Tana zabonining yetti doirasi.
Tana zaboni tushunchasining yetti tarkibiy qismi mavjud. Ular tana zabonining turli ko‘rinishlarini o‘zida mujassam etadi. Mana shu yetti tarkibiy qism tana zaboni orqali uzatilishi mumkin bo‘lgan axborotlar turlarini belgilab beradi. Tashqi ko‘rinish, ya’ni insonning qanday kiyim kiyganligi va o‘zini tutishi, vaqtga bo‘lgan munosabat, sizning ijtimoyi ahvolingizni ko‘rsatib turuvchi tashqi ko‘rinish omillari, sizning o‘z suhbatdoshingizga yaqinligingizni oydinlashtiruvchi omillar, konkret vaziyatda siz ishlatayotgan aniq tana harakatlari, sizning o‘z va boshqa inson shaxsiy makoniga bo‘lgan munosabatingiz va qanday ovozni ishlatayotganingiz kabi elementlar tana zabonining yetti doirasini tashkil qiladi. Tana zabonining yetti doirasini alohida holda ko‘rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |