G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

1600 bar
 gacha oshirilishi; 

 
purkash daqiqasini ma’lum doirada o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi; 

 
yonilg‘ini dastlabki va qo‘shimcha purkalishini ta’minlanishi; 

 
dvigatelning  ishlash  sharoitlariga  ko‘ra,  yonilg‘i  purkash  bosimini 
230...1600 bar
 doirasida rostlash mumkinligi. 


 
277 
Akkumulatorli  purkash  tizimini  joriy  qilinishi  solishtirma  quvvatni  oshirish, 
yonilg‘i  sarfini  kamaytirish,  hamda  shovqin  darajasi  va  chiqindi  gazlarning 
toksinligini pasaytirish uchun yaxshi zamin yaratdi. 
Common Rail akkumulator tizimi quyidagilardan tashkil topgan (6.26-rasm). 

 
Past bosim konturi (yonilg‘i baki 1, filtr 2, past bosim nasosi 3); 

 
Yuqori  bosim  konturi  (yuqori  bosim  nasosi  4,  yuqori  bosimli  yonilg‘i 
akkumulatori 7, forsunkalar 8 , yuqori bosim quvurlari) 

 
Elektron  boshqarish  tizimi  (elektron  boshqarish  bloki  11,  datchiklar  10, 
ijrochi mexanizmlar 9) 

 
Havo uzatish va chiqindi gazlarni chiqarib yuborish tizimlari 
Akkumulatorli  purkash  tizimning    muhim  elementlaridan  biri  –  tezkor 
harakatlanuvchi  elektromagnit  klapanli  forsunkadir.  U  purkagichni  ochish  va 
yopish hisobiga yonilg‘ini har bir silindrga purkash jarayonini rostlaydi. 
Hamma  forsunkalar  yuqori  bosimli  yonilg‘i  akkumulatoriga  ulangan. 
Common Rail
 akkumulatorli purkash tizimining modul ko‘rinishida yasalishi, uni 
muayyan dvigatelga moslashuvini  yengillashtiradi. 
Akkumulatorli yonilg‘i purkash tizimining ishlashi, yuqori bosim hosil qilish 
va  yonilg‘ini  purkalishini  ta’minlash  jarayonlarini  bir-biridan  ajratilganligiga 
asoslangan.  Dizelning  elektron  bloki  motorning  hamma  elementlarini  alohida 
boshqaradi.  Yuritmani  dizeldan  oladigan  yuqori  bosim  nasosi  (YUBN)  4  tirsakli 
valning  aylanish  chastotasi  va  yonilg‘i  sarfiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  uzluksiz 
ishlab,  yonilg‘i  akkumulatori  7  da  ma’lum  o‘zgarmas  bosim  hosil  qiladi.  Bu, 
Common  Rail  tizimiga  taalluqli  yuqori  bosim  nasosini,  an’anaviy  tizimlardagi 
6.26 – rasm. 
Common Rail
 purkash tizimi 
1-yonilg‘i  baki;  2-filtr;  3-  past  bosimli  yonilg‘i  nasosi;  4-  yuqori  bosimli    yonilg‘i 
nasosi; 5- reduktsiya klapani; 6- bosim datchigi; 7 – yonilg‘i to‘plagich (akkumulator); 
8-  forsunkalar;  9  –  EBB  dan  ijrochi  mexanizmlarga  uzatiladigan  signallar;  10- 
datchiklardan EBB ga uzatiladigan signallar; 11- EBB 


 
278 
nasoslarga  nisbatan  ancha    ravon,    burovchi  momenti  va  unumdorligi  keskin 
o‘zgarishlarsiz ishlashini ta’minlaydi. 
Yonilg‘i  bosimini  o‘zgarmas  holda  saqlab  turish  uchun  maxsus  bosim 
rostlash  klapani  ko‘zda  tutilgan.  Akkumulator  7  da  to‘plangan  yuqori  bosim 
ostidagi yonilg‘i purkashga tayyor holda bo‘ladi. 
Akkumulatordan  qisqa  quvurlar  orqali  forsunkalarga  uzatilgan  yonilg‘i 
bevosita dvigatel silindrlarinng yonish kamerasiga purkaladi. Forsunka purkagich 
va  tez  ishlovchi  elektromagnit  klapandan  tashkil  topgan.  Elektromagnit  klapan, 
mexanik  yuritma  orqali,  elektron  blokdan  kelgan  signal  asosida  purkagich  ishini 
boshqaradi. 
Purkalanayotgan  yonilg‘i  miqdori  elektromagnit  klapanning  ochilish 
davomiyligiga  proporsional  bo‘lib,  tirsakli  valning  aylanishlar  chastotasiga 
bog‘liq bo‘lmaydi. 
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish