14.4. Maktabgacha ta'lim muassasalarida malakaviy amaliyotni tashkil etish
O‘bekiston Respublikasida onalik va bolalikni muhofaza qilishga doir qaror, farmon va hujjatlarning mazmuni.
Oila kodeksining axloqiy, yuridik-siyosiy mohiyati. Oilani mustahkamlash borasidagi ahamiyati.
O‘zbekistonda bolalarni himoya qilish bo‘yicha qabul qilingan qonun va qarorlarning mohiyati. 4. O‘zbekistonda yosh bolali onalarga g‘amxo‘rlik va nafaqalar.
Mamlakatimizdagi maktabgacha ta'lim muassasalarining soni (viloyat, shahar), qaysi vazirlik korxonalarga bo‘ysunishi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarini boshqarish va moliyalash.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni guruhlarga ajratish tartibi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga doir hujjatlar.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiyani tashkil etish shakllari va metodlari.
Maktabgacha ta'lim muassasalarining kadrlar bilan ta'minlanganligi.
Oilaviy bog‘chalar: ularda ta'lim-tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlash jarayoni.
Malakaviy amalimyot jarayonda talabalar quyidagi ishlarni bajarishlari lozim:
Malakaviy amaliyot o‘tkazgan ta'lim muassasalaridagi o‘quvchilar tarkibi bilan tanishish, ularning tayyorgarligi (medisina kartochkasi, shaxsiy gigiena buyumlari, kerakli buyumlar, o‘quv mashg‘ulot qurollari va hokazolar. Bilan ta'minlanganligi) aniqlaydilar;
Har bir bolaning shaxsiy qiziqishi va xususiyatlarni aniqlash, kundalik haftalik, ish rejalar tuzish;
Bolalar bilan mustaqil ishlash, ularni turli ko‘rsatmalr bilan tanishtirish, guruh to‘grarak majlisi, turli ko‘rik musobaqalar,
ertalabki saflanishni o‘tkazish ishlarini tashkil etish;
Turistik yurishlar uyushtirish va o‘tkazish. Bu jarayonda joyni to‘g‘ri va aniq belgilash ko‘nikmalarini egallash;
Turli ijtimoiy - siyosiy, ma'naviy axloqiy mavzularda suhbatlar o‘tkazish vaqtli matbuot, radio, televidenie eshittirishlari bilan tanishtirsh, sport o‘yinlari, taniqli olimlar, shoirlar, sportchilar, mehnat faxriylari bilan uchrashuvchilar tashkil etish;
Yaqin atrofdagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jliklardagi mehnat jarayonlari bilan tanishtirish;
Tabiatga sayr qildirish, jonli tabiat bilan tanishtirish, jonliburchaklar tashkil etish, o‘lkashunoslik materiallari, o‘simlikllardan namunalar yig‘ishga o‘quvchilarni o‘rgatish;
Bolalar yoshiga mos turli o‘yinchoqlar yasash, o‘yinlar o‘tkazish;
Maktabdan tashqari ta'lim muassalari va oromgoh ichki tartib qoidalariga rioya qilish, tozalik va ozodalikka e'tibor berish, navchilar ishini tashkil qilish
Muassasa kengashlarida ishtirok etish;
Ishchi qog‘ozlar, hujjatlar bilan tanishish va ularni yuritishni o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |