3.2.4. O‘t oldirish ilgarilatish burchagining rostlash usullari
Dvigatelning o‘zgarib turuvchi ish tartibiga mos ravishda o‘t oldirishning
ilgarilatish burchagini rostlash uchun, o‘t oldirish tizimi avtomatik va dastaki
rostlagichlari bilan jihozlanadi. Dvigatelning aylanishlar chastotasiga bog‘liq
ravishda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini avtomatik o‘zgartirish markazdan
qochma rostlagich, yuklamaga bog‘liq ravishda esa - vakuum rostlagich
yordamida amalga oshiriladi. Ilgarilatish burchagining boshlang‘ich kattaligini
o‘rnatish yoki yonilg‘ining turiga ko‘ra uni dastaki rostlash uchun oktan-korrektor
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |