Maktabgacha ta’lim.
Bolalar bog‘chasi. Bolalar 3 yoshdan 6 yoshgacha bog‘chaga boradilar. Hozirgi
kunda Xitoyda 150 mingga yaqin bog‘chalar faoliyat olib bormoqda. Ular davlat
tasarrufidagi va xususiy bog‘chalarga bo‘linadi.
Boshlang’ich ta’lim. Xitoyda bolalar 6 yoshdan maktabga boradi va boshlang‘ich
ta‘limda 6 yil o‘qiydi. Asosiy o‘qitiladigan fanlar:
- xitoy tili,
- matematika,
- tabiiy fanlar,
- chet tillar,
-ma‘naviy tarbiya,
- musiqa,
- jismoniy tarbiya va b.
O’rta ta’lim: O‘rta ta‘lim 3 bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda ta‘lim bepul
bo‘lib, 3 yil o‘qitiladi. O‘quvchilar faqat darslik va daftarlar uchun pul sarflaydilar.
Birinchi bosqichda quyidagi fanlar o‘rgatiladi:
- matematika,
- xitoy tili,
- chet tili,
- fizika,
- ximiya,
- axloqiy tarbiya,
- informatika va b.
105
2-bosqich
Ikkinchi bosqichda yana 3 yil o‘qitiladi. To‘liq o‘rta ta‘lim 12 yil davom etadi.
3-bosqich
Bu bosqich 2 yil davom etadi. Bu bosqichda kasbiy va maxsus ta‘lim beriladi.
OLIY TA’LIM.
Xitoyda oliy ta‘lim 3 xil ko‘rinishga ega:
- maxsus o‘quv dasturlardan iborat kurslar (o‘qish muddati 2-3yil);
- bakalavriatura (4-5 yil);
- magistratura (2-3);
OO‘Yuni bitirgach, 3 ta ta‘lim darajasi beriladi:
- bakalavr,
- magistr,
- doktor.
Xitoy universitetlari: Iqtisodiyot va Xalqaro Savdo Xitoy Universiteti, Pekin
Politexnika Universiteti, Pekin Universiteti, Pekin Neft Universiteti, Pekinning
tillar va madaniyat Universiteti, Poytaxt Pedagogika Universiteti, Sinxua
Universiteti, Dalyan Chet tillar Universiteti, Lyaonin Pedagogika Universiteti,
Chuntsin Universiteti, Sian Transport Universiteti, Fudan Universiteti, Shanxay
Transport Universiteti, Shanxay Chet tillar Universiteti, Tzilin Universiteti,
Yanshan Universiteti, Xarbin Muhandislik Universiteti, Xebey Pedagogika
Universiteti, Chjestzyanskiy universiteti, Uxan Universiteti, Xitoy Okeanologiya
Universiteti, Lanchjou Universiteti, Xaynan Universiteti, Nankin Universiteti,
Guandun chet tillar va tashqi savdo Universiteti, Syamin Universiteti, Nankay
Universiteti, Tyantzin Universiteti, Yantay Universiteti, Xunan Pedagogika
Universiteti, Yunnan Universiteti, Shandun Moliya Instituti, Pekin universiteti.
Pekin Universiteti
Hozirda Pekin Universiteti Xitoyda asosiy oliy ta‘lim muassasasi hisoblanadi.
Uning tarkibida 31 ta kolleg, 12 ta fakultetlar mavjud. Darslar 101 ta bakalavrlik,
224 ta magistrlik, 202 ta doktorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tiladi. Universitetda
216ta ilmiy tadqiqot institutlari bor. Osiyoda eng katta hisoblangan kutubxona
Xitoyda joylashgan. Hozirda 46,074 talaba tahsil olmoqda. Ulardan 4000 nafari
dunyoning 80 davlatidan kelgan chet ellik talabalar hisoblanadi. Pedagogik
tuzilmasi 4574 teng. 2010 yil 200 kollej va universitetlarning dunyo bo‘yicha
reytingida 6 – o‘rinni Pekin universiteti egalladi.
Shanxay Universiteti
Shanxay universiteti Xitoyning eng nufuzli, yetakchi oliy ta‘lim muassasalaridan
biri hisoblanadi. Hozirgi kunda universitet mamlakat iqtisodiyotining turli soha va
tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan
mutaxassislarni tayyorlab bermoqda. Universitetda 58 ta bakalavr dasturi, 64 ta
magistr dasturi, muhanddislik ilmiy darajasi uchun 7 ta mutaxassislik dasturi,
axborot muhanddislik, matematika, elektronika va kommunikatsiya, metallurgiya,
dinamika sohalarini qamrab olgan 7 ta nomzodlik va 16 ta doktorlik dasturlari
mavjud. Bundan tashqari Shanxay universiteti 2010 kishilik professor –
o‘qituvchilar kontingentiga ega, ulardan 337 tasi professor va 687 tasi fan
106
nomzodlaridir. Ushbu professorlardan 7 tasi Xitoy muhandislik akademiyasi va
Xitoy fanlar akademiyasi akademiklaridir.
Bugungi kunda Shanxay universitetida 30 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Ushbu
universitetning 72 ta ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |