Chunonchi: Agar biz AQSh pedagogikasidagi: a) bolani o ‘z kuchi-imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
b) o ‘quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro ‘yobga
chiqarish uchun kurash;
v) bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarini va g‘ururini
erga urmaslik;
g) o ‘quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish;
d) Vatanga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash va h.k
Yaponiya ta ’limidagi:
a) bolani maktabga puxta tayyorlash;
b) kichkintoylar ta ’lim va tarbiyasiga ota-onalar m as’uliyatini
kuchaytirish;
v) o ‘quvchilarni nafosat, jismoniy kamolotiga berilayotgan
e ’tibor;
g) o ‘qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
d) yosh talant sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
137
Mavzu yuzasidan topshiriq . 1. Yaponiya ta’lim tizimining qaysi jihatlari sizni qiziqtiradi? Izohlang. 2. AQShning ta’lim tizimidagi yangiliklar nimalardan iborat. 3.
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimi bilan Mustaqil 0 ‘zbekiston ta’limi tizimidagi o ‘xshashliklarni izohlab bering. 4. Yaponiyada o ‘qituvchi kadrlar tayyorlash malakasini sharhlang. 5. AQShda ta’lim tizimi qanday tuzilishga ega. 6. Jahonda eng yetakchi o ‘rinda turgan (oliy ma’lumotli mutaxassislar soni jihatidan) davlatlarni sanab bering. 7. Texnika jihatdian rivojlangan Yaponiyada o ‘qituvchi va o ‘quvchi munosabati qanday shakllantirilgan? Tavsiya etilgan adabiyotlar: 1. S. Nishonova. Pedagogika tarixi. 2. «Pedagogika tarixi» ma’ruzalar matni. 3.
Yoldoshev J.G\ Xorijda ta’lim. - Т.: Sharq, 1995.