Arxivli server (zahirali nusxalash serveri — Storage Express System) — ma’lumotlarni zahirali nusxalash uchun yirik ko‘p serverli tarmoqlarda, sig‘imi juda katta bo‘lgan almashtiriladigan kartrijli magnit lentadagi yig‘uvchilar (strimmerlar) ishlatiladi; odatda, tarmoq ma’muriyati tomonidan ssenariy bo‘yicha (tabiiyki, arxiv katalogini
tuzish bilan) serverlardan va ishchi stansiyalardan olingan ma’lumotlarni kundalik avtomatik arxivlashtirishni bajaradi.
Faks-server (Net SatisFaxion) — samarali ko‘p adresli faksimil aloqani tashkil etish uchun, bir nechta faks-modemli platali, uzatish jarayonida ruxsat etilmagan murojaat qilishdan ma’lumotlarni maxsus himoyali, elektron fakslarni saqlash tizimli ajratilgan ishchi stansiyasidir.
Pochtali-server (Mail Server) — xuddi faks-server kabi, lekin elektron pochtani tashkil etish uchun elektron pochta qutilari ishlatiladi.
Bosma serveri (Print Server) – bu dasturiy ta’minot yoki apparat vositasi bo‘lib, tarmoq doirasida printerni foydalanuvchilar tomonidan birgalikda samarali ishlatish uchun qo‘llaniladi.
Fayl-server texnologiyasiga asoslangan tarmoq MBBT hozirgi kunda
qoniqarli darajada kuchli texnologiya emas. Chunki ko‘p yuklangan tarmoqning unumdorligi pasayadi, xavfsizlikni ta’minlash imkoni bo‘lmaydi va ma’lumotlarni yaxlitligi buziladi. Unumdorlik muammosi bevosita fayl-server texnologiyasida fayllarni uzluksiz to‘liq tarmoq bo‘yicha uzatilishiga bog‘liq. Qolgan ikkita muammo ushbu texnologiyada nazarda tutilmaganidan kelib chiqadi.
Fayl-server texnologiyasiga nisbatan kliyent-server (mijoz- server) texnologiyasi keng tarqalgan.Ushbu texnologiya yakka foydalanuvchi tizimlar yutuqlarini (ya’ni, yuqori darajadagi muloqot tizimi, do‘stona interfeys, past narxi) va katta kompyuter tizimlarining (yaxlitlikni ta’minlash, ma’lumotlarni himoyalash, ko‘p masalali) yutuqlarini o‘z ichiga olgan.
Kliyent-server texnologiyasining asosiy g‘oyasi bu serverlarni kuchli kompyuterlarda, dasturlarni esa boshqa kompyuterlarda joylashtirish. Ushbu texnologiyada mijozlarga ma’lumot baza (MB) si to‘liq yuborilmaydi, aksincha server mantiqiy lozim bo‘lgan porsiyalarni jo‘natadi, bu o‘z navbatida tarmoqda trafikni qisqartiradi. Tarmoq trafiki - bu tarmoqdagi xabarlar oqimi. Ushbu texnologiyada mijoz dasturlari va uning talablari ma’lumot bazalarni boshqarish tizimi (MBBT) sidan alohida saqlanadi. Server mijoz talablarini qayta ishlab, ma’lumot baza (MB) dan zarur ma’lumotlarni tanlaydi va tarmoq bo‘yicha mijozga jo‘natadi, axborotlarni yangilaydi, ma’lumotlarni yaxlitligini va saqlanishini ta’minlaydi.
Xost kompyuterda server
dasturi ishlasa
Foydalanuvchi kompyuterida
kliyent dasturi ishlaydi
Kliyent-server texnologiyasining asosiy tamoyili:
Bazaviy dasturiy ta’minot – TCP/IP protokoli bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish va qabul muammosini yechimini ta’minlaydi. Amaliy dasturiy ta’minot – internet xizmatlarini ta’minlaydi. Bunday dasturlar server deyiladi. Server dasturlari har bir xizmat uchun mavjud bo‘ladi, masalan,
elektron pochta, www.
Kliyent dasturi Foydalanuvchi kompyuterida elektron pochta, brauzer kabi xizmatlarini bajaradi
Do'stlaringiz bilan baham: |