“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislar instituti” Milliy tadqiqot unversiteti, Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash fakulteti “Future Owners” klubi to‘g‘risidagi
Nizom
1-
bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “
Future Owners
” klubini (keyingi o‘rinlarda – Klub)
tashkil etish, uning maqsad va vazifalari hamda ish faoliyatini amalga oshirish
tartibini belgilaydi.
2. Klub o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi,
“O‘zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
Vazirlar
Mahkamasi qarorlari, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti rektori
buyruqlari hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
3. Klub o‘z faoliyatini universitetning “Qishloq xo‘jaligini
mexanizatsiyalash” fakulteti Yoshlar ittifoqi negizida hamda jamoatchilik
asosida amalga oshiradi.
4. Klub o‘z faoliyati davomida o‘zining maxsus belgisi (logotip) va
ko‘krak-nishoniga ega bo‘lishi mumkin.
2-bob. Klubning asosiy maqsadi, vazifasi.
5. Klubning asosiy maqsadi – Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
fakulteti talaba-yoshlarining bilim salohiyatini oshirish, jamiyat va davlat
hayotida faol fuqarolik o‘rnini egallashga ko‘maklashish,
ularda rahbarlik
qobiliyatlarini rivojlantirish, shu bilan bir qatorda davlat mukofotlari, nomdor
davlat stipendiyalari, xalqaro grant loyihalar, startaplar va boshqa xalqaro va
milliy tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash, ham jismoniy, ham ma’naviy etuk
kadrlar etib tayyorlashga qaratilgan.
6. Klubning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Fakultet talaba yoshlari orasida eng faol va tashabbuskor yoshlarni
aniqlash, ular orasidan iqtidorlilarini saralab olish bo‘yicha
tizimli ishlarni
amalga oshirish. Saralab olingan yoshlarni qiziqishlari, kelajak rejalari bo‘yicha
aniq ma’lumot to‘plash. To‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha har bir klub a’zosi
bilan maqsadli ishlarni belgilab olish. Klub a’zolari o‘rtasida doimiy
networking muhitini yaratish, shaxsiy rivojlanishlari uchun o‘z sohasida yuqori
natijalarga erishgan yoshlar bilan seminar
treninglar tashkil etish, ularda
vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida yurtimizning diqqatga sazovor
joylariga sayohatlar tashkil etish. Kelgusida shaxsiy karerasida kerak bo‘ladigan
zaruriy hujjatlar to‘plash bo‘yicha bilimlar va amaliy yordam berish.