Muammoli ta’lim texnologiyasi. Pedagogik manbalarda qayd qilinishicha, muammoli o‘qitish texnologiyasi g‘oyasi yangi emas. O‘tmish pedagoglari bilim oluvchilar aqliy kuchlari, qobilyatlari, tafakkurini rivojlantirishga xizmat qila oladigan, o‘quvchi 9talaba)larga rohat va quvonch bahsh etadigan, bilish faoliyatlarini takomillashtiradigan o‘quv jarayonini qurush to‘g‘risida yillab izlandilar va uning yo‘llarini topishga intildilar (Ya.A.Komenskiy, Burxonidin Zarnutjiy, Az-Zamaxshariy, J.J.Russo, I.G.Pestolosiy, F.A.Disterberg, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniy va hokazo) . XX asrga kelib muammoli ta’lim jadal rivojlanish bosqichiga kirdi. Dastlab amerikalik filosof, pedagog, psixolog Dmon Doi, XX – asrning 30- yillarida ananaviy, dokmatik o‘qitishga qarshi faol, mustaqil o‘qitishda o‘quvchilar amaliy faoliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi muammoli o‘qitish g‘oyasini ilgari surdi. U o‘zining “Biz qanday fikrlaymiz“ risolasida, “ Tafakkur muammolarini yechish sharti” deb ta’riflaydi va tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan ta’lim – muammoli o‘qitishi deb biladi.
Keyinchalik bu g‘oya amerikalik psixolog Djon Bruner va polshalik pedagog Vintensi Okon tomonidan, XX asrning 2- yarmida tatar pedagogi M.I.Maxmudov tomonidan rivojlantirildi. Bularning g‘oyasi mazmunida muammoli vaziyatni yaratish, muammolarni shakllantirish va bu muammolarni xal qilishga o‘quvchilar aqliy kuchlarini jalb qilishi yotadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarda fanlarni, jumladan, pedagogik turkum fanlarni o‘qitishda pedagog talablar oldida har bir fanning hususiyatidan kelib chiqib o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha muammolar qo‘ydi, ularni yechish uchun muammoli vaziyat yaratadi, bu vaziyatga talabani kiritadi va yechimini topishga talabani o‘zini yo‘naltiradi. Bunda talabalrning faol, ijodiy, mustaqil izlanuvchanlik faoliyati yotadi.
Shunday qilib, muammoli o‘qitish degandA, o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyatlarini ko‘zda tutadigan, bilim ko‘nikma, malakalarini ijodiy o‘zlashtirishga qaratilgan pedagog tomonidan muammoli vaziyat yaratilib muammoni o‘qituvchi rahbarligida yechishga yo‘naltirilgan ta’lim tushuniladi.
Rus pedagoglari M.A.Danilov, V.P.Eshnov, I.Ya.Lerner,
G.V.Pudrasev, M.I.Mahmudov va boshqalar muammoli o‘qitish rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasi tiliga kirib muntazam ravishda ta’lim oluvchilarini izlanishga, mustaqil o‘rganishga yo‘llovchi, pedagog va talabaning o‘zaro hamkorligi muloqot vositasida ta’lim oluvchilarining bilim faoliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim deb takidlaydilar.
Muammoli o‘qitishning asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil etadi. O‘qituvchi rahnamoligida muammoni yaratish, muammoli bayon qilish evristik suhbatlar tashkil etish muammoli topshiriqlarni bajarish natijasida talabalarda mustaqil izlanish ko‘nikmalari shakllanadi, ijodiy tafakur rivojlanadi, faol, erkin faoliyat tashkil topadi.
Yuqorida qayd qilganimizdek, muammoli o‘qitish texnologiyasining asosini muammoli vaziyat yaratish tashkil etadi . Muammoli vaziyatda o‘quv muammosi, farazlar, ispotlar, izohlar, taxlil, sintez, mustaqil anglash, o‘rganishlar asosiy component hisoblanib, ular o‘quvchilarni yangi bilim, ko‘nikma, malakalr bilan qurollantirish aqliy faoliyatlarni egallashga qaratilganligi sababli o‘quv- bilim faoliyatini o‘stiradi va ijodiylashtiradi. Bu jarayonda o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, yo‘lga soluvchi, muammoni bayon qiluvchi rolini bajaradi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchi bayon etgan ma’lumotlar emas talabalar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malaka haqiqiy hisoblanadi shuning uchun bu jarayonda talaba eshituvchi emas, muammoni hal qiluvchi faol bajaruvchi hisoblanadi.
Pedagogika fanlarini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish bo‘lajak tarbiyachi- o‘qituvchilarda ijodiy tafakkur, mustaqil faolikni o‘stiradi muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni yechish yo‘larini o‘rgatadi; vaziyatni turlicha yechish yo‘llari haqida tushuncha beradi, aynan bir hildagi pedagogik voqeallarga turlicha yondoshish haqida ma’lumot beradi.
Olib borilgan tajriba ishlarning natijalariga asoslanib, aytish mumkinki,pedagogika fanlarini muammoli o‘qitishda quyidagilarga rioya qilish lozim:
Eng zarur muammoli ta’lim yordamida yechiladigan muhim mavzular tizimini ishlab chiqish;
Turli o‘quv mashg‘ulotlari (maruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar)da muammoli vaziyatlarni yaratishda, muammoli ta’limning o‘ziga xos pedagogik jihatlarida kelib chiqish ;
Muammoli talimda talabalarning bilm darajasi, aqliy zakovati o‘zlashtirish meyorlarini inobatga olish;
O‘z shaxsiy tajribasi, mahorati o‘quvchi –talabalrga tasir etish qiymatidan kelib chiqish v.h.k
Shundagina pedagogik fanlarni o‘qitishda muammoli o‘qitish texnologiyasidan maqsadli foydalanish amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |