Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda topshiriqlar: Talabalarning malakaviy amaliyot jarayonida bajargan ishlarini hisobga olish haqida tushuncha bering.
Amaliyot rahbarining majburiyatlarini tushuntiring.
Olingan nazariy ma’lumotlaringizga tayanib, pedagogik amaliyot dasturini ishlab chiqing. 4. Amalyot burchagida nimalar o’z aksini topishi lozim? Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalarining malakaviy amaliyotini kuzating.
Pedagogik amaliyot oldi konferinsiyasiga ishtirok eting va tahlil qiling.
16-MAVZU. PEDAGOGIK AMALIYOTNI BAHOLASH MEZONLARI, PEDAGOGIK AMALIYOT BO‘YICHA ISH HUJJATLARI Tayanch iboralar: malakaviy amaliyot, malakaviy amaliyotni baholash, baholash mezoni, pedagogik amaliyot, amaliyot hisoboti, amaliyot hujjatlari, amaliyot rahbari. 16.1. Pedagogik amaliyotni baholash mezonlari Pedagogik amaliyot davomida talabalarning faoliyatini nazorat qilish va baholash 100 ballik reyting tizimi asosida amalga oshiriladi. Hisobot malakaviy amaliyot tugagandan so‘ng 3 kun muddatda qabul qilinishi shart. Baholash komissiyasi tarkibi a'zolari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Fakul'tet dekani