G‘. N. Mahmudov


 Kontaktli  o‘t  oldirish tizimi  jihozlarining  tuzilishi



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

3.2.5. Kontaktli  o‘t  oldirish tizimi  jihozlarining  tuzilishi 
 
   
O‘t  oldirish  g‘altagi.
   Magnit  zanjirining  tuzilishiga  ko‘ra,  o‘t  oldirish 
g‘altaklarining  ikki  turi  mavjud:  magnit  o‘tkazichlari  uzuq  va  tutash  g‘altaklar. 
Kontaktli  o‘t  oldirish  tizimida  tuzilishi  sodda    bo‘lgan    magnit    o‘tkazgichlari  
uzuq  g‘altaklar  tatbiq  topgan.  Bundan  tashqari,  o‘t  oldirish  g‘altaklar 
chulg‘amlarining o‘ralish tartibi bilan ham farqlanib, birlamchi chulg‘ami ichki va 
tashqi  o‘ralgan  g‘altak  bo‘lishi  mumkin.  Sovutish    sharoitlari  yaxshiligi  va 
ikkilamchi chulg‘amga sarflanadigan sim hajmi va uning qarshiligi kam bo‘lishini 
hisobga  olib,  hamdustlik  mamlakatlarida    ishlab  chiqarilayotgan  avtomobillarda 
asosan birlamchi chulg‘ami tashqi o‘ralgan o‘t oldirish g‘altaklari ishlatiladi. 
   O‘t  oldirish  g‘altagining  tuzilishi    3.13  -rasmda  keltirilgan.  G‘altak  o‘zagi  4,  
uyurma  toklarni  kamaytirish  maqsadida  qalinligi  0,35  mm  bo‘lgan,  bir-biridan  
kuyki  bilan  izolyasiya  qilingan  elektrotexnik  po‘latdan  tayyorlangan  alohida  
plastinalardan  yig‘ilgan.  O‘zakka  transformator  moyi  singdirilgan  karton 
quvurcha  5  kiygizilib,  uning  ustiga  diametri  0,07-0,09  mm  usti  sirlangan  mis 
simli,  o‘ramlar  soni  18000-25000  chegarasida  bo‘lgan  ikkilamchi  chulg‘am  6 
o‘ralgan.  Bu chulg‘am  yuqori kuchlanishli tok ta’sirida  ishlaganligi uchun  uning 
har  bir  o‘ram  qatlamlari  bir-biridan  kabel  qog‘ozi  bilan  ajratiladi.  Bundan 
tashqari,  qisqa  tutashish  xavfini    kamaytirish  maqsadida  oxirgi  qatlamlardagi 
o‘ramlar orasida 2-3 mm tirqish qoldiriladi. 
   Diametri  0,52-0,86  mm  o‘ramlar  soni  180-330  chegarasida  bo‘lgan  sirlangan 
mis simli birlamchi chulg‘am 8 ikkilamchi chulg‘am ustidan o‘raladi. Ikkilamchi 
va birlamchi chulg‘amlar orasiga elektrotexnik kartondan tayyorlangan quvurcha 
7    joylashtirilgan.  Chulg‘amlarning  bu  tarzda  joylashtirilishi  ish  jarayonida 
ko‘proq  qiziydigan  birlamchi  chulg‘amdan  ajralib  chiqqan  issiqlikni  tashqi 
muhitga  tarqatishni  osonlashtiradi.  G‘altak  chulg‘amlari  sirtqi  tomonidan  5-6 
qavat transformator qog‘ozi bilan o‘raladi. 
   G‘altak  o‘zagi  va  unga  o‘ralgan  chulg‘amlar  po‘latdan  shtamplash  yoki 
alyuminiy qotishmalaridan quyish yo‘li bilan tayyorlangan qobiq 2  ning tagidagi  
chinni izolyator 9 ga o‘rnatiladi. G‘altak chulg‘amlari atrofidagi magnit  oqimini  
ko‘chaytirish    maqsadida    qobiq    bilan  chulg‘amlar  orasiga  elektrotexnik 
po‘latdan  yasalgan  ikkita  yarim  silindr  sirtdan  iborat  magnit  o‘tkazgich  3 
joylashtirilgan.  Chulg‘amlar  va  qobiq    orasidagi    bo‘shliqlarga    izolyasiya  


 
143 
to‘ldirgichlar qo‘yiladi: erish temperaturasi 145-160
0
C bo‘lgan rubraks (Б1, Б7 ... 
belgili  g‘altaklarda)  yoki  transformator  moyi  (Б13,  Б115,  Б117  ...  belgili 
g‘altaklarda).   
   G‘altak qobig‘i ustki tomonidan karbolit qopqoq 13 bilan berkitiladi.  Zichlikni 
ta’minlash  uchun  qobiq  2  va  qopqoq  13  orasiga  rezina  halqa  12  joylashtiriladi. 
Qopqoqdan to‘rtta klemma chiqarilgan.  Past kuchlanishli klemmalar 17 (ВK) va 
18 (belgisiz) ga birlamchi chulg‘am uchlari ulanadi. Ikkilamchi chulg‘amning bir 
uchi  kontakt  plastinasi  1  orqali  yuqori  kuchlanish  klemmasi  16  ga  chiqariladi,  
ikkinchi  uchi  esa  birlamchi  chulg‘amning  bir  uchiga  g‘altakning  ichida  ulanadi 
(avtotransformator sxemasi  bo‘yicha ulanish). Prujina 15 plastina 1 ni klemma 16 
ga  siqib  turadi  va  ular  orasida  kontakt  yaxshi  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Qopqoq 
ichida  plastina  4  ni  yuqori  kuchlanish  klemmasi  16  ga  tutashgan  joyi  izolyasiya 
vtulkasi  14  bilan  qo‘shimcha    ravishda    himoyalangan.  Qopqoqdagi  past 
kuchlanishli klemmalar 17 (ВK) va 19 (ВK-Б) ga qo‘shimcha qarshilik (variator) 
ulanadi. Variator ikki qismdan iborat sopol ushlagichlar 10 orasiga joylashtirilgan 
spiralsimon  qarshilik  11  dan  iborat  bo‘lib,    u  o‘t  oldirish  g‘altagidagi  tayanchga 
mahkamlangan.  G‘altakning  klemmalari  tashqi  zanjir  bilan  quyidagicha 
bog‘langan:  yuqori  kuchlanishli  klemma  16  -  taqsimlagichning  markaziy 
klemmasiga,    klemma  18  -  uzgichga,  klemma  19  -  tok  manbaiga  va  klemma  17- 
o‘t oldirish kalitidagi startyor ulagichiga ulanadi. 
3.13-rasm. O‘t oldirish g‘altagi. 


 
144 
   Ba’zi  o‘t  oldirish  tizimlarida  (masalan,  ВАЗ  turkumidagi  avtomobillarida) 
elektr  ishga  tushirish  tizimlarining  tavsifnomalari  yuqori  samaradorli  bo‘lgani 
tufayli,  dvigatelni  ishga  tushirish  jarayonida  akkumulatorlar  batareyasining 
kuchlanishining  pasayishi  uncha  katta    bo‘lmaydi  va  birlamchi  tok  zanjiriga 
qo‘shimcha qarshilik (variator) qo‘yishga ehtiyoj qolmaydi. 
    

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish