FUTBOL MUSOBAQA QOIDALARI VA HAKAMLIK.Futbol musobaqalaridagi o‘yinchilar soni: - Futbol o`yinining har qaysisida darvozabonlarni qo‘shgan holda o‘yinchilar soni 11 tadan oshmagan ikki jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Agar jamoalarda o‘yinchilar soni 7 dan kam bo‘lsa, o`yin boshlanmasligi mumkin. Rasmiy futbol musobaqalariga foydalaniladigan to‘plar: - Futbol musobaqalari qoidalarida ko‘rsatilgan texnik talablarga javob beradigan to‘plargagina ruxsat beriladi. Agarda FIFA tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar bo`lsa, unda quyidagi 3 markirovkadan birortasiga ega bo‘lgan to‘plardangina foydalanishga ruxsat beriladi.
lRasmiy ogotip “FIFA APPROVED” ( FIFA maqullaydi ) Rasmiy logotip “ FIFA INSPECTED” (FIFA nazorat qilgan ) “INTERNATIONAL MATCH – BALL STANDARD” Ushbu to‘plar xalqaro standartga mos keladigan to‘plar sirasiga kiradi
Rasmiy musobaqalar: - FIFA yoki milliy federatsiyalar tomonidan tashkil qilinadigan har qanday rasmiy musobaqalarda 3 ta gacha o‘yinchilarni almashtirishga ruxsat beriladi. Musobaqa nizomida buyurtmaga kiritiladigan zahiradagi o‘yinchilar soni 3 dan 7 gacha o`zaro kelishilgan bo‘lishi kerak, bundan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Boshqa o`yinlarda zahira almashtirilishi mumkin shu shart bilanki, jamoalar almashinadigan o‘yinchilarning maksimal sonini o‘yin oldidan kelishib oladilar. Hakam bu haqda o`yin boshlanishidan oldin xabardor qilinishi kerak. Agar hakam xabardor qilinmagan bo‘lsa yoki (kelishuv) futbol musoboqa boshlangunga qadar bir bitimga kelinmagan bo‘lsa uchtagacha zaxira o`yinchisini almashtirishga ruxsat beriladi.
Futbol o‘yinida qoida buzilishi va unga ko‘riladigan jazo. Agar zaxiradagi o‘yinchi hakam ruxsatisiz maydonga chiqsa: - O‘yin to‘xtatiladi; - Zaxiradagi o‘yinchi sariq kartochka ko`rsatilishi bilan ogohlantirish oladi va uning maydondan chiqishi so‘raladi; - O‘yin to‘xtatilganda to‘p qaerda bo‘lsa o‘sha joydan, baxsli to‘p yordamida o‘yin yangilanadi.
Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish tizimi.
Jamoalar keyingi turda qaysi jamoa bilan uchrashishini bilmasliklari uchun mag‘lubiyatdan keyin chiqib ketish bilan o‘ynaladigan o‘yin tizimining bir oz o‘zgartirilgan turi qo‘llaniladi: birinchi tur musobaqalaridan keyin qolgan jamoalar o‘rtasidan yangidan qur’a tashlanadi va shu yo‘sinda ikkinsi turda bir-biri bilan o‘ynaydigan jamoalar ushbu qur’a natijasiga ko‘ra aniqlab olinadi.