G‘. M. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar



Download 3,32 Mb.
bet89/142
Sana14.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#798232
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   142
Bog'liq
MILLIY IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLAR VA TEXNOLOGIYALAR

Interaktiv xizmatlar


Hozirgi kunda respublikamizda veb-saytlar orqali ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar tadbirkorlarning vaqt va mablag‘ini tejashda muhim o‘rin tutmoqda.
Interaktiv xizmatlar avvalambor veb portallar orqali amalga oshiriladi.
Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so‘zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi yirik veb-sayt.
Portallar gorizontal (ko‘p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mav-zuga bag‘ishlangan), xalqaro va mintaqaviy, shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin.
Portal orqali Internet foydalanuvchilariga quyidagi interaktiv
xizmatlar ko‘rsatiladi:

    • elektron pochta;

    • ma’lumotlarni qidirish;

    • veb-saytlarni joylashtirish;

    • konferensaloqalarni taqdim etish;

    • yangiliklar;

    • forumlar va h.k.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida “elektron hukumat” tizimini shakllantirish, jumladan, biznes sohasi va fuqarolarga interfaol davlat
xizmatlari ko‘rsatish jarayonini takomillashtirish muhimligini alohida ta’kidlagan edi.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan 2012-yil 27-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori bilan tasdiqlangan 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi
«elektron hukumat» tizimini shakllantirish va keng qo‘llashga qaratilgan muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlardan biri bo‘ldi. Dastur aholining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatini elektron shaklda amalga oshirishni ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida «yagona oyna» tamoyilini joriy etish kabi vazifalarni hal etishni o‘z ichiga oladi.
Interaktiv davlat xizmati – idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:

    • umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) - tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish;

    • bir tomonlama o‘zaro hamkorlik - elektron shakldagi hujjatlarning har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish;

    • ikki tomonlama axborot ayirboshlash - so‘rov bo‘yicha qabul qilish, tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish yoki berish);

    • elektron shakldagi ma’lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash shaklida ko‘rsatilishi mumkin.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil sentabr oyida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida axborotlashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ushbu memorandum ayni paytda to‘liq amalga oshirilmoqda.
Koreya Respublikasi «elektron hukumat»ni joriy etish sohasida BMT tomonidan har ikki yilda tuziladigan jahon reytingida yetakchilardan biridir. Ayni paytda ushbu tizimni rivojlantirish natijasida Koreya Respublikasida «aqlli hukumat» strategiyasi amalga oshirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot, ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega ekanligi belgilab berilgan. Ushbu portalning asosiy maqsadlari qilib quyidagilar belgilangan:

    • respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati to‘g‘risida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini ta’minlash;

    • tashkilotlarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;

    • axborotlarni ayirboshlash va tarqatish tezligi darajasi, tashkilotlarning xabardorligi darajasi o‘sishi hisobiga tashkilotlar faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;

    • axborotlarni idoralararo elektron ayirboshlashni birxillashtirish. 2009 yilgacha portal ma’lumotlar bilan to‘ldirilib kengaytirib

borildi. Portalning funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do‘stona interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‘g‘risida dolzarb va tezkor ma’lumotlarni joylashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvardagi “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–1041 – sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009-yil 1-oktabrdan faollashtirildi. Hozirgi kunda davlat hokimiyati organlariga veb-saytlar va O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali (www.gov.uz) orqali to‘rt yuzdan ziyod interfaol davlat xizmati ko‘rsatilayotir.
2013-yilning 1-iyul kuni respublikamizda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz ishga tushirildi. Yagona portalda fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida birinchi navbatda davlat organlariga murojaatlarni elektron ravishda yuborish xizmati joriy etildi. 2018-yil ma’lumotlariga ko‘ra Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hozirda 308 xil davlat xizmatini ko‘rsatmoqda. Bu xizmatlarning 176 xili to‘la interaktiv va avtomatlashtirilgan, qolganlari esa faqat ma’lumot olish yoki ariza berish uchun mo‘ljallangan.
Hozirgi kunga qadar Yagona portal orqali fuqarolardan davlat organlariga 2000000 ga yaqin murojaatlar yuborilgan, ularning 99 foizi o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgan va qolganlari esa ish jarayonida1.
Portal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 30- dekabrdagi 378-sonli qaroriga asosan yaratilgan.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan yana bir muhim qadam hisoblanadi. Yagona portalning shiori – “Xizmatlar yangi qiyofada” deb nomlanadi va bu on-layn tarzda yagona nuqta orqali davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish ma’nosini bildiradi.
Hozirgi kunda Yagona portal orqali test rejimida kundalik turmushga taaluqli soha va yo‘nalishlarni o‘z ichiga oluvchi interaktiv xizmatlar taqdim etilmoqda. Ularning ichida avtomatik tarzda taqdim etiladigan “Yuridik va jismoniy shaxslar uchun Internet va statsionar telefon ulash uchun arizalarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish” va “Davlat soliq xizmatlari organlari tomonidan soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish uchun arizalarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish”, “Telekommunikatsiya sohasiga tegishli litsenziyalarni olish bo‘yicha arizalarni qabul qilish” kabi xizmatlar mavjud. Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun tegishli litsenziyalarni olish uchun arizalarni elektron ravishda yuborish xizmatlari ham joriy etilgan. Asosiy e’tibor aholidan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqishga qaratilgan. Yagona portal orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘z murojaatlarni yuborishlari mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Yagona portal orqali taqdim etiladigan interaktiv davlat xizmatlar ichida yarim avtomatik tarzda taqdim etiladigan axborot- ma’lumot xizmatlari ham mavjud. Yagona portalning yana bir asosiy va zarur bo‘lgan jihatlaridan biri, bu -“Statistika” modulidir. Ushbu modul orqali davlat organi tomonidan foydaluvchining murojaat va arizalarini real vaqt tarzida ko‘rib chiqish va bajarish jarayonini kuzatish mumkin. Ushbu modul davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi darajasini oshirish, aholi va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.


1 URL: https://my.gov.uz. (Murojaat qilingan sana: 10.04.2018 )
O‘tgan vaqt davomida Yagona portalda foydalanuvchilarga yanada kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator yangi xizmatlar joriy etildi. Misol uchun, davlat organidan olingan javobni baholash va ularga izoh yozish, yangi xizmatlarni taklif etish, murojaatni bekor qilish xizmatlari shular jumlasidandir.
Bundan tashqari Yagona portalga respublikamizning barcha tuman (shahar) hokimliklari ulandi.
Endi Yagona portal orqali murojaat yo‘llanganda, fuqaro o‘zining turar joy manzili bo‘yicha tegishli shahar yoki tuman hokimligini tanlashi va unga o‘z murojaatini yo‘llashi mumkin. Ushu xizmat murojaatni tegishli davlat organiga va ijrochiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida fuqarolar va davlat organlarinig vaqtini tejash, murojaatlar bilan ishlash sifatini hamda davlat organi ish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko‘rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish ushbu O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida Nizomga muvofiq ro‘yxatga olish va avtorlashtirish
tartibotidan o‘tgan arizachilar uchun amalga oshiriladi.
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;

    • foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;

    • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

    • davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

    • «elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish.

Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart- sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.
Yagona portal orqali foydalanuvchiga bir tomonlama va ikki tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan tranzaktsion xizmatlar ko‘rsatiladi.
Interaktiv davlat xizmatlari Yig‘ma reestri (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma reestr deb ataladi) Kompyuterlashtirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Yig‘ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
Portalda samarali aloqani yo‘lga qo‘yish va davlat organlarining murojaatlar bilan ishlashi haqida fuqarolar fikrini hisobga olish maqsadida portalda «Baholash» xizmati yordamida qaytarilgan javobga sharh berish imkoniyati mavjud. Bu tizim davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan mukammal ishlash sifatini oshirishga ko‘maklashadi.
Mamlakatimizda turli tashkilotlar, shuningdek, kommunal xo‘jalik sohasi muassasalari faoliyatiga interfaol xizmatlar keng joriy etilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning 2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlarining yagona internet-portali ham yaratildi. Ayni paytda portal sinov rejimida ishlamoqda, undan e- kommunal.uz manzili orqali foydalanish mumkin, portalda kommunal va ijtimoiy xizmatlarning yagona ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida aholi, nazorat organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va mahallalar, shuningdek, kommunal xizmatlar o‘rtasida axborot almashinuvini osonlashtiradigan umumiy kommunikatsiya infratuzilmasini yaratishdan iboratdir. Bu aholi mablag‘larining maqsadli sarflanishini ochiq nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, taqdim etilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilashga ko‘maklashishi lozim.
Hozirgi vaqtda portalda poytaxtimizdagi mavjud xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, pochta bo‘linmalari, tibbiyot muassasalari, banklar va militsiya tayanch punktlari, banklar filiallari hamda mini- banklar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi jamlangan.
Shunday qilib, respublikamizda amalga oshiralayotgan islohotlar va AKT ni keng joriy etish natijasida yaratilgan Yagona portal tizimi orqali har xil xizmatlarning joriy etilishi fuqarolarning muammolarini yanada tezroq va samaraliroq hal etishga yordam beradi va respublikamiz
aholisini Yagona portal xizmatlari va imkoniyatlaridan yanada kengroq va faolroq foydalanishga imkon yaratib beradi. Bu borada ko‘rilayotgan choralar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq- oshkoraligi va ishonchliligini ta’minlash, ularning aholi bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.

    1. Download 3,32 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish