Chidamlilikni tarbiyalash metodikasining asoslari. Chidamlilikning tarbiyalash
protsessida organizmning umumiy chidamlilikni va chidamlilikning maxsus
turlarini belgilab bradigan funktsional xususiyatlarini har tomonlama o`stirishning
bir qator vazifalarini hal etish talab qilinadi. Ish protsessida charchoq paydo
bo’lganiga qaramay, mashqni davom ettirish, albatta zarur bo’ladigan, katta
hajmdagi, anchagina zerikarli va og’ir ishni bajarmay turib, bu vazifalarni hal
kilishni tasavvur etish ham qiyin. Shu munosabat bilan irodaviy fazilatlarga
alohida talablar qo’yiladi. Chidamlilikni tarbiyalash mehnatsevarlikni, katta
yuklamalarga va nihoyatda horg’inlik hissiga bardosh berishga tayyor turishni
tarbiyalash bilan birga olib boriladi.
Chidamlilikni
tarbiyalashda
yuklamalar
kriteriysi
va
komponentlari.
Sportchilar mashg’ulot jarayonida ma'lum daraja charchoq his qilsalargina ularda
chidamlilik ortib boradi. Bunday holda organizm shunga o’xshash holatga ko’nikib
boradi. Bu esa tashqi tomondan chidamlilikning ortib borishida ko’rinadi.
Moslashuv o’zgarishlarining miqdori va qay maqsadga qaratilganligi trenirovka
yuklamalari natijasida hosil bo’ladigan reaktsiyalar darajasi va xarakteriga mos
bo’ladi. Turli yuklamalarda charchoq boshqa-boshqa bo’lganligi uchun,
charchoqning xususiyati haqidagi masala muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko’pgina mashqlarni, jumladan siklik mashqlarni bajarishdagi yuklama
quyidagi beshta komponent bilan nisbatan to’la xarakterlanadi: 1) mashqning
absolyut intensivligi (harakat tezligi); 2) mashqning davomiyligi; 3) dam olish
intervallarining davomiyligi; 4) dam olish xarakteri (faol yoki passiv dam olish
hamda faol dam olish formalari); 5) mashqning takrorlanish soni;
Bu komponentlarning birgalikda qo’shilib kelishiga qarab organizm javob
reaktsiyalarining miqdorigina emas, balki asosiy sifat xususiyatlari ham har xil
45
bo’ladi. Aytib o’tilgan komponentlarning ta'sirini siklik mashqlar misolida qarab
chihamiz.
1. Mashqning absolyut intensivligi (tezligi) faoliyatni energetik jihatdan
ta'daqlash xarakteriga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir etadi. Sekin harakat qilayotganda
(siljish tezligi kam bo’lganda) kam energiya sarflanib va kislorodga bo’lgan talab
miqdori sportchining aerob imkoniyatlaridan kam bo’lib, iste'mol qilinayotgan
kislorod ehtiyojni to’la qoplaydi—ish haqiqiy barqaror holat sharoitida bajariladi.
Bunday tezliklar subkritik degan nom olgan. Subkritik tezlik zonasida kislorodga
bo’lgan talab harakat tezligiga proportsionaldir. Agar sportchi tezroq harakat qilsa,
u kritik tezlikka erishadi, bu vaqtda kislorodga bo’lgan ehtiyoj uning aerob
imkoniyatlariga teng bo’ladi. Bunday holda ish kislorod iste'mol qilish maksimal
darajasi sharoitida bajariladi. Sportchining nafas olish imkoniyatlari qanchalik
ko’p bo’lsa kritik tezlik darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. Kritik tezlikdan ham
yuqori tezliklar o’ta kritik tezlik degan nom olgan. O’ta kritik tezlikda kislorodga
bo’lgan ehtiyoj sportchining aerob imkoniyatlaridan oshib ketadi va bunday holda
ish aepob beruvchilar xisobiga bajariladi.
2. Mashqning davomiyligi o’tiladigan bo’lakning uzunligi va masofa bo’ylab
siljish tezligi bilan aniqlanadi. Davomiylik o’zgarishining ikki xil ma'nosi bor.
Birinchidan, ishning qancha davom etishini bilish orqali faoliyat qaysi energiya
manbai hisobiga bajarilishi aniqlanadi. Agar ishning davom etishi 3—5 daga
yetmasa, nafas olish protsesslari yetarlicha tezlasha olmaydi va kuchning energetik
ta'daqlashini anaerob reaktsiyalar o’z zimmasiga oladi. Mashqning davom etishi
kamaya borgan sari nafas olish protsesslarining roli tobora kamayib boradi va
dastlab glikolitik, keyin esa kreatinfosfokinaz reaktsiyalarning ahamiyati ortib
boradi. Shu sababli glikolitik mexanizmlarni takomillashtirish uchun 20 sek — 2
daq.lik yuklamalardan, fosfokreatin mexanizmni rivojlantirish uchun esa 3—8 sek.
lik yuklamalardan foydalaniladi. Ikkinchidan, ishning qancha davom etishi o’ta
kritik tezlikda kislorod yetishmasligining miqdorini, subkritik tezlikda esa kislorod
kelishi va undan foydalanishni ta'daqlaydigan sistemalarning zo’r berib ishlash
46
vaqtini belgilaydi. Uzoq vaqt mobaynida bu sistemalarning tartibli ishlashi
organizm uchun ancha qiyinlik tug’diradi.
3. Dam olish intervallarining davomiyligi organizmning yuklamaga beriladigan
javob reaktsiyalarining miqdori hamda xususiyatini aniqlashda juda katta rol
o’ynaydi. Takror ishda har bir keyingi yuklamaning organizmga ko’rsatadigan
ta'siri bir tomondan, bundan oldingi ishga, ikkinchi tomondan, har gal o’rtasidagi
dam olishning qanchalik davom etishiga bog’liq.
Subkritik va kritik tezlikda bajariladigan mashqlarda dam olish intervallari
fiziologik funktsiyalar nisbatan normallashuvi uchun yetarli bo’lsa, har qaysi
navbatdagi galda mashqni bajarish taxdaqan birinchi galdagidek fonda boshlanadi.
Bu demak, dastlab energetik almashinuv fosfokreatii mexanizmi ishga tushadi,
bundan so’ng 1—2 daq. o’tgach, glikoliz maksimumga yetadi, nihoyat 3—4
daqutlarga borib nafas olish protsesslari kuchayadi. Ish qisqa davom etganda nafas
olish protsesslari yetarli darajaga ko’tarila olmasliklari mumkin. Bu holda ish
anaerob sharoitda bajariladi. Agar dam olish intervallari kamaytirilsa, nafas olish
protsesslarining faoliyati unchalik kamaymaydi va bundan keyingi ish kislorod
yetkazib beruvchi sistemalarning (qon aylanishi, tashqi nafas olish va
boshqalarning) juda faolligida boshlanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi:
subkritik va kritik tezlikda bajariladigan intervalli mashqlarda dam olish
intervallarining kamayishi yuklamani birmuncha anaerob yuklamaga aylantiradi.
Aksincha, o’ta kritik tezlikda harakat qilayotganda va kislorod yetishmasligini
bartaraf etishga yetarli bo’lmagan dam olish intervallarida kislorod yetishmasligi
har bir takrorlanishda oldingisiga qo’shilib boradi. Shuning uchun bunday
sharoitda dam olish intervallarining qisqartirilishi aerob protsesslarini oshirib
yuboradi, yuklamani ko’proq anaerob yuklamaga aylantiradi.
4. Dam olish xarakteri, jumladan pauzalarni faoliyatning boshqa, qo’shimcha
turlari (masalan, asosiy yugurish o’rtasida lo’killab chopishni kiritish) bilan
to’ldirish asosiy ish turiga va qo’shimcha ishning intensivligiga qarab organizmga
xilma-xil ta'sir etadi. Kritik tezlikka yaqin tezlikda ishlashda, sekin intensivlikdagi
qo’shimcha ish nafas olish protsesslarini ancha yuqori darajada saqlab turishga va
47
shu tufayli tinch holatdan birdaniga ishlash holatiga (va aksincha) o’tmaslikning
oldini olishga imkon beradi. O’zgaruvchan mashq metodining xarakterli
tomonlaridan biri ham mana shundan iboratdir.
5. Takrorlashlar soni yuklamaning organizmga ta'sir etishining yig’indi
miqdorini belgilaydi. Aerob sharoitlarda ishlayotganda takrorlashlar sonining
ortishi yurak-tomir va nafas olish sistemalari faoliyatini uzoq vaqt yuksak darajada
saqlab turishga majbur etadi. Anaerob sharoitlarda takrorlashlar sonining ortishi
ertami-kech kislorodsiz mexanizmlarning ishdan chiqishiga olib keladi. Bunday
holda ish yo to’xtaydi yoki uning -intensivligi keskin pasayadi.
Yuklama komponentlaridan har birining sxematik ko’rinishdagi ta'siri shundan
iborat. Aslida esa bularning ta'siri ancha murakkab, chunki odatda har qaysi
komponent alohida emas, balki besh komponent o’zgaradi. Bu esa organizmga
xilma-xil ta'sir etish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |