bugungi kunimizga xizmat qilishi jihatidan ham z o 'r aham iyat
kasb etadi.
Yusuf Xos Hojib XI asrda - qoraxoniylar davrida yashab ijod
etgan. Adib haqidagi m a’lumotlar uning hozircha topilgan yagona
asari «Kutadg‘u-bilig» («Saodatga yo‘llovchi bilim»)da mavjud.
Asarda keltirilishicha, Yusuf Xos Hojibning tug‘ilgan joyi
K o‘z urdu (hozirgi Bolasog‘un) ekani, turli o‘lkalarga safar qilgani,
umrining nihoyasida esa Qashqarga kelganligi aytiladi. Demak, Yusuf
Xos Hojib 1019 milodiy yillarda Bolasog‘unda tug‘ilgan.
Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarini 50
yoshlaridan
yoza boshlagan. U 6500 bayt — 13000 misradai iborat.
Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, uni qoraxoniylar
hukmdori Tavg'achxonga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo‘lib,
muallifga Xos Hojiblik (mukarram eshik og‘aci) lavozimini beradi.
«Qutadg‘u bilig» asari katta shuhrat qozonadi.
Buni bilib qo‘ying!
Yusuf Xos Hojib faylasuf va qomusiy olim sifatida o ‘z asarida
quyidagi sohalarga oid fikrlarni bayon etadi:
Eslab qoling!
Qutadg‘u bilig - baxt va saodatga eltuvchi
bilim, ta'Iim degan ma’noni bildiradi.
35
Buni bilasizmi?
«Qutadg'u bilig» qator o ‘zbek olimlari
tom onidan tadqiq va
tahlil qilingan.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari pedagogika tarixida
ta ’limiy-axloqiy usulda yozilgan barcha asarlar uchun tamal toshi
hisoblanadi. Shoir X asrning o ‘rtalarida tashkil topgan qoraxoniylar
hukmronligi davrida yashab ijod etgan.
Qoraxoniylar dastlab Sirdaryodan Yettisuvgacha, Shimoliy
Farg‘ona va butun Sharqiy Turkistonda hukmronligini o ‘rnatgan,
36
so‘ng M ovarounnahrning
ichki hududlariga kirib borib, Qosh-
g‘ardan Kaspiygacha bo‘lgan keng maydonda o ‘z davlatini barpo
etgan edi.
M azkur tarixiy davrda Qoraxoniylar davlatini har tom onlam a
m ustahkam lash va boshqaruv siyosati ham da t a ’lim -tarbiya
usullarini yaxshilash uchun N izom — qomus zarur edi.
Ana shu zarurat tufayli «Qutadg‘u bilig» asari yaratildi. Bu
asarda Qoraxoniylar davlatining
idora usullarini yaratish, barcha
tabaqa, toifalardagi kishilarning huquq va burchlari,
jam iyatda
tutgan o ‘rni, davlatni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan mus
tahkamlash,
fuqarolarning madaniyati, m a’naviyatini kamolotga
yetkazish masalalari o ‘z ifodasini topgan.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari ta ’limiy-axloqiy
asar sifatida pedagogika tarixida eng yuqori o ‘rinlarda turadi.
Asar pandnom a uslubida bitilgan, unda aniq bir syujet yo‘q.
Asarning asosiy g ‘oyasi — to ‘rt qahram onning o 'zaro
bahs-
munozaralari vositasida ochilib boradi. Qahramonlarning nomlari
Do'stlaringiz bilan baham: