G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Ichki sekretsiya bezlarining o 6zaro ta’siri



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/201
Sana01.07.2022
Hajmi9,92 Mb.
#725465
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Ichki sekretsiya bezlarining o 6zaro ta’siri. 
Endolcrin bezlarining 
hammasi funksional jihatdan bir-biri bilan bog'langan bo'lib, yagona 
tizimini tashkil etadi. Bir xil bezlarning gormonlari qon orqali boshqa 
bezlarning gormonlariga ta ’sir qiladi. M ana shu o'zaro ta ’sir gumoral 
regulyatsiya deb nom olgan va nerv sistemasining ishtirokisiz amalga 
oshadi. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi m arkazidan qochuvchi 
* vegetativ nervlar bilan ta ’minlangan bo'lib, markazga intiluvchi nerv 
tolalarining retseptorlari yoki uchlariga egadir. Gumoral regulyatsiya nerv 
sistemasi faoliyatiga tobe bo'ladi, gormonlar esa nerv sistemasiga ta ’sir 
qiladi. K atta yarim sharlar esa ichki sekretsiya bezlari funksiyalarini 
organizmning yashash sharoitlariga moslashtirib boriladi.
Jinsiy tarbiya
Jinsiy tarbiya axloqiy tarbiyannng bir qismi bo'lib, bir qator pedagogik 
va tibbiy muammolar bilan bog'liq. Jinsiy tarbiyaning vazifasi o'sayotgan 
avlodda jinsiy masalalarga to 'g 'ri munosabatda bo'lishni shakllantirish, 
turli yosh davrlarida rioya qilinishi zarur bo 'lg an ijtim oiy-axloqiy 
prinsiplar va gigiyena talablarini o'zlashtirib olish, faqat erkak va ayol 
rolini emas, balki er yoki xotin, ota yoki ona rolini ado etishga hozirlik 
k o 'rish hisoblanadi. Jinsiy tarbiya bolalarni yoshiga yarasha jinsiy 
belgilari, anatomo-fiziologik xususiyatlari, shaxsiy gigiyena, ovqatlanish,
167
www.ziyouz.com kutubxonasi


mehnat va dam olishni tashkil qilish qoidalari bilan asta-sekin tanishtira 
borishga asoslangan. Jinsiy tarbiyaning maqsadi nodonlikning oldini 
olish, u y atch an lik , beh ud a ta q iq la sh la r, sirlilik d an qochish, jins 
masalalariga bolalar fikrini ortiqcha qaratishga yo'l qo'ymaslik, ularni 
balog'at davriga, kelajakda turmush qurishga tayyorlash, jinsi boshqa 
kishilar bilan o'zaro munosabatda bo'lganda mas’uliyat hissini tarbiyalash 
hisoblanadi.
Jinsiy bezlarning funksiyasi to 'g 'ris id a g i b o 'lim d an m a ’lum ki, 
bolaning jinsiy rivojlanishi keskin tezlashadigan va nisbatan qisqa davr 
ichida balog'at davri boshlanadigan pubertat davr jinsning o'ziga xos 
rivojlanishida alohida farq qiladi. Yoshga oid davrlarga binoan bu 
o'smirlik davridir. Balog'atga yetish shunday jarayonki, uning natijasida 
odam o'zining erkak yoki ayol jinsiga faqat biologik jihatdan emas, balki 
ijtimoiy jihatdan ham mansubligini eng ko'p darajada ifodalaydi.
Jinsiy yetilish 2 davrga bo 'lin ad i: birinchisi 8-9 yoshdan 12-13 
yoshgacha va ikkinchisi 12-13 yoshdan 17-18 yoshgacha bo'lgan davrdir. 
Jinsiy yetilish m arkaziy nerv sistemasi va jinsiy bezlar faolligining 
oshishidan boshlanadi. Pubertat davrgacha o'g'il va qiz bolalarda erkak 
va ayol jinsiy gormonlari miqdorida farq bo'lmaydi. O 'g'il bolalarda 
androgen va qiz bolalarda estrogen gormonlarning ortib boruvchi miqdori 
jinsiy yetilishning hamma alomatlari va belgilari rivojlanishiga sabab 
bo'ladi: ikkilamchi jinsiy belgilar shakllanadi va jinsiy gormonlar nerv 
markazlariga o'ziga xos ta ’sir ko'rsatadi. Boshqa jins vakillariga qiziqish 
ortadi, jinsiy mayl, jinsiy mavzudagi m a’lumotlar o'smirlar uchun muhim 
bo'lib qoladi.
Jinsiy yetilish su r’atlarida akseleratsiya yaqqol aks etadi. Asrimiz 
boshidan boshlab menarxe davri uch yilga kamaygani haqida m a’lumotlar 
bor. Bu jinsiy balog'atga yetish davri boshlandi, degan gapdir, biroq qiz 
bolaning bo'yida bo'lishi mumkinligidan tashqari, uning jinsiy organlari, 
butun organizmi hali normal jinsiy turmushga hozirlanmagan bo'ladi. 
Shunday qilib, jinsiy qobiliyat shakllanishi bilan shaxsiy yetuklik o'rtasida 
uzilish bo'ladi. Bundan tashqari, 20-21 yoshgacha yosh yigitlarning 
ijtim oiy ahvoli hali aniq ravshan belgilanm agan, chunki ularning 
ko'pchiligida oilani mustaqil boqish imkoniyatlari cheklangan bo'ladi. 
S hunday qilib, jism oniy riv ojlan ish yig itlar va qizlar o 'rta s id a g i 
munosabatlarning katta yoshdagi odam lar tomonidan belgilanishidan 
ilgarlab ketadi.
168
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolaning jinsi tu g 'ilg an kunidan boshlab ota-onasi va tevarak- 
atrofdagi odam larda m uayyan m unosabat keltirib chiqaradi, u o'z 
tanasini ko'zdan keehirish bilan birga birlamchi jinsiy o'xshatishga olib 
keladi: bola anatomo-flziologik xususiyatlar va jinsning kelajakdagi roli 
haqida o 'y lab o 'tirm ay o'zin i o 'g 'il yoki qiz bola deb hisoblaydi. 
Keyinchalik bola ongli yoki ongsiz ravishda, aksariyat o'z jinsini ota- 
onasi, hikoyalar, film qahramonlariga, o'yinlariga taqlid qilib, erkaklik 
yoki ayollikka xos ko'pgina ta ’riflarni qabul qiladi. Turli-tuman axborot 
manbalari ta ’sirida bolalar o'z jinsiga oid vazifaning biologik jihatlarini 
tushunish uchun zarur bilimlarni asta-sekin egallab boradi.
Bolada o'z jinsiy rolini shakllantirish avvalo oilada sodir bo'ladi va 
odatda qiyinchiliklarsiz kechadi, so'ngra uni birmuncha chuqur anglatish 
pedagogning vazifasi hiso b lan ad i, chunki bu rol qan ch alik kam
tushuntirilsa, bolaning ruhiy-jinsiy rivojlanishida shunchalik ko'p to'siq 
va yanglishishlarga duch kelish mumkin. Shu munosabat bilan prepubertat 
davrda bolalarga tushuntirish, k a tta odam larning o 'zaro munosa- 
batlaridagi, xulq-atvoridagi shaxsiy namuna katta ahamiyatga ega.
O'smirlarda pubertat davrida tengdoshlari bilan muloqotda bo'lishda 
shakllanadigan jinsiy shahvoniy yo'l tufayli kelib chiqadigan xulq-atvor 
naydo bo'ladi. Boshqa jins vakillariga diqqat e’tibor ortadi, jinsiy qiziqish 
alomatlari paydo bo'ladi va kuchayadi, ularni o'rtoqlari bilan muhokama 
qilish boshlanadi. Bu bosqichda jinsiy identifikatsiya davom etadi va 
tugallanadi. Odamning jinsiy roli aniqlanadi, uning m a’naviy-axloqiy 
asoslari, erkaklik yoki ayollikka xos fazilatlar vujudga keladi.
Jinsiy tarbiya ilk bolalikdan boshlanib avval oilada va maktabgacha 
tarbiya muassasalarida, so'ngra maktab, litsey va kollejlar tomonidan 
maxsus e’tiborni talab etadigan jarayon hisoblanadi. Bunda ota-onadan 
m as’uliyat soqit qilinmaydi, chunki ularning har ikkalasi m a’sul shaxslar 
sifatida birlashishi shart.
O 'sib kelayotgan avlodda jam iyatda yashash uchun zarur shaxsiy 
fazilatlarni shaklantiradigan bolalar va yoshlar tashkilotlari katta rol 
o'ynaydi. Hamkorlikdagi o'yinlar, ta ’lim, sport, turizm, yozgi sport, 
oromgohlarida ishlash va dam olish o 'g 'il va qiz bolalarning umumiy 
tadbirlar zaminida o'zaro inoq va do'st bo'lishiga va bir-biri bilan samimiy 
munosabat o'rnatishiga imkon beradi. Muloqotlar vaqtida turli xil keskin 
muammolar ham paydo bo'lishi mumkin, kelishmovchiliklar ularning katta 
yoshdagi o'rtoqlari, tarbiyachilar yordamida oqilona hal qilinishi lozim.
169
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolalar va o'smirlarga ommaviy axborot vositalari va san’at, ayniqsa 
televideniye, radio, kino, matbuot kuchli ta’sir ko'rsatadi. Ularning ta ’siri 
har xil bo'lishi mumkin va odamning tajribasiga bog'liq, chunki bu yoshda 
hali yurish-turishning qaror topmagan normalari, odatlar, did, shakllangan 
axloqiy yo'l tutishlar bo'lmaydi, aksariyat bolalar voqealarni tushunish 
va ularga munosabatiga ko'ra ayrim shaxslarning xatti-harakatiga bevosita 
taqlid qiladi. Bolalar va o'smirlarning diqqat-e’tibori ko'pincha salbiy 
h o disalarg a q aratila d i, ayrim syujetlarning dudm alligi, qiyom iga 
yetkazilmaganligi, tabiiy bo'yoqlarda tasvirlanishini ular o'z rivojlanish 
saviyalariga ko'ra xatti-harakat va taqlid namunasi deb qabul qiladi.
Tarbiyachilar va ota-onalarning vazifasi badiiy asarlarni tanlashda va 
bolalarning ularni to 'g 'ri tushunishlariga yordam berish va voqea hamda 
faktlarga m a’naviy baho berishdan iborat. O'qilgan kitob yoki ko'rilgan 
tomoshani birgalikda muhokama qilish taqiqlash va kitob javonlariga 
qulf osib quyishdan ming m arta afzal.
O 'g'il bolalar bilan qiz bolalarning farqi to'g'risidagi masala «qiyin 
savollar» qatoriga kiradi. O 'g'il bola bilan qiz bolani faqat shu yo'sinda 
farq qilish mumkin, degan javob go'dak uchun kifoya qiladi. Bolalar 
tashqi farqni juda tabiiy holda qabul qiladi va odatda, boshqa hech 
qanday savol bermaydi.
Ikkiyuzlamachilik va xurofotlar bolalarning hamma narsaga qiziqib 
qarashini kam aytira olmaydi. U lar o 'zlarini qiziqtirgan savollarga 
biladigan odamlardan emas, balki o'z tengdoshlaridan yoki o'zlaridan 
k atta ro q bolalardan javob oladi. Bilar-bilmas, odatda, hayo-ibosiz 
javoblar bolalarda uyatchanlik hissiyotini keskinlashtiradi, qondirilmagan 
qiziqish esa o'z bilganicha xatti-harakat qilishga sabab bo'ladi.
M aktab va litseylarda biologiya o'qituvchisi jinsiy tarbiya bo'yicha 
yetakchi rol o'ynaydi. Shifokor mutaxassis sifatida mashg'ulotga qimmatli 
qo'shimchalar kiritishi va ijobiy tarbiyaviy ta ’sir ko'rsatishi mumkin. 
O 'qituvchilar jinsiy muammolar haqida o'quvchilar bilan suhbat olib 
borishga k o 'p in ch a uyaladi va shu ta riq a m avzuning aham iyatini 
m ushkullashtirib q o'y ad i. Bunday qilish yaram aydi va bu o 'rin d a
shifokor birinchi yordamchi b o 'la oladi, chunki u dars yoki suhbat, 
terminologiya mazmunini shakllantirishida va o'tkazishda yordam berishi 
mumkin. Suhbat kechinmalar va xatti-harakatlarning mohiyatini ochishga 
imkon berishi va bolada yoki o'smirda uyat, aybdorlik hissini aslo paydo 
qilmasligi kerak. Bunday suhbatlarning vazifasi jins fiziologiyasi va
170
www.ziyouz.com kutubxonasi


gigiyenasi, rivojlanishning biologik va ruhiy qonuniyatlari masalalari 
bo'yicha ilmiy asoslangan ma'lumotlarni ommalashtirishdan iborat.
Jinsiy tarbiyada sukut saqlash yoki mujmal javob qilish, poyma-poy 
izoh berish bilan qutulib ketish mumkin emas. Bunda tarbiyatalab bolalar 
zarar ko'radi. Jins masalalari bo'yicha o'g'il bolalar va qiz bolalar bilan 
alohida-alohida, shuningdek yakka tartibda suhbat o'tkazgan m a’qul. 
Jinsiy tarbiyani ota-onalar o 'rtasid a sanitariya maorifi ishlari bilan 
birgalikda olib borish kerak, chunki ular ko'pincha o ‘quvchilar orasida 
bu sohada ish olib borishga qarshilik k o 'rsa ta d ila r, bo lalar bilan 
«taqiqlangan mavzu»da so'z yuritishdan qo'rqadilar. Ular o'rtasida olib 
boriladigan ishlar tegishli bilimlarni egallashga, bolalar va o'smirlarni 
jinsiy tarbiyalash zarurligini tushuntirishga yordam beradi.
Jins m a sa lala rin i tu sh u n tirish u su lla ri alo h id a y ondoshishni, 
haqqoniylik va tabiiylikni nazarda tutishi, bola yoki о 'smirning jismoniy 
va ruhiy rivojlanish darajasiga mos kelishi, bolaga xos bo'lgan tabiiy 
muloqot tarzida olib borilishi lozim. Bola faqat savol berish huquqiga 
ega bo'lib qolmay balki o'zini qiziqtirgan masalalarni muhokama, qila 
oladigan ham b o iish i kerak. K atta yoshdagi odam bolaning dilidagi 
gaplarni aytishga imkon bersa, u bolani tinchlantira oladi, shubhali 
fikrlardan qaytishiga yordam beradi. Ishonch va jiddiy munosabat har 
qanday tarbiyaning muhim shartidir. Bola yoki o'smir bilan u so'ragan 
narsasi haqida gaplashish yoki uning yoshiga qarab beradigan savollarini 
payqab olib, shunga yarasha javob qilish lozim. Bu to 'g 'ri munosabat 
o'rnatilishiga yordam beradi va salbiy ta ’sirlardan himoya qiladi.
Bolani masharalash, ermak qilish, uning intim hayotiga kirish uchun 
doimo urinish, hadiksirab uni poylab yurish, xatlarini, lcundaliklarini 
o'qish tarbiyachi uchun eng yomon odat hisoblanadi. Tarbiyachining 
bunday xatti-harakatlari va «josusligi» aksincha, uni nom a’qul ishlarga 
qo'l urishga undaydi. Bola o'z tashvishlarini begona odamga izhor qilib, 
aldanib qolishi mumkin. Jinsiy tarbiyani ishontirish, pand-nasihat va kuch 
ishlatishdangina iborat deb tushunish yaramaydi.
Jins m a salala rig a d o ir h ar q an d ay m a ’lu m o t b o la larn i 
xayajonlantirmasdan qolmaydi. Shuning uchun hamma narsani, masalan, 
homiladorlik va bola tug'ilishi haqida imkon boricha barvaqt tabiiy ilg'ab 
olish va o'rgatish g'oyat muhimdir. Bolalar va ota-onalar, kattalar 
o'rtasida ishonch bo'lgandagina bunday hodisalarga to 'g 'ri tushunib 
yetish mumkin.
171
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish