Mavzu:Fyuchers savdosi asoslari.
REJA:
1. Fyuchers savdosi tushunchasi.
2. Fyuchers savdosining tarixi va vujudga kelish sabablari.
3. Fyuchers savdosining maqsadlari.
4. Birja fyuchers savdosi mexanizmi.
5. Xedjlash va birja chayqovi.
Fyuchers savdosi tushunchasi Fyuchers savdosi bu – fyuchers (muddatli) shartnomalari vositasida birja tovari bilan birjada savdo qilish shaklidir. Fyuchers shartnomasi bu – bitim tuzishda tomonlar belgilab qo'ygan narxda shartnomada ko'rsatilgan muddatda tovarni yetkazib berishga standart birja shartnomasi. Fyuchers shartnomasi birja savdolari jarayonida aniqlanadigan tovarni yetkazib berish narxidan tashqari barcha ko'rsatkichlar bo'yicha standartlashtiriladi. Fyuchers savdosi tushunchasi Fyuchers shartnomasini standartlashtirish quyidagi asosiy ko'rsatkichlarni bir xillashtirishni nazarda tutadi: tovarning iste'mol qiymati, uning soni va bozor muomalasi sharoitlari, tovar turi, uning bazis miqdori va qo'shimcha to'lovlar hajmi, tovar partiyasi hajmi, yetkazib berish sharti va muddatlari, to'lov shakli, shartnoma shartlarini buzganlik uchun jarima choralari, arbitraj tartibi.Fyuchers savdosining ob'ektlar doirasi juda keng. Chunki shartnomalar bilan savdo qilish bu – tovarlarning o'zi bilan emas, balki birja shartnomalari bilan birja operatsiyasi hisoblanadi, ularning asosi moddiy ne'mat sifatida tovargina emas, umuman har qanday savdo ob'ekti, masalan, barcha turdagi qimmatli qog'ozlar bo'lishi mumkin. Biroq savdo ob'ektlari shartnomalar hisoblansa, shartnomalarga shartnomalar bilan ham, shartnomalar guruhidagi shartnomalar bilan ham savdo qilish mumkin, biroq aytib o'tish kerakki, ko'rsatilgan jarayonning tabiiy cheklovi real tovar, real kapital va h.k. bozori bilan aloqa hisoblanadi.
Fyuchers savdosining tarixi va vujudga kelish sabablariFyuchers savdosi real tovar bilan birja savdosidan kelib chiqqan. Dastlab birja xaridorga darhol yoki yaqin kelajakda yetkazib beriladigan naqd birja tovari bilan yirik ulgurji tovar bitimlari tuziladigan. Bu jarayonga parallel ravishda tovarlar yoki ularning birjaga qo'yiladigan namunalari bilan savdo qilish, ularni belgilangan muddatdan keyin (odatda oylarda o'lchanadi) yetkazib berish ham rivojlandi. Oxirgi holatda tovar ishlab chiqarilgan yoki endi ishlab chiqariladigan bo'ladi. Darhol yetkazib beriladigan tovarlar savdosidan farqli ravishda, belgilangan muddatdan keyin yetkazib beriladigan tovar savdosi kelishib olayotgan tomonlar bo'lajak tovar sifati, yetkazib beriladigan partiyalar hajmi va h.k. masalasini hal etganlar. Fyuchers savdosini rivojlantirishning asosiy sababi va zarurati shundan iboratki, bu bevosita birja tovari bilan savdodagi cheklovlarning olib tashlanishini ta'minlaydi. Tovarning o'zi moddiy ne'mat sifatida birja savdosining rivojlanishi uchun cheklovlarga ega. Ulardan fyuchers shartnomalarini tashkil qilish yo'li bilan xalos bo'lish mumkin. Birjada tovarlar oldi-sotdisi o'z o'rnini fyuchers shartnomalar birja aylanmasiga bo'shatib beradi, ularning real tovar bozori bilan aloqasi asosan bilvosita xarakterga ega bo'ladi, chunki shartnomalar umumiy sonining atigi bir necha foizigina tovarni real etkazib berish bilan tugaydi. Bilvosita aloqa esa shundan iboratki, shartnoma egalari ularning tijorat yoki boshqa faoliyatiga bozor kon'yunkturasining o'zgarishi ta'siri ostida ularni doimo sotadi yoki sotib oladi. Fyuchers tarixiFyuchers savdosi XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo'lgan. Uning vujudga kelishi va rivojlanishi shu bilan bog'liqki, u kapital muomalasiga noqulay narx tebranishi riskini pasaytirishga, kon'yunktura noqulay bo'lgan holatda talab qilinadigan zaxira kapitali hajmini kamaytirishga, avans qilingan kapitalning pul shaklida qaytarilishini tezlatishga, kredit savdosini arzonlashtirishga, muomala xarajatlarini pasaytirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |