Uzgich-taqsimlagich.
Uzgich-taqsimlagich,
o‘t oldirish g‘altagining
birlamchi chulg‘am tok zanjirini belgilangan davriylik bilan uzib-ulab turish va
yuqori kuchlanishni silindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda o‘t oldirish
shamlariga taqsimlash hamda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini dvigatelning
aylanishlar chastotasi va yuklamasiga ko‘ra avtomatik ravishda o‘zgartirib turish
uchun xizmat qiladi.
3.14 rasmda ЗИЛ-130 avtomobillarida o‘rnatilgan Р-4Д belgili uzgich-
taqsimlagichning tuzilishi keltirilgan. U uzgich, taqsimlagich, markazdan qochma
va vakuum rostlagichlar, oktan-korrektor va kondensatordan tashkil topgan.
Cho‘yan qobiq 3 ga ikkita mis-grafit vtulkalar 4 presslangan bo‘lib, ularda uzgich
kulachogi 14, taqsimlagich rotori 9 va o‘t oldirish ilgarilatish burchagining
markazdan qochma rostlagichi 5 ning yuritmasi bo‘lgan val 1 aylanadi. Odatda,
uzgich-taqsimlagich vali harakatni shesternya-shlisli yoki kulachokli yuritma
yordamida dvigatelning gaz taqsimlash validan yoki moy nasosi valining
yuritmasidan oladi. Moy nasosi yuritmasining vali bilan to‘g‘ri holatda ilashishini
ta’minlash maqsadida val 1 ning pastki qismi nosimmetrik kesikka ega. Parchin
mix yordamida mahkamlangan vtulka 2, valni o‘q bo‘yicha siljishdan cheklaydi.
Uzgichning qo‘zg‘almas lappagi 6 qobiq 3 ga ikkita murvat bilan mah-
kamlangan. Qo‘zg‘almas lappakka o‘rnatilgan zo‘ldirli podshipnik 16 ning ichki
halqasiga uzgichning qo‘zg‘aluvchi plastinasi 15 o‘tkazilgan bo‘lib, bu vakuum-
3.14 rasm. P-4Д belgili uzgich-taqsimlagich.
145
rostlagich 18 ning ishlash jarayonida
plastina 15 engil harakatlanishini
ta’minlaydi. Birlamchi zanjir qarshiligini
kamaytirish va podshipnik orqali tok
o‘tib, u ishdan chiqishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun
uzgichning
qo‘zg‘almas lappagi va qo‘zg‘aluvchi
plastina-lari
o‘zaro
ko‘p
jilg‘ali
egiluvchan mis o‘tkazgich 20 yordamida
ulanadi.
Uzgich
qo‘zg‘almas
kontaktining
plastinasi
uzgich
pishangchasi 23 o‘qiga o‘rnatilgan va
ekssentrik 22 yordamida uni bu o‘q
atrofida aylantirish va shu yo‘sinda
kontaktlar orasidagi tirqishni rostlash
mumkin. Qo‘zg‘almas kontakt plastinasi
murvat 24 bilan
lappak 6
ga
mahkamlangan.
Uzgich
kontaktlari
qattiqligi va erish temperaturasi yuqori
bo‘lgan volframdan yasaladi. Uzgich
pishangchasi
23
ga
tekstolitdan
tayyorlangan yostiqcha va plastinasimon
prujina
mahkamlangan.
Prujina
pishangcha
uchiga
o‘rnatilgan
qo‘zg‘aluvchi kontaktni qo‘zg‘almas
kontaktga
tirab
turadi.
Prujinaning
ikkinchi
uchi
murvat
yordamida
tirgakchaga mahkamlangan. Tirgakcha
qobiqdan izolyasiya qilingan bo‘lib, u
egiluvchan mis o‘tkazgich bilan uzgich
qisqichi 26 ga ulangan. Prujinadan tok
o‘tib, uning qayishqoqligini yo‘qolishini
oldini olish uchun, u bilan birga (ya’ni
parallel zanjir sifatida) qalaylangan mis
plastinasi mahkamlanadi.
Sakkiz qirrali uzgich kulachogi vtulka
17 ga presslangan. Kulachok aylanganda
uning qirralari uzgich pishangchasiga
mahkamlangan
tekstolit
yostiqchaga
ta’sir qilib, kontaktlarni uzib-ulab turadi.
Kulachok namatdan tayyorlangan fils-
cho‘tka 25 ga singdirilgan moy bilan
moylanib turadi. Kulachok o‘q bo‘ylab
yuqoriga harakatlanishi val 1 ning yuqori uchiga mahkamlangan qulfli halqa 13
bilan cheklanadi. Namat fils 8 val 1 dan uzgich ustiga moy sachrashidan saqlaydi.
3.15rasm. 30.3706 belgili
uzgich-taqsimlagich.
1–moy qaytaruvchi lappak, 2–shtift, 3–
shayba, 4–qobiq, 5–fils, 6–moydon, 7–
uzgich, 8–markazdan qochma rostlagich, 9–
taqsimlagich yugurdagi, 10–ko’mir kontakt,
11–qopqoq, 12–yugurdakni mahkamlovchi
murvati, 13–prujinali mahkamlagich, 14–
kulachok,
15–val,
16–vtulka,
17–
kondensator, 18–kondensatorni mahkamlash
murvati
.
146
Kulachok vtulkasi 17 ning yuqori uchidagi kesikka kat’iy belgilangan holatda
taqsimlagich yugurdagi 9 o‘rnatiladi. Uzgich-taqsimlagich qobig‘i karbolitdan
tayyorlangan qopqoq bilan berkitilib, ikkita plastinasimon prujinalar 7 bilan
mahkamlanadi. Qopqoqning markazida joylashgan uyachadan o‘t oldirish
g‘altagining ikkilamchi chulg‘amiga tutashgan markaziy, yuqori kuchlanishli
o‘tkazgich kiritilib, chekka qismida doira bo‘ylab joylashgan va soni silindrlar
soniga teng bo‘lgan uyachalar 11 dan o‘t oldirish shamlariga tutashadigan yuqori
kuchlanishli o‘tkazgichlar chiqariladi. Qopqoqning markaziy uyachasiga ko‘mir
kontakt 12 joylashtirilib, u prujina yordamida yugurdakni jezdan yasalgan tok
taqsimlash plastinasiga tirkab turiladi. Ko‘mir kontakt yugurdakning plastinasi va
qopqoq chekkasidagi uyachalarga o‘rnatilgan jez kontaktlar orqali yuqori
kuchlanishli tok, dvigatel silindrlarini ish tartibiga mos ravishda o‘t oldirish
shamlariga uzatiladi. Yugurdak plastinasi va qopqoq chekkasidagi kontaktlar
orasi-dagi tirqish 0,25-0,8 mm ni tashkil qiladi. Taqsimlagichning ish jarayonida
bu tirqishda hosil bo‘ladigan uchqun ta’sirida uzgich-taqsimlagichning ichki
qismida ozon va azot kislotasining bug‘lari yig‘ilib, uzgich kontaktlari,
podshipnik va boshqa elementlar korroziyalanishi mumkin. Bu zararli hodisaning
oldini olish uchun taqsimlagich qopqog‘ida maxsus shamollatish teshikchasi
qo‘yiladi.
30.3706 belgili uzgich-taqsimlagich (3.15rasm) ВАЗ 2103, 2106, 2107
avtomobillariga o‘rnatilib, tuzilishi bo‘yicha yuqorida ko‘rilgan Р-4Д
turkumidagi uzgich-taqsimlagichlardan jiddiy farq qiladi. Xususan, unda
markazdan qochma rostlagich 8 uzgich-taqsimlagichning yuqori qismida to‘rt
qirrali uzgich kulachogi 14 ning ustiga joylashtiriladi. Bu kulachokni uzgich-
taqsimlagich vali 15 ning tayanchlariga yaqinroq joylashtirish va shuni hisobiga
vtulka eyilishini kamaytirish hamda val podshipniklaridagi lyuftning uzgich
kontaktlari orasidagi tirqishga ta’sirini susaytirish imkonini beradi.
Taqsimlagich yugurdagi 9 ikki murvat 12 yordamida markazdan qochma
rostlagichning etaklovchi plastinasiga mahkamlanadi. Yugurdakda maxsus burt
bo‘lib, u etaklovchi plastinadagi to‘rt burchakli teshikchaga kiradi va yugurdak
to‘g‘ri holatda joylashishini ta’minlaydi.
3.16-rasm. Kondensator
3.17-rasm. O‘t oldirish kaliti
147
30.3706 uzgich-taqsimlagichning qobig‘i 4 alyuminiy qotishmasidan
quyilgan bo‘lib, unga joylashtirilgan metalokeramikadan yasalgan vtulkalarda
etakchi val 15 aylanadi. Moydon 6 dan namat fils 5 orqali val va vtulka orasiga
moy tomizib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |