O'quvchilar ishlaydigan ustaxona yorug4, harorati me’yorida, havosi
toza bo4lishi kerak. Agar maktab binosi ko‘p qavatli bo4lsa, ustaxona birinchi
qavatga, iloji bo4lsa, alohida binoga joylashtirilishi kerak. Lekin ustaxonani
yerto'laga o4xshash qorong4i, nam, sovuq binoga joylash tirish mumkin emas.
Ustaxonaning polini taxtadan qilish shart. Agar sement yoki yer bo4Isa,
bolalarning ishlaydigan joyida ularning oyog4i ostida taxta panjara yasab
beriladi. Devori, shipi, eshik va deraza romlari och bo4yoq bilan bo 4yalsa,
yorug4lik yaxshi bo4ladi. H ar bir darsdan keyin derazalarni ochib, xona
havosi yangilanadi, ustaxonaning poli va
asbob-uskunalari namlangan
mato bilan artib turiladi.
M aktab ustaxonasining har bir xonasi 18-20 o 4quvchiga m o4ljallangan
b o 4lib, uning pol sathi 66-70 m2, har qaysi o 4quvchiga 3,0-3,3 m2 ga
to 4g4ri kelishi kerak.
Ishlab chiqarish korxonalaridagi o 4quvchilar mehnat darsi o 4tadigan
va ishlaydigan ustaxonalarda asbob-uskunalar k o 4p b o 4ladi, shuning
uchun ham sinf xonasiga nisbatan ustaxonalarda pol sathi kengroq
bo'lgani m a’qul.
Duradgorlik, temirchilik ustaxonalari dastgohlar bilan jihozlanadi.
Dastgohlar ustaxonada 2-3 qator qilib joylashtiriladi, qatorlar o 4rtasidagi
oraliq 120 sm dan, dastgohlarning bir-biri o 4rtasidagi orliq esa 80 sm dan
kam bo4lmasligi kerak.
Dastgohlarning kengligi 75 sm dan kam boim asligi, balandligi esa
o'quvchilarning bo'yiga mos bo4lishi lozim.
Duradgorlik dastgohlarining
balandligi quyidagicha bo4ladi: o4quvchining bo4yi 120-127 sm bo4Isa, dastgoh
balandligi 65,5 sm, bo4yi 139-133 sm bo4lsa dastgoh 70,5 sm, bo‘yi 134-141 sm
bo4lsa, dastgoh 77,5 sm boiishi kerak. Temirchilik ustaxonasida esa o4quvchi
bo4yi 120-127 sm bo4lsa, dastgoh 75,7 sm, bo4yi 128-133 sm bo4lsa, dastgoh
80,5 sm, bo4yi 134-141 sm bo4lsa, dastgoh 88 sm. O'quvchining bo4yi juda
past bo4lsa, uning oyog4i ostiga taxtadan zinacha yasab beriladi.
U staxonada texnika xavfsizligi choralari k o 4rilgan b o 4lishi kerak.
Ish lag an p a y td a y o g 4och, tem ir, tu n u k a p a rc h a la ri ( o 4q uvchi
shikastlanmasigi uchun uning ishlayotgan joyi) bir metr balandlikdagi
mayda sim panjara bilan to'sib qo4yiladi.
U staxonaga elektr asboblari xavfsizlik qoidalariga binoan ju d a
ehtiyotkorlik bilan chegaralab qo4yilgan elektr toki ulaydigan tugmacha
devor sathidan 3-5
mm chuqurlikda, ajratuvchi tugmacha esa tekislik
sathidan 3-5 mm ko4tarib joylashtiriladi.
280
www.ziyouz.com kutubxonasi
Elektr asboblarining xavffi qismlari to ‘siladi, qolgan qismlari esa yashil
bo'yoqlar bilan bo'yaladi.
Ustaxonani tozalash paytida elektr asboblari tokdan uziladi. Chiqindi,
axlat, changni tozalash uchun uzun dastali ilgak, cho4ka va boshqa
asboblar ishlatiladi. M ashg‘ulot vaqtida mehnat darsi o'qituvchisi va
o ‘quvchilar (qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi va hokazo bilan)
ishlashlari
kerak.
0 ‘quvchilar ustaxonada ishlashning texnika xavfsizligi qoidalari, ish
tartibi bilan ham tanishtiriladi.
Yong‘inning oldini olish choralariga katta e’tibor beriladi. Ustaxona
yong4inni uchiruvchi (kabonat kislotali) moslamalar bilan ta ’minlanadi.
D uradgorlik ustaxonasida faqat m ashg‘ulot uchun yetarli yog‘och
bo'lishi, kerosin, benzin, lak, bo'yoqlar saqlanmasligi kerak.
U staxonaning tabiiy yorug‘ligi 1:4 yoki 1:5, su n’iy yorug‘likda
cho‘g‘lantiruvchi elektr lampalarda 150 lyuks, lyuminestsent lampalarda
esa 300 lyuks bo‘lishi kerak. Temirchilik ustaxonasida ish joyi qo'shimcha
«Alver» lampasi bilan yoritilsa yaxshi bo‘ladi. Tabiiy va sun’iy yorug^ik
ish joyiga o'quvchining chap tomonidan tushishi kerak.
Ustaxonada mashg'ulot uchun toza suv qulflangan jumrakli idishlar-
da saqlanadi. H ar orati +8°C dan +20°C gacha (yaxshisi +14°C) b o ‘lishi
kerak. K atta ustaxonalarda maxsus suvxona yoki buloqchalar quriladi.
Havoni yangilab turish uchun derazalarga framuga hamda elektr havo
tortgichlar o ‘rnatiladi.
U staxonada havo har orati +15-16°C bo'lishi kerak. Ustaxonani
cho'yan, tunuka, elektr pechkalar yordamida isitish mumkin emas. Asosan
markaziy isituv sistemalari yoki golland pechkalari
yordamida isitish
gigiyenik nuqtai nazardan talabga javob beradi.
Ustaxonada «Dori-quti» b o ‘lishi shart. Vaqti-vaqti bilan dorilarni
yangilab turish lozim. 0 ‘quvchilar o ‘z-o4ziga va bir-biriga tibbiy yordam
ko4rsatish qoidasi bilan tanish bo'lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: