G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

2.15. Yarim sharlarning oq moddasi 
Miya po‗stlog‗ining kul rang moddasi va bazal yadrolar o‗rtasidagi barcha 
bo‗shliq oq modda bilan to‗lgan. U, turli yo‗nalishlarda boradigan va oxirgi miyaning 
o‗tkazuvchi yo‗llarini hosil qiladigan ko‗p sonli asab tolalaridan tarkib topgan. Asab 
tolalari uchta tizimga bo‗linishi mumkin: assosiativ, komissural va proeksion tolalar. 
Assosiativ tolalar bitta yarim shar po‗stlog‗ining turli uchastkalarini o‗zaro 
bog‗laydi. Ular kalta va uzun bo‗ladi. Kalta tolalar qo‗shni burmalarni yoysimon
tutamlar shaklida o‗zaro bog‗laydi. Uzunlari esa bir-biridan ancha uzoq bo‗lgan 


96 
po‗stloq uchastkalarini bog‗laydi. 
Komissural tolalar, miya komissurlari (yoki 
spayka
) deb nomlanadigan 
hosilalar tarkibiga kiradi va ikkala yarim sharlarning simmetrik qismlarini bog‗laydi. 
Miyaning eng katta qo‗shilgan joyi – qadoqsimon tana yangi miyaga taalluqli ikkala 
yarim sharlarning qismlarini o‗zaro bog‗laydi. 
Proeksion tolalar miya po‗stlog‗ining bir qismini talamus bilan, yana bir 
qismini markaziy asab tizimining pastki bo‗limlari (jumladan, orqa miyani ham) bilan 
bog‗laydi. Ushbu tolalarning bir xillari qo‗zg‗alishni po‗stloq yo‗nalishi bo‗ylab 
markazga intilgan holda, boshqalari esa, uning teskarisi – markazdan qochgan holda 
o‗tkazadi. 
2.16. Odamni hayvondan farqlovchi bosh miya tuzilishining o‘ziga xos tomonlari 
1.
Bosh miyani orqa miyadan ustunligi.
Masalan, yirtqichlar (mushukda) bosh 
miyasi orqa miyasiga nisbatan 4 marta og‗ir, primatlarda (makakada) – 8 marta, 
odamda – 45 marta (orqa miyaning massasi 30 g., bosh miyasini – 1500 g.) og‗ir. Sut 
emizuvchilarda orqa miyasining massasi bosh miya massasining 22-48 %, gorillada – 
5-6 %, odamda – faqat 2 % ni tashkil qiladi. 
2.
Miya massasi.
Absolyut massasi bo‗yicha odamning miyasi birinchi 
o‗rinda turmaydi, chunki yirik hayvonlarning bosh miya massasi og‗irroq bo‗ladi: 
delfinda – 1800 g., filda – 5200 g., kitda – 7000 g. Miya massasini tana massasiga 
haqiqiy nisbatini topish uchun, miyaning kvadrat ko‗rsatgichidan foydalaniladi, ya‘ni 
miyaning absolyut massasini nisbiy massasiga aylantiriladi. Ushbu ko‗rsatgich 
odamni 
barcha 
hayvonot 
dunyosidan 
ajratish 
imkonini 
berdi. 
Chunki, 
kemiruvchilarda u 0,19 ga, yirtqichlarda – 1,14, kitsimonlarda (delfinda) – 6,27, 
odamsimon maymunlarda – 7,35, fillarda – 9,82 va nihoyat odamda – 32,0 ga teng. 
3.
Plashning miya ustunidan ustunligi, ya‘ni yangi miyani qadimgisidan. 
4.
Bosh miya peshona sohasining eng yuksak rivojlanganligi.
Peshona 
sohasiga tuban maymunlarda yarim sharlar barcha yuzasining 8-12%, antropoid 
maymunlarda – 16%, odamlarda – 30% to‗g‗ri keladi. 


97 
5.
 
Bosh miya yarim sharlarining yangi po‘stlog‘ini eskidan ustunligi. 
6.
Po‘stloqni po‘stloqostiga nisbatan ustunligi
. Odam miyasi po‗stlog‗i 
maksimal raqamlarga ega: po‗stloq miya hajmining barchasini 53,7% ini, bazal 
yadrolar esa faqat 3,7% ni tashkil qiladi. 
7.
Burmalar va pushtalar kul rang modda po‘stlog‘ining yuzasini 
kattalashtiradi. 
Shu tufayli, bosh miya yarim sharlari po‗stlog‗i qancha katta 
rivojlangan bo‗lsa, miyaning taxlamlari ham shunchalik ko‗p bo‗ladi. Taxlamlarning 
ko‗payishi uchinchi toifadagi mayda pushtalarning chuqurligi va ularning asimmetrik 
joylashganligi bilan erishiladi. Biron-bir hayvonda, odamniki kabi, bir vaqtning 
o‗zida bunday ko‗p sonli pushtalar va burmalar bo‗lmaydi, shu bilan birga, ular juda 
chuqur va asimmetrik joylashgan. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish