G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

startyor  akkumulator 
batareyasi
 deb yuritiladi. 
Avtomobillarga  o‘rnatiladigan  startyor  akkumulatorlar  batareyasi  quyidagi 
talablarga javob berishi kerak: 

 
ichki qarshiligi imkon darajasida kichik bo‘lishi; 

 
o‘lchamlari  va  massasi  imkon  boricha  kichik  bo‘lgan  holda    yetarli 
quvvat va energiyaga ega bo‘lishi;  

 
generator  ishlamaganda  yoki  avariyali  vaziyatda  iste’molchilarni  tok 
bilan ta’minlash uchun zarur energiya zaxirasiga ( rezerv sig‘im) ega bo‘lishi; 

 
atrof  muhitning  harorati  past  bo‘lganda  startyorni  ishonchli  ishlashi 
uchun  zarur  kuchlanishni  belgilangan  chegaralarda  saqlashi  (sovuq  aylantirish 
toki); 

 
atrof  muhit harorati baland bo‘lgan (70
0
C gacha ) hollarda uzoq muddat 
davomida ishlash qobiliya saqlashi; 

 
dvigatel  ishlab  turganda,  dvigatelni  ishga  tushirish  va  boshqa 
iste’molchilarni ta’minlash uchun sarflangan sig‘imini tiklash uchun generatordan 
zaryad qabul qila olishi (zaryad qabul qilish qobiliyati) ; 

 
texnik xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lishi; 

 
ishlatilish  sharoitlariga  mos  keladigan  mexanik  mustahkamlikga  ega 
bo‘lishi; 

 
ishlatish  jarayonida  uzoq  muddat  davomida  belgilangan  ishchi 
tavsifnomalarini saqlashi (ishlash muddati); 

 
o‘z-o‘zidan razryadlanish darajasi  kichik bo‘lishi; 

 
narxi past bo‘lishi. 
Yuqorida  keltirilgan  talablarga  ko‘p  jihatdan  qo‘rg‘oshin-kislotali 
akkumulatorlar  javob  beradi.  Qo‘rg‘oshin-kislotali  akkumulator  elementining 
elektr  yurituvchi  kuchi  (EYUK)  2  V  ga  teng  bo‘lib,  12  V  kuchlanishga  ega 
bo‘lgan  akkumulator  batareyasini  hosil  qilish  uchun  oltita  akkumulator  elementi 
ketma-ket  ulanadi.  Qo‘rg‘oshin-kislotali  akkumulator  batareyalarining  ichki 
qarshiligi  nisbatan  kichik  bo‘lganligi  sababli,    ularga  startyor  ulanganda  
akkumulatordagi    kuchlanishning    pasayishi    kam    bo‘ladi.  Bu  turdagi  
batareyalarga  xizmat  ko‘rsatish  qulay,  ularni  razryadlanganlik  darajasini 
aniqlashning  oddiy  usullari  mavjud.    Qo‘rg‘oshin  –  kislotali  akkumulatorlar, 
ularda  ishlatiladigan  xom  ashyoning  narxi  nisbatan  pastligi,  ishlab  –  chiqarish 
jarayonini  yuqori  darajada  avtomatlashtirilganligi  sababli  eng  ommaviy  va  arzon 
kimyoviy tok manbai hisoblanadi. 
Shuning  uchun,  qo‘rg‘oshin-kislotali  akkumulatorlarning    bir  qator 
kamchiliklari  bo‘lishiga  qaramasdan  (mexanik  mustahkamligi  uncha  katta  emas, 
xizmat  muddati  nisbatan  kichik  va  hokazo)  avtomobillarda  juda  keng  ko‘lamda 
ishlatiladi, chunki ularning tavsifnomalari startyor rejimiga eng to‘la mos keladi. 
   Ishqorli  akkumulator    elementining    EYUK  1,25  V  ga  teng  bo‘lib,  12  V 
kuchlanishga  ega  bo‘lgan  akkumulator  batareyasini  hosil    qilish  uchun  o‘nta 


 
46 
akkumulator  elementi  ketma-ket  ulanadi.  Ishqorli  akkumulator  batareyalarining 
ichki  qarshiligi  nisbatan  katta  bo‘ladi,  shuning  uchun  katta  tok  bilan  razryad 
qilinganda  (startyor  rejimi)  ularning  tutqichlaridagi  kuchlanish,  qo‘rg‘oshin-
kislotali  akkumulatorlarga  nisbatan  ancha  past bo‘ladi  va  demak  startyor    yetarli 
quvvat  bera  olmaydi.    12  V  kuchlanishga  mo‘ljal-langan  ishqorli  akkumulator 
batareyasi,  qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorga nisbatan 1,5  marta og‘ir bo‘ladi,  
narxi  esa  2-3  barobar    ortiq    bo‘ladi.  Shuning  uchun,    ishqorli    akkumulatorlar 
avtomobilda    juda    kam    ishlatiladi.  Lekin  ,    ishqorli    akkumulatorlarning  
mexanik  mustahkamli-gini  yuqoriligi  va  xizmat  muddati  qo‘rg‘oshin-kislotali 
akkumulatorlarga  nisbatan  4 - 5  barobar ortiq bo‘lishi diqqatga sazovardir. SHu 
sababli,  akkumulatorlarni  ishlatish  jarayonida  ularning  ishonchlilik  va  chidamli-
lik omillari o‘ta zarur bo‘lganda (masalan,  yer sharining shimoliy   yoki janubiy 
qutblarida  ,    umuman    yetib  borish  qiyin  bo‘lgan  joylarda  ishlaydi-gan 
avtomobillar  uchun)  ishqorli  akkumulatorlarni  ishlatish  maqsadga  muvofiq 
bo‘ladi. 
 
Birinchi  qo‘rg‘oshin  –  kislotali  akkumulator  batareyasini  fransuz  olimi 
Gaston  Plante  1860  yilda  yaratdi  va  fransuz  fanlar  akademiyasiga  sovg‘a  qildi. 
Uning  akkumulatori  bir  biridan  rezina  qatlami  bilan  ajratilgan  va  spiral  shaklda 
o‘ralgan qo‘rg‘oshin listlaridan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy yuzasi 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish