Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1.
Innovatsion infratuzilma nima va uning milliy iqtisodiyotdagi oʻrni
qanday?
2.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishning asosiy shakllari qanday?
3.
Ilmiy-konstruktorlik va loyihaviy-texnologik tashkilotlar nima?
4.
Texnopark, biznes-inkubator, start-ap va boshqa tizimlar qanday
tashkiliy tuzilishga ega?
5.
Oʻzbekistonda innovatsion texnologik parklar qanday yoʻnalishlarda
faoliyat yuritadi?
6.
Texnologiyalar transferi markazining vazifalari nimadan iborat?
7.
Innovatsion klasterlar qanday samara beradi?
8.
Venchur tashkilotlarining faoliyati nimaga qaratilgan?
9.
Innovatsiya markazlari nima va ularning vazifalari nimadan iborat?
14-amaliy mashgʻulot
Topshiriq
Innovatsion infratuzilma sub’yektlaridan biriga “ESSE” yozing.
230
XV BOB. INNOVATSION IQTISODIYOT – RAQAMLI
IQTISODIYOTGA OʻTISHNING ASOSI SIFATIDA
15.1. Raqamli iqtisodiyot va uning shakllanishi
Dunyo doimo oʻzgarib bormoqda va soʻnggi yillarda ilgʻor
texnologiyalar
va
innovatsiyalarning
iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi
ahamiyati tobora koʻproq yangramoqda. Eng yangi texnologiyalar ishlab
chiqarish va biznes jarayonlarining samaradorligini oshirishi mumkin. Eng
yangi texnologiyalar inson faoliyatining barcha yangi sohalariga kirib borishi
bilan an’anaviy yondashuvlar va ish uslublari oʻzgaradi.
1995 yilda biznes va konsalting boʻyicha kanadalik mutaxassis Donald
Tapskott global iqtisodiyot tendentsiyalarini tavsiflash uchun moʻljallangan
yangi atamani taklif qildi – “raqamli iqtisodiyot”. Tapskot oʻz asarlarida
odamlarning turmush tarzi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
ta’siri ostida qanday oʻzgarishi mumkinligini va oʻzgarishi kerakligini
tavsiflab berdi va foydalanuvchilar oʻrtasidagi aloqalarga - birinchi navbatda
turli jugʻrofiy joylar, faoliyat sohalari va boshqalardagi odamlar oʻrtasidagi
tarmoq oʻzaro munosabatlari imkoniyatlariga e’tiborni qaratdi. Bu yangi
iqtisodiyotning asosi boʻlgan axborot aloqalarining koʻchkiga oʻxshash
oʻsishi boʻlib, raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ga
asoslangan iqtisodiyot deb ataladi.
Hozirda toʻrtinchi sanoat inqilobi yoki IR-4.0 (Industrial revolution
4.0), ma’lum boʻlganidek, kiber-fizik tizimlar, neyrotexnologiyalar, sun’iy
intellekt, katta hajmli ma’lumotlar, robototexnika, bulutli hisoblash,
nanotexnologiya, kvant kompyuter, biotexnologiya, buyumlar interneti,
beshinchi avlod simsiz texnologiyalar (5G), 3D bosib chiqarish tizimlar
kombinatsiyasini anglatadi. (38-rasm.)
Toʻrtinchi sanoat inqilobi iborasi birinchi marta Jahon iqtisodiy
forumining ijrochi raisi Klaus Shvab tomonidan 2015 yil tashqi ishlar
boʻyicha maqolasida e’lon qilingan, "Toʻrtinchi sanoat inqilobini
oʻzlashtirish" Jahon iqtisodiy forumi yillik yigʻilishining 2016 yilgi mavzusi
boʻlgan. 2016 yil 10 oktyabr kuni Forum San-Frantsiskoda Toʻrtinchi Sanoat
Inqilobi markazining ochilishini e’lon qildi.
Ushbu toʻrtinchi inqilobda fizik, raqamli va biologik olamlarni
birlashtirgan bir qator yangi texnologiyalar paydo boʻldi.
231
Do'stlaringiz bilan baham: |