G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov


-MAVZU. REYTING O’TKAZISH METODIKASI



Download 1,07 Mb.
bet78/134
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#710678
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134
Bog'liq
G. Q. Hasanova, Z. B. Jalilov

18-MAVZU. REYTING O’TKAZISH METODIKASI,
TALABALARNING BILIMINI BAHOLASH BO‘YICHA NAZORAT TURLARI,BAHOLASH MEZONLARI.
Tayanch iboralar: reyting, nazorat turlari, oraliq nazorat, joriy nazorat, yakuniy nazorat, baholash mezonlari.

    1. Reyting nazorati haqida tushuncha

“Reyting” inglizcha so`z bo`lib, u baholash, tartib, tasnif so`zlari ma`nosiga to`g`ri keladi. Bu so`zning dastlabki ma`nosi – “baholashni” nazarda tutib, unga quyidagicha ishchi ta`rif beramiz: reyting nazorati – bu berilgan o`lchovlar (shkalalar) asosida o`quvchilar bilimi, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi va o`quv predmetlariga munosabatini baholash demak. Reyting nazorati o`quvchilar o`zlashtirishini baholash shkalalarini aniqlashdan boshlanadi. “SHkala” inglizcha “shkaling” so`zidan olingan bo`lib,
“o`lchash birligini aniqlash” iborasi mazmuniga tugri keladi.Baxolash shkalalari o`rganilayotgan ob`yekt (lar) majmuini ularning barchasi uchun umumiy sanalgan mohiyat (maqsad)ga taqsimlash usulidir.

    1. Reyting nazorat turlari

O`tkazilish davri (payti)ga qarab, reyting nazoratining uch ko`rinishi farqlanadi: joriy nazorat (JN), oraliq nazorat (ON), yakuniy nazorat (YAN). Nazorat turlari o`zaro uzviy 6og`liq, ular bir-birini to`ldiradi. Ularning barchasini birlashtiruvchi narsa — ta`lim etalonidir. Binobarin, nazorat turlarinnig barchasida erishilgan natijalar o`zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda etalonga taqqoslanadi. Bolalar taqqoslash yo`li bilan o`zlarining nimalarni talab darajasida, nimalarni talab darajasidan past o`zlashtirganliklarini ongli his qilishadi, mavzu, bo`lim yuzasidan o`qishni davom ettirish zarurligini payqaydilar. Binobarin, ta`lim texnologiyasida joriy nazorat o`quvchini oraliq nazoratga; oraliq nazorat o`z navbatida yakuniy nazoratga etaklaydi. Amaldagi pedagogik tajribada o`zlashtirish va uning natijasini tekshirish alohida jarayonlar sifatida amal qilsa, ta`lim texnologiyasida reyting nazorati ta`limning o`ziga singib ketadi. Natijada reyting nazoratini tashkil qilmasdan, ta`limni amalga oshirish, o`zlashtirishda olg`a siljish, ta`limni boshqarish mumkin bo`lmay qoladi. O`z-o`zidan reyting ta`lim texnologiyasining tarkibiy qismiga aylanadi.
Joriy nazorat ta`limning ob`yektiv borishi bilan bog`liq bo`lib, yangi o`quv materiallarini o`rganish va mustahkamlash, takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtirish jarayonlarida o`tkaziladi. Shuningdek, uy vazifalari, qo`shimcha topshiriqlar, mustaqil ishlar hamda bolalarning o`z xoxish-istaklari bo`yicha qilingan ijodiy ishlar (mas. undalmalarni ishtirok ettirib she`r yozish), darslikdagi masala-misollarni echish, modellar yasash (mas. uy konstruktsiyasini loy, plastilindan yasash}, turli chizma, jadval, diagrammalar tuzish, laboratoriya mashg`ulotlari va didaktik o`yinlarda ishtirok etish, buklash, qirqish, qurish kabi faoliyat usullarini hisobga olib, joriy nazorat uchun ballar to`planadi. Kanaka usul hamda vosita bilan ball to`planmasin, u qabul qilingan etalonga zid bo`lmasligi lozim.
Joriy nazorat uchun to`planadigan ballar teskari aloqaga asoslangan bo`lib, u bolalarni o`rganishga rag`batlantirish, u yoki bu o`quv materialini, bo`limni o`zlashtirishda o`zlarining qaerga kelib qolganliklarini anglash, mavzu yoki bo`lim bo`yicha o`rganishni davom ettirish zarurligini sezish, o`z kuchiga ishonch, mavzu yuzasidan biror ta`rif, aniqlik va qoidani e`tiborsiz qoldirmaslik kabi his-tuyg`ularga mo`ljallab olib boriladi. Shu tufayli joriy nazoratda ta`limiylik, shakllantiruvchanlik xususiyatlari ustun bo`ladi. Binobarin, joriy nazorat natijalari “4” yoki “5” raqamlari bilan emas, aksincha, mavzu va uning bandlari bo`yicha to`plangan ballar asosida hisobga olinadi. Joriy nazorat uchun ballar ham etalon asosida to`plangani tufayli mezoniy xarakterda bo`ladi.
Joriy nazorat ballarini ikki yo`l bilan to`plash mumkin: ballarni o`qituvchining o`zi to`plashi; ballarni o`quvchilarning o`zlariga to`platish. Ikkinchi yo`l biroz munozarali bo`lsa-da, eng samarali sanaladi. Joriy nazorat uchun ball to`plashni o`quvchilarning o`ziga yuklash ularda o`ziga ishonchni, har bir ishni vijdonan bajarish, burchni anglash kabi shaxsiy sifatlarni tarbiyalaydi. Joriy nazorat uchun ball to`plashni o`quvchilarning o`ziga yuklash o`qituvchining pedagogik mahoratiga bog`liq. O`qituvchi o`quv predmeti, uning bo`limi yoki mavzularga pedagogik ishlov bera olsa, har bir mashg`ulot va o`quv topshiriqlari maqsadini o`quvchilarga aniq etkazsa, ta`limni eng yuqori o`zlashtirishga yo`naltira bilsa, ta`limni motivlar, tafakkur va xotira- hodisalari ansambliga mo`ljallab tashkil etsa, har bir o`quvchining o`z-o`zini nazorat qilishi uchun vositalar tayyorlasa, ana o`shandagina joriy nazoratning samaradorligi oshadi.
O`quvchilarning o`z-o`zini nazorat qilishga oid vositalardan biri nazorat xaritasi. Nazorat xaritalari o`zlashtirilayotgan o`quv materiallari, uning birliklari — o`quv elementlari asosida tuziladi. Unda o`zlashtirilayotgan o`quv elementlari, ularni o`rganishga oid o`quv maqsadlari testga aylantirilgan maqsad, testning javobi, to`plangan ballarga mo`ljallangan grafalar bo`ladi. Testga aylantirilgan maqsadlarga quyiladigan ball miqdori o`quvchilarga oldindan aytiladi, testning yechim i (kaliti) o`qituvchida saqlanadi.
Joriy nazorat uchun tuzilgan o`z-o`zini nazorat qilish xaritasida o`zlashtirilayotgan mavzu bo`yicha nechta o`quv elementi ajratilgan bo`lsa, shuncha miqdorda bolalarning o`quv maqsadlari, shuncha miqordagi testga aylantirilgan maqsadlar bo`lishi shart. Zero, testga aylantirilgan maqsadlarning javobini tahlil qilish yo`li bilan har bir o`quvchining qanday natijaga erishganini aniqlash mumkin. O`qituvchi shuni unutmasligi kerakki, o`z-o`zini nazorat xaritasida keltiriladigan testga aylantirilgan maqsad o`rganilgan hodisani tanish (mas. undalmalarni matn tarkibida tanish) darajasida bulishi lozim.
Shunday qilib, joriy nazorat ta`limning borishi bilan daxldor bo`lib, mavzu bo`yicha axborotlar to`plash, to`planganaxborotlarga dastlabki ishlov berish, o`rganilgan hodisalarni boshqa hodisalardan farqlash, ularni taniy olish darajasida o`tkaziladi, testga aylantirilgan maqsadlarning murakkabligi, qiyinligi o`rganilgan bilimlarga oid hodisalarni tanish darajasida bo`ladi.
Joriy nazorat jarayonida testga aylantirilgan maqsadlar bo`yicha to`plangan ballar asosida sinf jamoasi gomogen guruhlarga ajratiladi, guruhlar uchun qiyinchiligi, murakkabligi hisobga olingan topshiriqlar belgilanadi, ta`limni borishiga qo`shimcha, tuzatishlar kiritiladi. Bular ta`limni yana bir bor takrorlashni osonlashtiradi, o`zlashtirishning navbatdagi darajasi — malaka darajasida o`zlashtirishga o`tishga imkoniyatlar yaratadi.
Joriy nazorat o`zlashtirishning birinchi darajasi (ko`nikma darajasi)da, oraliq nazorat esa malaka darajasida o`zlashtirilgan bilimlar asosida o`tkaziladi. Oraliq nazorat mohiyati jihatdan o`rganilgan axborotlarga ishlov berish jarayoniga to`g`ri keladi. O`quvchilar o`rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko`rsatishadi, ularni turli o`quv va hayotiy holatlarga tatbiq qilishadi, o`rganilayotgan ob`yekt(lar)ning yangi-yangi xususiyatlarini kashf etishadi, bilimlarni yangi sharoitlarda sinab ko`rishadi.
Oraliq nazorat o`rganilayotgan mavzu yoki bo`lim bo`yicha umumiy xulosalar chiqarish, voqea-hodisalarni tushuncha darajasida o`zlashtirish jarayonlarida ham o`tkaziladi, shularga ko`ra oraliq nazoratda testga aylantirilgan maqsadning murakkablik, qiyinlik darajasi oshiriladi. Testga aylantirilgan maqsadlarni o`zaro taqqoslab ko`rish uchun oldingi sahifada keltirilgan jadvalni yana bir bor takrorlaymiz.
Joriy nazoratga o`xshab oraliq nazorat ham ta`limning borishi bilan daxldor, shu sababli ular mashg`ulotlarning tarkibida o`tkaziladi, ularga alohida o`quv soatlari ajratilmasligi kerak. Bu ularning o`xshash tomonlaridir. Ammo oraliq nazoratning o`zigagina xos xususiyati mavjud. Taqqoslang; joriy_nazorat to`liq o`zlashtirishning dastlabki bosqichida (mavzu bo`yicha axborot to`plash jarayonida) o`tkazilsa, oraliq nazorat axborotlarga ishlov berish — masala darajasida o`zlashtirish, shuningdek, mavzu yoki bulim yuzasidan umumiy xulosalar chiqarish — tushuncha darajasida o`zlashtirish bosqichlarida o`tkaziladi. “Oraliq nazorat” iborasi uning joriy va yakuniy nazorat o`rtasida o`tkazilishiga ishora emas, aksincha, bilimlarni yuqori daraja (etalon darajasi)da o`zlashtirishga yaqinlashganlikka diqqatini qaratishdir.
Hozirgi, endigina shakllanib kelayotgan ta`lim texnologiyasi pedagogik amaliyotida joriy va oraliq nazoratda uy vazifalari, qo`shimcha topshiriqlar, ijodiy ishlarni tekshirish orqali o`zlashtirish ballarini to`llash moyilligi paydo bo`lyapti. Bu ma`qul tendentsiya emas. Bizningcha, uy vazifasi, qo`shimcha topshiriqlar, ijodiy ishlar, konstruktiv yumushlarnn ta`limning tashkiliy shakllari sifatida ajratish, maktabda o`tkaziladigan mashg`ulotlarga ilova ishlar deb qarash ma`qulqga o`xshaydi. Bunday ishlarning natijasi hisobga olinishi zarur. Ammo ularni bolaning ta`limni yangi sharoitlarda takrorlayotgani sifatida qarash lozim. Haqiqiy reyting testga aylantirilgan maqsadlar asosida o`tkazilsa, nazoratning samaradorligi yanada oshadi.
Shu yerda bir hodisaga tanqidiy munosabat bildirishni joiz deb topdik. Ta`lim texnologiyasi amaliyotida mavzu yoki bo`lim bo`yicha to`planishi lozim bo`lgan ballarning ko`p miqdori joriy va oraliq nazoratga, juda oz miqdordagi ballar yakuniy nazoratga to`g`ri kelyapti. Bu unchalik to`g`ri emas. Ish shu yo`sinda ketaversa, eskicha protsentomaniya — foizbozlik o`rniga, yangi “ballomaniya” — ballbozlik paydo bo`lmaydimi? Bu birinchi. Ikknnchidan, joriy va yakuniy nazorat faqat ball to`plash uchun emas, aksincha, bolalarni ogohlantirish o`zlashtirishda qaerga kelib qolganlarini ularga tushuntirish, ta`limga tuzatishlar kiritish, uni yana bir bor takrorlash. kabi tabaqalashgan-differensial ta`limning ehtiyojga aylanganini o`quvchilarga anglatish maqsadlarida o`tkaziladi. Binobarin, joriy va oraliq nazoratlarda ta`limiylik ustun bo`ladi.
Yakuniy nazorat joriy va oraliq nazoratdan butunlay farq qiladi: unga alohida o`quv soati ajratiladi: u o`quvchilar bilim darajasi etalon darajasiga ko`tarilgach o`tkaziladi; unga ta`lim natijasi ta`lim jarayonidan ajratiladi. Ko`rinadiki, yakuniy nazorat ta`limning borishi bilan emas. nuqul ta`lim natijasi bilan daxldor hodisadir. YAkuniy nazoratda bulim yoki mavzu bo`yicha ajratilgan o`quv elementlarining barchasini o`zlashtirish etalonga taqqoslab tahlil etiladi, umumlashgan test yoki testlar tizimi vositasida natija tekshirilib, baholanadi. Shu tufayli uni “nazorat ustiga qurilgan nazorat” deb qaraymiz. Reyting nazorati tizimini quyidagi chizma asosida tasavvur etish mumkin.

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish