G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
 
58
https://studme.org/339535/ekonomika/postroenie_ekosistemy_organizatsionno_tehnologicheskiy_protsess 


237 
15.2. Jahonda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi 
Jamiyat 
raqamli 
transformatsiyasining 
muqarrarligi 
("Raqamlashtirilishi mumkin bo'lgan hamma narsa raqamlashtiriladi" – Den 
Reymer, 2016) va ushbu o'zgarish natijasida tashkiliy sohadagi agentlar 
uchun qanday kasbiy mahoratlarni rivojlantirish kerak?, qanday tashkiliy 
modellarni joriy etish kerak? qaysi harakatlar algoritmlarini qo'llash kerak? 
qanday xatti-harakatlar eng moslashuvchan hisoblanadi? kabi yangi savollar 
tugʻiladi. 
40-rasm. Jahon internet trafigi diagrammasi
Raqamli transformatsiya barcha jarayonlar va o'zaro ta'sirlarni 
tezlashtiradi, ularni real vaqt rejimiga o'tkazadi, bu esa barcha 
aktor(ishtirokchi)larning o'zaro bogʻliqligi va o'zaro ta'sirini kuchaytiradi. 
Tarmoqli o'zaro aloqa, agar hamma hamma bilan bogʻlangan bo'lsa va real 
vaqt rejimida ulanishlarni amalga oshira olsa, ishtirokchilardan tarmoqda 
o'zlarini aniq joylashtirilishi, roli va funksionalligini aniqlash talab etiladi. 
Inson omilini ko'plab ijtimoiy-iqtisodiy munosabat jarayonlaridan 
chetlashtiradigan buyumlar Internetining (IoT) rivojlanishi jismoniy va 
raqamli olamni birlashtiradi, funktsiyalarning takrorlanishini diagonal 
ravishda olib tashlaydi, sanoat chegaralarini yo'q qiladi, ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytiradi (yo'q qiladi), shu jumladan, "vertikal vaqt” va 
tashkiliy tizim konturlarini texnologik jihatdan kengaytiradi. 
Big Data analitikasi va sun'iy intellektning o'sib borayotgan 
imkoniyatlari yaqin vaqtlargacha texnologik jihatdan imkonsiz bo'lgan 
sheriklikni kuchaytirmoqda (masalan, noan'anaviy ma'lumotlar skoringi, 
B2B operatsiyalarini aqlli skoringi). 
Bular yangi turdagi tashkiliy tuzilma – ekotizimning paydo bo'lishi va 
kengayishi uchun zarur shartlardir. 


238 
Raqamli iqtisodiyot umuman iqtisodiyotni o'zgartirmoqda. Jumladan
fond birjasida savdolar bilan shugʻullanadigan robotlarni misol keltirish 
mumkin. Robotlar o'zgaruvchan sharoitlarga odamlarga qaraganda tezroq 
javob berishga qodir, chunki ularda foydalilik va xavflarni hisoblash uchun 
zamonaviy algoritmlar yaratilgan.
2019 yil iyul oyida McKinsey konsalting kompaniyasi kelgusi yillarda 
hayotni, biznesni va global iqtisodiyotni o'zgartirishi mumkin bo'lgan 
texnologiyalar, jumladan, mobil internet, haydovchisiz mashinalar va 
zamonaviy genomika haqida hisobotni taqdim etdi
59

Tahlilchilarning prognozlariga ko'ra, 2025 yilga kelib, ushbu 
texnologiyalarni joriy etishdan potentsial iqtisodiy samara 14-33 trillion 
AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu prognoz asosiy potentsial imtiyozlarni, 
shu jumladan nisbatan sifatli mahsulotlar va arzon narxlarni chuqur tahlil 
qilishga asoslangan.
Hisobot quyidagi texnologik yo'nalishlarni o'z ichiga oladi: 

Mobil Internet; 

Avtomatlashtirish; 

Buyumlar interneti; 

Bulutli hisoblashlar; 

Rivojlangan robototexnika; 

Avtonom transport vositalari; 

Keyingi avlod genomikasi; 

Yangi energiya saqlash vositalari; 

3D bosib chiqarish; 

Yaxshilangan materiallar va yoqilgʻi; 

Qayta tiklanadigan energiya manbalari.
Hozirgi kunda dunyodagi voqelikdan xabardor yirik kompaniyalar 
raqamlashtirish, bulutli texnologiyalar va tarmoqni yangilashdan iborat 
infratuzilmaga 
e'tibor 
qaratishmoqda. 
Raqamlashtirish, 
raqamli 
iqtisodiyotning shakllanishi iste'molchilar, davlat va umuman jamiyat uchun 
ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi. 
Raqamli iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash bo'yicha dunyodagi etakchi 
davlatlar qatorida Singapur, Xitoy, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va 
Daniya kabilarni sanab oʻtish mumkin. Mamlakatlar texnologiyalarni 
59
https://news.myseldon.com/ru/news/index/213613787 


239 
raqamlashtirish va yuqori darajadagi tashabbuslarni amalga oshirdi. 
Jumladan, 2014 yilda Singapur o'zining Smart Nation kontseptsiyasini 
asoslab berdi va ushbu kontseptsiyani amalga oshirish uchun biznes 
hamjamiyatini taklif qildi. "Smart Nation" Kontseptsiyasi – davlat 
korxonalari raqamli texnologiyalarni aholining kundalik hayotiga kiritish 
orqali hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Ushbu kontseptsiyani amalga 
oshirish uchun nafaqat yirik kompaniyalar, balki kichik va o'rta biznes 
vakillari ham jalb qilingan. Smart hisoblagichlar bilan jihozlangan shahar 
bloklari datchiklar orqali elektr, suv va boshqalarning sarflanish 
ko'rsatkichlarini real vaqt rejimida kuzatadilar. Olingan ma'lumotlar 
hukumatga shahardagi suv iste'molini yaxshilash va toza suv import 
qiladigan Malayziyadan qaramlikni kamaytirishga yordam beradi. Sensorlar 
yordamida fuqarolar resurslarni sarflanishini kuzatib borishi va uy 
xarajatlarini qanday kamaytirish boʻyicha ko'rsatmalar berishi kerak. Avvalo, 
dastur ishtirokchilari uy-joy, sogʻliqni saqlash (bemor uydan chiqmasdan 
yordam olishi, masofadan turib shifokor bilan bogʻlanishi) va transport 
tarmogʻi (haydovchisiz avtomobillar va avtobuslar) muammolarini hal qilish 
bilan shugʻullanishadi. Ushbu tizimlarning barchasi birgalikda Virtual 
Singapur deb nomlangan ekotizimni hosil qiladi. Shunindek, real vaqt 
birligida sayyohlar yo'llardagi tirbandlikni kuzatib borish, xavfsizlik 
kameralaridan ma'lumotlarni ko'rishlari mumkin. 
Dunyoning rivojlangan davlatlari iqtisodiyotida xizmat ko'rsatish 
sohasi ustunlikka egaligi va ular asosida axborot texnologiyalarining paydo 
bo'lishi bilan ajralib turadi. Biroq, jamiyat taraqqiyotdan to'xtamaydi, uning 
yanada rivojlanishi va xizmat ko'rsatish sohasining ishlab chiqarishga 
nisbatan ustunligi ortib borishi, bunda axborot texnologiyalari va IT sektori 
muhim rol o'ynay boshlaganligi, kishilarni har qanday xizmatdan foydalanish 
mexanizmini sezilarli darajada soddalashtirdi. Internetning rivojlanishi va 
global tarmoqqa kirish narxining pasayishi, umuman, insoniyat hayotini va 
xususan iqtisodiyotini o'zgartirgan haqiqiy axborot (raqamli) inqilobiga 
aylandi. 
Raqamli iqtisodiyot, ya'ni yangi imkoniyatlarning paydo bo'lishi, 
albatta, inson hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Raqamli texnologiyalarning 
rivojlanishi tufayli iste'molchi kerakli xizmatlarni tezda olishi, Internet-
do'konlarda arzon narxlarda mahsulot sotib olib, pulni tejashga qodir. Oxir-


240 
oqibat, iste'molchi hatto o'z biznesini onlayn ravishda boshlashi, uydan 
chiqmasdan tadbirkor bo'lishi mumkin. 
Jahon banki 2016 yildagi hisobot-sharhida raqamli iqtisodiyot mehnat 
unumdorligini o'sishiga, kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirishga, 
ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga, yangi ish o'rinlarini yaratishga, 
qashshoqlik va ijtimoiy tengsizlikka barham berishga yordam berishini 
ta'kidlab oʻtilgan. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish