G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

 
7.3. TOVUSH SIGNALLARI 
 
   Tovush signallari avtomobillarni  harakat xavfsizligini ta’minlash  va  yo‘lovchi 
hamda  boshqa  haydovchilarni  transport  vositasi  yaqinlashayotganligi  haqida 
ogohlantirish 
uchun 
xizmat 
qiladi. 
Oxirgi 
vaqtda 
tovush 
signallari  
avtomobillarning  o‘lchov-nazorat  asboblari  bilan  ham  ishlatilib,  haydovchiga 
agregatlarni  holati  to‘g‘risida  xabar  beradi.  Shuningdek  tovush  signallari 
«avtomobil qo‘riqchisi» tizimida ham ishlatiladi. Avtomobillarda asosan elektr va 
pnevmatik tovush signallari ishlatiladi. 
   Elektr  tovush  signallarining  ohangli  va  shovqinli  turlari  mavjud.  Ohangli 
tovush  signallari  karnayli  shovqinli  signallar  esa  disk  rezonatorli  qilib  ishlangan. 
Ko‘pchilik avtomobillarga ikkita tovush signali o‘rnatilib, biri past ohangli bo‘lsa 
ikkinchisi  baland  ohangli  bo‘ladi.  Yuqori  klassli  engil  avtomobillarda  uchta 
tovush signali bo‘lib, ularning biri past  ohangli, ikkitasi  baland ohangli bo‘ladi. 
Bu  signallar  to‘plami  hamohang  qilib  bir-biriga  moslanadi  va  baravariga 
sadolanadi. 
   Elektr tovush signali (7.5-rasm) qoliplangan po‘lat korpus 1 ga mahkamlangan 
o‘zak  4,  qo‘zg‘almas  kontakt  plastinasi  3,  qo‘zg‘aluvchi  kontakt    o‘rnatilgan  
prujinasimon    plastina    7    lardan    iborat.  Korpus    1    va  rezonator  12  orasiga 
legirlangan  va toblangan po‘latdan tayyorlangan  membrana 11 qistirib qo‘yilgan. 
Membranaga  shtift  5  o‘rnashtirilgan  yakor  10  mahkamlangan.  Elektromagnit 
chulg‘ami  9  uzgich  kontaktlar  6  ga  ketma-ket  ulangan.  Kontaktlar  orasidagi 
tirqish  gaykalar  2  bilan  rostlanadi.  Kontaktlar  orasidagi  hosil  bo‘ladigan  uchqun 
kuchini  pasaytirish  uchun  ularga  paralel  ravishda  rezistor  5  (ba’zi  hollarda 
kondensator  )ulangan.  Volfram  kontaktlar  6  plastinalarga  payvandlangan  va 
normal holda tutashgan bo‘ladi. 
   Elektromagnit  chulg‘ami  9  tok  manbaiga  ulanganda,  o‘zak  4  magnitlanadi  va 
yakor  10  ni  o‘ziga  tortadi.  Bu  esa  yakor  mahkamlangan  membranani  egilishga 
olib keladi. Shu daqiqani o‘zida yakorga o‘rnatilgan shtift yuqoriga harakat qilib 
7.5-rasm. Elektr tovush signali 
 
7.6-rasm. Signallar relesining ulanish sxemasi 
 


 
300 
prujinasimon 
plastinaga 
ta’sir  qiladi  va  kontaktlar 
6  ni  uzadi.  Kontaktlarning 
uzilishi 
natijasida 
elektromagnit 
chulg‘a-
mining  tok  zan-jiri  ham 
uziladi,  o‘zak  4    magnit-
sizlanadi    membrana    11 
o‘zining 
elastikligi 
hisobiga  daslabki  holatiga 
qaytadi.  Kontaktlar 6  yana 
tutashadi  va  signalni  ishi 
takrorlanadi. 
Membrana 
harakati  ta’-sirida  vujudga 
kelgan  havoni  tebranishi 
ma’lum chastotaga (200...400 Gs) ega bo‘lgan tovush hosil bo‘lishini ta’minlaydi. 
Signal-ning  zarur  ohangi  membranani  qalinligi  va  karnayning  shaklini  tan-lash 
yo‘li  bilan  ta’minlanadi.  Karnay  qanchalik  kalta  va  membrana  qanchalik  qalin 
bo‘lsa signal ohangi shunchalik yuqori bo‘ladi.  
   Avtomobillarga  ikki  yoki  undan  ortiq  karnayli  tovush  signali  o‘rna-tilganda, 
signalni ulaydigan tugma kontaktlari orqali o‘tadigan tok qiymati 20...25A gacha 
yetib,  uni  kuydirishi  mumkin.  Signal  tugmasi  kontaklarini  saqlash  va  uni  ishlash 
muddatini  uzaytirish  uchun  signallar  relesi  (7.6-rasm)  ishlatiladi.  Tovush 
signalining  tugmasi  5  bosilganda  rele  chulg‘ami  4  dan  tok  o‘tadi,  uning  o‘zagi 
magnitlanadi  va  yakorcha  3  ni  tortib  kontaktlar  2  ni  tutashtiradi.  Rele 
kontaktlarining  ulanishi  tovush  signallari  1  ni  tok  manbaiga  ulanishini 
ta’minlaydi. Signalni  ulovchi tugma 5 kontaktlaridan o‘tadigan tok, rele o‘zagini 
magnitlash uchun etarli bo‘lib, uni qiymati katta bo‘lmaydi. 
   Shovqinli  (karnaysiz)  tovush  signali  (7.7-rasm)  kosasimon  disk  kurinishidagi 
rezonator  19  ega  bo‘lib,  u  membrana  18  bilan  birga  tebranadi.  Shovqinli 
signallarda  kontaktlar  9  orasidagi  tirqish  murvat  7  yordamida  tashqaridan 
rostlanadi. Yakorcha 17 va o‘zak 13 orasidagi tirqish esa sterjen 12 ni burash yo‘li 
bilan rostlanadi. Uni burash rostlash shlisasi 2 yordamida amalga oshirilib, dastlab 
gayka  bo‘shatilishi  kerak.  Rostlash  jarayoni  tugatilgandan  keyin,  gaykani    yana 
yaxshilab burab qo‘yish zarur. 
 
 O‘zi- o‘zini tekshirish savollari: 
 
1.
 
Elektr yuritma avtomobilning qanday qurilmalarida ishlatiladi ? 
2.
 
Elektromagnitli uyg‘otish tizimli elektrodvigatellarning tuzilishi. 
3.
 
Doimiy magnitli elektrodvigatelning tuzilishi va ishlashini tushuntiring 
4.
 
Tovush signallarining turlari va ishlashi. Signallar relesining vazifasi 
nimadan iborat?                
 
 
 7
.7-rasm.  Shovqinli  (kar-
naysiz)  tovush signali: 
1-qopqoq,  2-rostlash  shlitsasi, 
3-qisuvchi  shayba,  4-shponka 
chiqig‘i,  5-uzgich  prujinasi,  6-
rostlash  murvatining  prujinasi, 
7-rostlash  murvati,  8-qobiq,  9-
uzgich 
kontaktlari, 
10-
markazlash-tiruvchi 
prujina, 
11-sterjen  tayanchi,  12-sterjen, 
13-  elektromagnit  o‘zagi,  14-
kondensator,  15-chulg‘am,  16-
prujinali  osma,  17-yakorcha, 
18-membrana, 19-rezo-nator  
 


 
301 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish