Kasb-hunar kollej talabalarining o'quv kuni 6 soatni tashkil qilib.
agar ishlab chiqarish m ashg'ulotlari m a’lum kunlarda o'tkazilsa, dars
soat 8 dan boshlanishi kerak. N azariy va amaliy m ashg'ulotlar kun
davomida almashib qo'yilishi, m a’lum kunlarda faqat nazariy, m a’lum
kunlarda faqat amaliy mashg'ulotlar o'tishga nisbatan fiziologik jihatdan
to 'g 'r i hisoblanadi. T alabalarning ishlab chiqarish taTim ini yo'lga
qo'yishda turli yo'nalishdagi kasb-hunar kollejlarning sanitar sharoiti
katta rol o'ynaydi. Shovqin, tebranish, havoning ifloslanishi va changi,
xona haroratining ko'tarilishi kabi kuchli ta ’sirlovchilar e’tiborga olinadi.
Talabalarning barchasi ish uslubiga qarab himoya moslamalari (oyoq
kiyim lari, xalat, m axsus k o 'z o y n a k la r, q o 'lq o p la r va h.k.)
bilan
ta ’minlanishi kerak.
K a sb -h u n a r kollej ta la b a la ri o 'q u v k o rx o n a la rid a am aliy
m ashg'ulotlarni boshlashlaridan avval sanitariya va gigiyena ham da
texnika xavfsizligidan saboq olishlari kerak. Bunda ishlash jarayonida
qanday gigiyenik qoida va tadbirlarga rioya etish va avariya holati yuz
berganda, tibbiyot xodimlari kelguncha o'z-o'ziga yordam berish usullarini
o'rganadilar.
T alabalar kuniga uch m ahal gigiyenik talablarga k o 'ra
energetik
harajatlarini hisobga olgan holda ovqatlanishlari kerak. Ovqatlanish
uchun 40-60 daqiqa ajratiladi.
K asb-hunar kollejlarida ishlab-chiqarish t a ’limi albatta m ehnatni
himoya qilish qonunlariga tayangan holda ishlab chiqiladi.
Talabalar ish kunining 70-75% da ishlab chiqarishda band bo ‘lishlari
lozim. Kasb-hunar kollej talabalariga korxonalar tartibida qulay sharoit
yaratish hamda qobiliyatini oshirish maqsadida mart oyining oxirida yoki
aprel oyining boshida bir haftalik ta ’til beriladi. H ar kuni talaba ikki
soat ochiq havoda bo'lishlari, sport bilan muntazam shug'ullanishlari
kerak. Bular talabalar kun tartibidagi asosiy sog'lom latiruvchi omil
hisoblanadi.
Talabalar ijodiy ishlarga munosabatlar, turli mavzularda o'tlcaziladigan
suhbat va kechalarga, kontsert, xalq xo'jaligi yutuqlari zallariga ekskursiya
va suhbatlarga jalb qilinishlaridan oldin va o'qish
davrida takror tibbiy
ko'rikdan o'tib turishlari kerak. Sog'ligida biror nuqsoni bo'lgan talabalar
tibbiy k o ‘rikdan o'tkazilib, sog'ligi bo'yicha guruhlari aniqlanadi va
ularga tegishli davo tadbirlari tavsiya qilinadi.
132
www.ziyouz.com kutubxonasi
VIIBOB.
SEZGI ORGANLARI - ANALIZATORLAR
Axborotni qabul qilish va qayta ishlash analizatorlar, y a ’ni sezgi
organlari orqali amalga oshiriladi. Tashqi olamdagi ta ’sir nerv
signallari
holida bosh miyadagi nerv markazlariga yetkaziladi. Bu signallar bosh
miyaning turli bo'limlarida qayta ishlanib, uning oliy bo'limida sezish
tasavvur qilish, anglash bilan yakunlanadi.
I.P. Pavlov har bir analizator bir-biriga bog'liq bo'lgan uchta periferik,
o 'tk a z u v c h i va m arkaziy qism dan ib o ra t ekanini birinchi b o 'lib
isbotlagan. Retseptorlar analizatorning periferik qismi hisoblanadi, bular
m a’lum ta ’sirga javob beruvchi nerv uchlari bilan tugaydi.
Retseptorlar
tuzilishi joylashishi, funksiyasiga k o 'ra turli xil bo'ladi. Q o'zg'alishni
retseptordan bosh miya katta yarim sharlariga o'tkazuvchi markazga
intiluvchi neyronlar analizatorning o'tkazuvchi qismini tashkil etadi. Bosh
miya katta yarim sharlarining m a’lum retseptorlardan ta ’sirni qabul
qiluvchi qism lari an aliza to rn in g m arkaziy qism ini tash k il etadi.
Analizatorning barcha qismlari bir butun holda ishlaydi. Qandaydir
analizatorning
bir qismi shikastlansa, uning funksiyasi buziladi.
Odamning mehnat faoliyatida analizatorlarning roli juda muhim. Agar
bolaning turli organlaridan, turli sezgi organlaridan ta ’sir kam borsa,
bosh miya rivojlanishdan orqada qoladi. Tashqi olamdagi turli xil ta ’sir
avval retseptorlarda, so'ngra bosh miya bo'lim larida analiz qilinadi.
T a’sirning har tomonlama nozik analizi bosh miya katta yarimsharlarida
amalga oshadi.
Sezgi organlariga tananing barcha sohasida joylashgan retseptorlar
va
muskullar, qon tomirlar devoridagi retseptorlar va boshqalar kiradi.
A nalizatorlarning miya p o 'stlo g 'id ag i qismi shikastlansa yoki olib
tashlansa, ta ’sir murakkab analiz va sintez qilinmaydi. Masalan, miya
p o 'stlo g 'id a g i eshitish analizatorlari joylashgan chakka qismi olib
tashlansa, ta ’sirning nozik tabaqalanishi yo'qoladi.
Nerv sistemasining faoliyati uchun ta ’sir doimo butun organizmga
ta ’sir qilib turishi kerak. K o'pgina sezgi organlarining shikastlanishi
natijasida ta ’sirning ular orqali bosh miyaga
yetarli kelmasligi tufayli
odam faol faoliyatini yo'qotadi, doimo uxlaydi, bunday odamni saqlanib
qolgan sezgi organlariga t a ’sir etish bilangina uyg 'o tish mumkin,
Tekshirishlardan m a’lum bo'lishicha, sensor ta ’sirotning yo'qolishi
diqqatni to'plash, mantiqiy fikrlash, aqliy mehnat qilish xususiyatlariga
133
www.ziyouz.com kutubxonasi
salbiy ta ’sir etadi. Sezgi organlari orqali ta ’sirni tashqi muhitdan,
ichki
organlardan retseptorlar bo'ylab qabul qilinishi tufayli organizmning
tashqi va ichki muhiti haqidagi m a’lumotlar bosh miyaga yetib boradi.
Axborotning ret sept orlardan bosh miyaga borishi natijasida organizm
o'z-o'zini boshqaradi. Masalan, qonning tarkibi o'zgarsa, shunga yarasha
qon tomirlar devorida qo'zg'alish, tormozlanish vujudga keladi.
Organizmning sensor sistemalari yoki analizatorlariga ko'rish, eshitish,
vestibulyar, ta ’m bilish, hidlash, teri organlari va ichki organlarda sodir
bo'ladigan o'zgarishlarni qabul qiladigan interoretseptorlar yoki vistseral
sensor sistemalar kiradi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: