121
kabi holatlarda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bu
bola uchun qadrli shaxs yoki u bog‘lanib qolgan inson bo‘lishi
mumkin. Bizning ish tajribamizdan ma’lumki, maktabgacha tarbiya
muassasalarining milliy guruhlari boshlang‘ich maktablar bolalari
qoidaga ko‘ra birinchi bo‘lib otalarining suratini chizadilar. Bu
muayyan milliy me’yorlar va sharq oilalarining an’analari bilan
bog‘liq deb hisoblaymiz.
Bola onasining suratini oxirgi bo‘lib chizish hodisasi diqqatga
sazovor. Bu holatda unga salbiy munosabatdaligi to‘g‘risida gap
ketishi mumkin emas. Ko‘proq bu onalik munosabatining (hissiyotli,
bilish va sensor) deprivatsiyasidan dalolat beradi.
Uning uchun onasiga nisbatan munosabatda «uncha yaxshi
ko‘rmaganlik» uchun, bolani so‘zsiz qanday bo‘lsa shundayligicha
qabul qilmaganligi uchun alamni sezishga xos. Oila a’zolarining
suratlarini chizish ketma-ketligi, shakllarni grafik taqdim qilish
xususiyatlari tahlilining mazmunida
ancha ishonchli izohlangan
bo‘lishi mumkin. Agar birinchi bo‘lib chizilgan qomat eng kattasi
bo‘lsa, lekin bezatilmasdan quruqqina chizilgan bo‘lsa, unda bunday
taqdim etish bu shaxsni bola tomonidan qabul qilishning ahamiyatini,
kuchini, oiladagi hukmronligini ko‘rsatadi. Bu unga nisbatan bolada
ijobiy hissiyotlarni ko‘rsatmaydi. Biroq, agar birinchi qomat puxta,
bezatib chizilgan bo‘lsa, unda bu oilani bolani hurmat qiladigan va
unga o‘xshashga harakat qiladigan va
bola oilaning ancha sevimli
a’zosi deb o‘ylash mumkin.
Qoidaga ko‘ra, bolalar oila suratini chizish vazifasini
olganlaridan keyin oila a’zolarining suratlarini chizishni boshlaydilar.
Lekin, shunday hodisalar ham uchrab turadi, bolalar oldin turli
ob’yektarni, asosiy chizishni, quyoshni,
mebelni va boshqalarni
chizadilar va oxirgi navbatdagina odamlarni tasvirlashga kirishadilar.
Bola buning yordamida o‘ziga yoqimsiz bo‘lgan vazifani orqaga
suradi, vazifani bajarishning bunday ketma-ketligi o‘ziga xos himoya
ta’siri bo‘ladi, deb hisoblashga asos bor. Ko‘pincha bu notinch oilaviy
vaziyatlardagi bolalarda kuzatiladi, ammo bu bolaning psixolog bilan
aloqasining yomonligi oqibati bo‘lishi ham mumkin.
Oilaning o‘sha a’zolari, ob’yektlar, qismlar suratini chizishga
qaytish bola uchun ularning ahamiyatini ko‘rsatadi. Insonning
beixtiyor harakatlari ba’zida psixikaning dolzarb mazmunini
ko‘rsatgani kabi xuddi suratning o‘sha belgilaridan surat chizishga
122
qaytish
fikrlash harakatiga, bolaning munosabatiga mos keladi va
asosiysini, ya’ni suratning muayyan qismlari bilan bog‘langan
hukmron hayajonlanishni ko‘rsatishi mumkin.
Oila a’zolarining muayyan qismlari suratini chizishdan oldingi
pauzalar ko‘pincha murakkab munosabatlar bilan bog‘langan va
motivlarning ichki uyg‘unsizligining tashqi ko‘rinishi bo‘ladi. Bola
ongsizlik bosqichida unda salbiy tuyg‘u uyg‘otadigan kishi yoki
qismni chizish yoki chizmaslikni o‘zicha hal qiladi.
Chizilganni o‘chirish yoki qayta chizish surati chizilayotgan oila
a’zosiga nisbatan salbiy tuyg‘ular bilan ham, ijobiy tuyg‘ular bilan
ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Surat chizishning so‘nggi
natijasi hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar o‘chirish va qayta chizish
ko‘zga tashlanadigan yaxshiroq, grafik taqdimotga olib kelmasa,
bolaning shu odamga har xil munosabati to‘g‘risida fikr yuritish
mumkin.
Ichki sabab natijasida vujudga keladigan sharxlar ko‘pincha
bolaga chizilgan mazmunning ma’nosini ravshanlashtiradi. Shuning
uchun ular diqqat bilan boshqa oila a’zosini
suratini chizsa, bu
ko‘pincha shu odamning bolaga nisbatan adovatini o‘ziga qabul qilish,
qo‘rquv hissi bilan bog‘liq.
«Oila rasmi» metodikasi uchun miqdoriy baholash tizimi ishlab
chiqildi hamda beshta belgilar majmuasi ajratildi:
1. – qulay oilaviy sharoit,
2. – xavotirlanish
3. – oiladagi nizo,
4.
– o‘zidan qoniqmaslik hissi,
5.
– oilaviy sharoitdagi adovat.
Har bir belgilar majmuasi ballar bilan baholanadigan bir qator
ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Agar ko‘rsatkich yo‘q bo‘lsa, unda
hamma holatlarda o
qo‘yiladi. Ishoraning ishtirok etishi 1 ball deb
baholanadi. Har bir belgilar majmuasi bo‘yicha yuqori ball 7dan 9
gacha bo‘lgan ballni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: