II bob. AVTOMOBIL DVIGATELLARINI ISHGA TUSHIRISH TIZIMI
2.1.
Umumiy ma’lumotlar
Avtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini maj-
buriy ravishda aylatirishni ta’minlovchi moslamalar majmuisidan iborat. Ichki
yonuv dvigatellarini ishga tushirish uchun mexanik startyorli, benzin dvigatelli,
pnevmatik,
gidropnevmatik
va
elektrostartyorli
tizimlar
qo‘llaniladi.
Avtomobillarda boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan
elektrostartyorli ishga tushirish tizimi tatbiq topgan. Bu tizim ixcham,
ishlatishdagi ishonchlilik darajasi etarli darajada yuqori va murakkab bo‘lmagan
elektrotexnik va elektron moslamalar yordamida dvigatelni ishga tushirish
jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati bor.
Elektrstartyorli ishga tushirish tizimi tarkibiga (2.1-rasm) akkumulatorlar
batareyasi II, startyor I va dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar
VII kiradi.
Akkumulatorlar batareyasi, elektr ta’minot va dvigatelni ishga tushirish
tizimlari uchun umumiy element hisoblanadi. Elektr ta’minot tizimida
akkumulatorning razryad toki (0,5-0,7) C
20
dan ortmasa, startyor rejimida
ishlaganda, qisqa vaqt davomida, lekin qiymati katta (
1500 A gacha) tok bilan
razryad bo‘ladi. Shuning uchun, akkumulatorning sig‘imi, razryadlanganlik
darajasi, elektrolit temperaturasi kabi batareya holatini belgilovchi omillar startyor
tavsifnomasiga va demak, dvigatelning ishga tushirish jarayoniga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
Akkumulatorlar batareyasi dvigatelni ishga tushirish jarayonida,
kuchlanishi belgilangan minimal qiymatdan (12 V li tarmoq uchun 6-8 V)
kamaymagan holda, ma’lum miqdorda elektr toki berishi zarur. Akkumulatorlar
batareyasining kuchlanishini pasayishining bu chegarasi, bir tomondan startyorni
dvigatelning tirsakli valini ishga tushish chastotasidan kam bo‘lmagan chastota
bilan aylantirishini ta’minlash vazifasi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘t
oldirish sistemasi (karbyuratorli dvigatellar uchun) barqaror ishlashi uchun zarur
bo‘lgan minimal kuchlanish qiymati bilan belgilanadi.
Startyor elektrodvigatel III, tortish relesi IV va yuritma mexanizmi V dan
iborat. Elektrodvigatel sifatida ketma-ket yoki aralash uyg‘otish tizimiga ega
bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinasi ishlatiladi. U quyidagi asosiy nominal
parametrlari bilan tavsiflanadi: kuchlanishi
U
sn
(12,24 V) quvvati
R
sn
,
aylanishlar
chastotasi
n
, burovchi momenti
M
sn
va quvvatning maksimal qiymatidagi tok
I
sn
. Startyor juda qisqa vaqt davomida (10-15 s) ishlaganligi tufayli uning
zanjirlaridan o‘tadigan tok va maksimal quvvati uning elektrodvigateli
chulg‘amlarining qizib ketish xavfi bilan cheklanmaydi.
Tortish relesi yuritma shesternyasi 6 ni maxovikning tishli gardishi 7 bilan
ilashishini ta’minlaydi va lappaksimon kontakt 1 yordamida startyor
elektrodvigateli zanjirini akkumulatorlar batareyasiga ulaydi.
Yuritma mexanizmi dvigatel VI ni ishga tushirish jarayonida startyor
elektrodvigateli yakoridan tirsakli valga burovchi momentni uzatish va dvigatel
97
ishga tushgandan keyin maxovikdan elektrodvigatel yakoriga, ya’ni teskari
yo‘nalishda aylanma harakat uzatilishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasini bajaradi.
Dvigatelni ishga tushirish sistemasi quyidagicha ishlaydi. O‘t oldirish
kalitidagi normal ochiq kontaktlar "K" tutashtirilganda, tortish relesi chulg‘ami
2 dan tok o‘tadi va rele elektromagnitining tortish kuchi ta’sirida o‘zak 3
chulg‘am ichiga tortiladi. Bu bilan bir vaqtda o‘zak o‘qi bilan bog‘langan
pishang 5, yuritma mexanizmi shesternyasi 6 ni yakor vali bo‘ylab harakatlantirib
maxovikning tishli gardishi 7 bilan ilashtiradi. Startyor shesternyasi
maxovikning tishli gardishi bilan to‘la ilashishi daqiqasida elektromagnit o‘zak
o‘qining ikkinchi uchida joylashgan relening lappaksimon kontakti elektrdvigatel
zanjirini akkumulatorlar batareyasiga ulaydi. Elektrodvigatel ishga tushadi va
dvigatel tirsakli valini aylantira boshlaydi. Dvigatel ishga tushgandan so‘ng "K"
kontakt o‘zining oldingi, ya’ni normal ochiq holiga keltiriladi va tortish relesi
chulg‘amining zanjiri uziladi, natijada qaytarish prujinasi 4 ta’sirida elektromagnit
o‘zagi o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Bunda tortish relesining lappaksimon
kontakti startyor elektrodvigateli zanjirini akkumulatordan uzadi va pishang 5
ning harakati natijasida yuritma mexanizmining shesternyasi maxovikning tishli
gardishi bilan ilashishdan chiqadi va o‘zining oldingi holatiga qaytadi.
Atrof muhit harorati - 30
0
С dan past bo‘lgan hollarda dvigatel ishga
tushishini yengillatuvchi moslamalar qo‘llaniladi. Yengillatuvchi vositalar tirsakli
valning aylanishga qarshilik momentini kamaytirish hisobiga uning aylanish
chastotasini oshirish, yonilgi-havo aralashmasini tayyorlash va o‘t oldirish
sharoitlarini yaxshilash vazifasini bajarishga mo‘ljallangan moslamalardan
iboratdir. Ishga tushirishni yengillatuvchi usul va moslamalarni tanlash dvigatel
turiga, uning tuzilishidagi o‘ziga xos tomonlariga, ishlatish sharoitlariga va
iqtisodiy omillarga bog‘liq.
2.1-rasm. Dvigatelni ishga tushirish
tizimining umumiy sxemasi
I-startyor; II-akkumulatorlar batareyasi; III-
elektrodvigatel; IV-tortish relesi; V-yuritma
mexanizmi; VI-dvigatel; VII-ishga tushirishni
yengillatuvchi
moslamalar.
1-lappaksimon
kontakt,
2-elektromagnit
chulg‘ami,
3-
elektromagnit o‘zagi , 4- prujina, 5-pishang, 6-
shesternya, 7- maxovik, "K"-normal ochiq
kontaktlar
98
Do'stlaringiz bilan baham: |