlarda muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o‘zini to‘g‘ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha aytganda, trening muloqotga o‘rgatishdir.
Balki siz hech qachon bu narsaga e’tibor bermagandirsiz, ammo biz aytmoqchi so‘zlarga qo‘shimcha ravishda, ko‘pincha tana harakatlarimiz ham axborot berib turadi. Agar siz tana zaboniga e’tibor bermasangiz, siz bilmagan holda tana harakatlaringiz hamsuhbatingizga boshqa ma’lumotlarni ayon qilib turishi mumkin. Bu ma’lumotlar esa, yangi konfliktni keltirib chiqarishi yoki, konfliktni chuqurlashtirib yuborishi mumkin.
Tana zaboni sizning shaxs sifatida yurish-turishingiz, kiyinishingiz, imo-ishoralaringiz, qaddi-bastingiz, o‘zingizni tutishingiz, aslini olganda xarakteringiz haqida juda katta informatsiya beradi. Sizning tana zaboningiz nimalar haqida “gapirishi”, “so‘zlashi” mumkinligi masalasini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |